SIFAT TEKSHIRUVI
Sifatni nazorat qilish uchun “Hamza Expo Art textile” bugungi kunda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi uskunalar ishlab chiqaruvchi va shu orqali mahsulot sifatini ta’minlovchi “Uster Technologies AG” avtomatik laboratoriyasining Shveytsariya laboratoriyasidan foydalanadi.
Bugungi kunda “Hamza Expo Art textile” tarkibiga kiruvchi 1155 ta ijodiy jamoa faoliyat yuritmoqda. “Quva tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 955 nafar, “Hamza EXPO Art Textile” mas’uliyati cheklangan jamiyatida esa 200 nafardan ortiq ishchi-xodimlar kuzatishlar asosida tabiiy va ishlab chiqarish talablari asosida malaka oshirmoqda.
“Hamza EXPO Art Textile” MCHJ ISO 9001:2015 standarti bo‘yicha sifat menejmenti, ISO 14001:2015 standarti bo‘yicha atrof-muhitni boshqarish va ISO 45001:2018 standarti bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlikni boshqarish tizimi xalqaro sertifikatlariga ega. . Bundan tashqari, guruh kompaniyalarining barcha mahsulotlari “O‘zDGosstandart” muvofiqlik sertifikatiga ega.
“Hamza Expo Art textile” mas’uliyati cheklangan jamiyati har yili yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish bilan birga ko‘plab xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etib, savdo bozorlari va xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda. Shuningdek, so'nggi yillarda kompaniyalar ulgurji yarmarkalarda ishtirok etishdi, masalan: "TEXTILLEGPROM" Federal ulgurji yarmarkasi (Rossiya), YARN EXPO xalqaro tolalar va iplar savdo yarmarkasi (Xitoy), BEE-TOGETHER.RU xalqaro biznes platformasi va boshqalar.
“Hamza Expo Art textile” kompaniyalari mahsulotlarini xorijiy davlatlarga eksport qilish kundan kunga kengaymoqda. Bular asosan MDHdan tashqari davlatlar - Xitoy, Turkiya, AQSh, Portugaliya, Polsha va MDH davlatlari - Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston.
Texnologik Jarayon Savash-Titish sexi
Paxta tolasining massasi 200-220 kg va o’lchamlari 735*980*620 mm li toylar tarzida keltiriladi. Paxta tolasi va kimyoviy tolalarni titish jarayonining birinchi bosqichida tolalar hamma titish mashinalari- agregatdan birin-ketin o’tkazib titiladi.
Tolalarni titish jarayonida titish mashinalarining ignalari ta`sirida paxta toyidan yirik paxta qatlamlari mayda- mayda bo’lakchalarga ajratiladi.
Ish organlari ta`sirida va havoning kuch bilan surishi natijasida paxta bir mashinadan ikkinchi bir mashinaga to’xtovsiz o’tadi, shu bilan birga, paxta uncha maxkam yopishmagan iflosliklardan tozalanadi, paxta tolalari mayda bo’lakchalarga ajralib, titilishi tufayli ular yaxshi aralashadi, natijada deyarli bir xil xossali, titilgan va tozalangan paxta massasi hosil bo’ladi.
Titish mashinalari uzluksiz agregatlar tarzida birlashtirilgan bo’lib, paxta mashinadan-mashinaga mexanikaviy yoki pnevmomexanikaviy usulda o’tkaziladi. Avtomatik moslamalar mashinalardan o’tayotgan paxta oqimini muntazam ravishda tekislab turadi.
Ishlab chiqarishning dastlabki ishlari titish sexidan boshlanadi.Bu jarayon ahamyati ipning sifati uchun juda muhimdir.Titish jarayonini boshlashdan oldin toy paxtalar sex sharoyitida 24 soatdan boshlab 72 soatgacha turadi va bu holatda paxta biroz namligini ko’tarilib tola ishadi.
rasm: FA006D Savash-Titish dastgohi (Xitoy)
soatgacha shamollatiladi.Ushbu bosqichdan so'ng toy paxtalar savash va titish mashinalari xisoblangan Blendomat nomli stanogning yoniga 37 dona toy paxta va ikkita tozalangan chiqindi hamda bitta qayta ishlovga berilgan tola terilib qo'yiladi, bu narsa stavka deyiladi. "FA006D" stanoglari paxtaga ishlov berishda ishlatilib kelinmoqda.
