L2-50-2M markali pilta mashinasi. Bu yangi pilta mashinasining asosiy vazifasi, paxta tolasi va
kimyoviy tolalardan olingan piltalarni cho’zish hisobiga, ular tarkibidagi tolalarni rostlash, parallellash va pilta yo’g’onligini tekislashdan iborat. Bu L2-50-1M markali pilta mashinasi asosida yaratilgan bo’lib, oldingi mashinadagi kamchiliklar yo’qotilib, yana bir nechta texnik yangiliklar qo’shilgan. Bu pilta mashinasi pilta tayyorlashda I va II bosqichlarining karda va qayta tarash tizimida qo’llaniladi.Qabul qilingan yigirish tizimiga binoan, ikki variantda tayyorlaniladi:
- o’rta va kalta tolalar uchun (indeksi «K»);
- ingichka tolalar uchun (indeksi "G")-
Bu mashinaning tuzilishini yaxshilash maqsadida ittifoq mashinasozligida o’ziga xos texnik yechimlar qo’llanilgan:
- mashinaga kelayotgan pilta uzilib qolsa, uning o’rniga ta`minlash qismida extiyot moslama ishlaydi;
- changli havoni tozalash uchun mayin fil`trlar qo’llanilgan. Mashinada bir nechta mexanizmlar takomillashgan:
- ta`minlash qismida toslardan piltani ko’taruvchi vallar o’rnatilgan bo’lib, ular yordamida piltalar tosdan toki cho’zish asbobigacha buzilmay-titilmay boradi;
- ta`minlash qismida aylanuvchi valiklarga harakat zanjirli uzatma o’rniga yassi tishlama tasmalar bilan uzatiladi, buning evaziga shovqin kamayadi;
- cho’zish asbobining turi "3x3" tizimda nazorat qiluvchi chiviq ustiga podshipnikda aylanib turuvchi valik o’rnatilgan;
- mashinaning cho’zish asbobi va chiqaruvchi vallar atrofidan changni doimiy ravishda tortib turuvchi pnevmosurgich o’rnatilgan.
Ushbu piltalsh mashinasi Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan bo’lib ishlash prinsipi o’ziga xos sodda va qulay elektr iste’moli ham yuqori emas. Asosan ishlash jarayoni tarash bo’limidan chiqqan lentalarni cho’zib parallelashtirib ikkinchi o’timga beradi. Bunda dastgohga olinayotgan ip assortimentiga qarab 14 tadan 16 tagacha tazlarda lenta qo’yiladi. Ya’ni orqa rom qismiga bir tomoniga 8 ta ikkinchi tomoniga esa 8 ta lenta qo’yiladi va ushbu 8 ta lentani cho’zib bitta tazga taxtlaydi mashinaga qo’yiladigan taz o’lchami 500 mm. Ushbu dastgaohni 1- o’tim mashinasi deyish mumkin. Ish jarayonida lenta sifati buzulmasligi uchun valiklar xar 2-3 soatda almashtirilib turiladi ya’ni oldi va orqa valiklarni o’rni almashtiriladi, ishchi valiklar va slindirlar 4 ta bo’ladi. Slindrlarning o’zaro bir- biriga nisbatan tezroq aylanishi hisobiga lentalar cho’ziladi lentalarning cho’zilib tolalarning paralellashishida o’z navbatida valiklarning o’zni va ahamiyati kata.