Rasm Yong’indan ogohlantiruvchi moslama
Ushbu qurilma Blendomat dastgohi paxtani titish jarayonida toy paxta ichida kelib qolgan xar hil temir bo’laklari bilan baraban tishlarining o’zaro ishqalanishi natijasida sodir bo’lgan yong’in xavfidan ogohlantiradi va serena dovushi chiqadi va operator darhol stanokni to’xtatadi.
Rasm: Magnit Bu qurulmamiz esa titib olingan paxta bo’lagi bilan o’tib ketgan mayda temir bo’lakalarini tutib qolish uchun xizmat qiladi va o’znavbatida keying bosqich dastgohlarining ishchi mexanizmalarini yaroqsiz xolatga kelib qolishini oldini oladi.
Rasm Nasosli klapon
Bu moslamaning vazifasi esa havo oqimidan og’ir bo’lgan ya’ni qattiq bo’lak paxtalarni o’zida olib qoladi va to’playdi buning natijasida esa keying bosqichda sifatsiz paxta tolasini ketib qolishini oldini oladi.
Rasm Chigit yashigi Bu qurulmaning vazifasi esa paxta bo’lagi ichida kelib qolgan chigitni tutib qoladi va temir yashikka tushuradi bu qurilmaning paxta ketish kanali shakli egri bo’lganligi uchun bu yerda qattiq va dag’al paxtalar turib qoladi va oynasidan ko’rinadi va ushbu holatni ko’rgan operator maxsus klapon dastasi bilan uni yashikka tushurib yuboradi va smena yakunlangangandan so’ng operator paxta tolasidan chigitini alohida ajratib oladi.
Rasm: FA103A qoziqchali qo’sh baraban
Bu qurilmaning vazifasi savash- titish jarayonidan kelgan paxtani qoziqli barabanlar yordamida aylanish hisobiga yanada bo’laklarga ajratib bunkerga yo’naltirib beradi. Biroz kamchilik tomoni bunker to’lib qolsa va blendomatga to’xtatish komandasini bermasa tiqilib to’xtaydi va liniyada ish davomiyligining uzilishi ro’y beradi.
Rasm: FA028 C-120 mashinasi.
Ushbu mashina bunker deb ham ataladi vazifasi paxtani xar xil chiqindilardan tozalaydi savash- titish dastgohidan o’tgan paxtani qatlam qilib to’playdi. Ushbu mashinaning foydali tomoni savash jarayonida chimdib yulib olingan paxtani to’playdi bu esa o’z navbatida keyingi tarash jarayonida sifatli lenta olish uchun xizmat qiladi. Bunker 6 ta kameradan iborat bo’lib xar bir kamerada alohida tushli barabanlar bor. Bu barabanlar aylanishi hisobiga bunkerda turgan presslangan paxta kerakli miqdorda yulib olinadi va pastda transpartiyor lentaga tushadi tarash mashinalariga yuboriladi.
Rasm JWF1204A tarash mashinasi ()
Ushbu tarash mashinasi Xitoyda ishlab chiqarilgan bo’lib o’ziga hos ishlash prinsipi sodda ish unumdorligi esa soatiga 70 kg. Tarash mashina elektr dvigateli asosiy barabanga ploski remen orqali xarakat beradi va bu orqali reduktorga xarakat beradi va buning natijasida shlyapka xarakatga keladi asosan kelayotgan paxta tolasi shlyapka va asosiy baraban orasida taraladi va tolalar parallelashadi. Asosiy baraban va maxsus sigmentlar oralariga turli o’lchamda masofa (разводка) qo’yiladi. Asosiy baraban, qabul qiluvchi baraban va siyomniy baraban oralariga ham huddi shunday masofa (разводка) qo’yiladi. Bu masofa(разводка) qo’yilishining asosiy maqsadi sifatli lenta olish.Hosil bo’lgan xolstlar taroziga qo`yib o`lchanadi va osma konveyerlarga qo`yib tarash sexiga xom ashyo sifatiga, savash sexining tayyor mahsuloti uzatiladi. Savash mashinasidan har besh minutda birta xolst chiqadi, chiqarilgan xolstlar taroziga o`lchab ko`rilganda og`irligi talabga javob bermasa, demak mahsulot sifatsiz ekanligini ko`rsatadi. Sifatsiz mahsulot chiqindi bo`limiga qaytim sifatida uzatiladi. Savash mashinalarning asosiy savovchi organlari:
Pichoqli baraban
Uch yelkali savagich
3. Uch yelkali ignali savagich
Savash mashinasining asosiy ishchi organlari biri savagichlar bo’lib, ular tolali materialga zarbiy ta`sir ko`rsatadi.
Plankali savagich va uning ostidagi kamera mashinaning eni bo`yiga to`rtta krestovina - 2 maxkamlangan. Bu krestovinaga (valning o`qi parallel qilib) boltlar - 3 yordamida po`lat plankalar 4ga o`rnatilgan. Krestovinalarni vallga qator tizib maxkamlashda detal` - 5 dan foydalaniladi; bu detal` havo oqimini kamaytirib, paxta bo`lakchalarining turli barabanga tortilishini yaxshilaydi.
Ta`minlovchi silindr - 6 savagichga paxta qatlamini bir me`yorda berib turadi. Bu silindrlar orasidagi paxta qatlami prujina –7 yordamida qisilib turadi. Savagichning ostida kolosnikli panjara bo’lib, u ikki seksiya 8 va 9 ga bo`lingan, bu kolosniklar orasidan xas-cho’p va iflosliklar o`tib mashinaning chiqindi kamerasiga tushadi.
Kolosnikli panjara savagichga yaqinlashtirish va undan uzoqlashtirish uchun rostlovchi boltlar - 10 dan foydalaniladi. Kolosnikli panjara bilan savagich plankalari o’rtasidagi oraliq panjaraning silindrlarga yaqin joyida 10 mm, panjara oxirida 20 mm bo’lib, ishlatilayotgan tolali materialga qarab olinadi.
Savagichlarning aylanish yo`nalishida pichoq- 11 o`rnatilgan, u paxta bo`lakchalarining savagich bilan birga aylanishga yo`l qo`ymaydi.
Pichoq bilan savagich plankasi o’rtasida oraliq 1,5 - 2 mm. Ignali savagich va uning ostidagi kamera (rasm b) da ko`rsatilgan. Po`lat val - 1 ga to`rtta krestovina - 2 o’rtailgan; ularga cho`yan urgichlar - 3 maxkamlagan; ularning sirtiga vintelyator yordamida yog’och plankalar - 4 o`rnatilgan. Bu plankalarga ignalar - 5 qoqilgan bo’lib, ularning qiyali 200 ni tashkil qiladi. Ignalarning qiya qilib qoqilishi paxta bir oz dag`al tarashga yordam beradi. Plankalarga ignalar qanday o`rnatilganligi va ularning o’lchamlari (b-rasmda) ko`rsatilgan. (a-rasmda) 8,9,10 va 11 detallar qanday berilgan bo’lsa ham xuddi shunday belgilangan.
Ignali savagich 800-1200 min-1 tezlik bilan aylanib, paxta bo`lakchalarini ajratib oladi va kolosnikli panjaraga tashlaydi. Paxta bo`lakchalarining markazdan qochar kuchi quyidagi formuladan aniqlanadi:
pn2
R = mwr = mr (-----)
30
bu yyerda, m - paxta bo`lagining massasi;
w - savagichning burchak tezligi;
r - savagichning radiusi
Markazdan qochar kuch Rm ni R1 va R2 tashkil etuvchilarga ajratish mumkin.
R1 = Rm * sin ; R2 = Rm * sos ; F = P2 * f = f * P2 * cos
bu yerda, P1 - kuchning savagich ignalari bo`ylab yo`nalgan;
P2 - kuch esa unga perpendikulyar yo`nalgan;
F - ishqalanish kuchi; paxta bo`lakchalarini ignalardan tushirishga qarshilik ko`rsatadi;
f - tolalar bilan ignalar orasidagi ishqalanish koeffisiyenti.
Ignalarning urinma tomon qiyalik burchagi 45 dan katta bo’ladi. Mashina normal ishlab turgan bo’lsa, paxta bo’lakchalari ignalardan markazdan qochar kuch ta`sirida tushadi, buning uchun quyidagi shart bajarilishi lozim:
R1> F; Pm sin > Pm cos ; tg > f
> 45 va f < 1 bo’lganda tg > f bo’ladi.
Savagich ignalari ularning orasiga paxta bo’lakchalari tiqilib qolmaydigan qilib o’rnatilishi kerak.
Ignali savagich paxta qatlamini plankali savagichga qaraganda to’rt marta maydaroq qilib titadi, savaydi.
Savash mashinalarining yangi markasi Buxoroteksdagi №1 YF sining savash sexida o’rnatilgan bo’lib bu mashinaning markasi ERM-dir. Bu mashina Shveycariyaning "RIETER" xissadorlik jamiyatiga qarashli bo’lib, bu mashina asosan xolstsiz ishlashga moslashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |