Tandalash jarayonining maqsadi va moxiyati Tandalash jarayonidan maqsad-ma’lum sondagi tanda iplarini kerak;li uzunlikda tanda iplarini kerak;li uzunlikda tanda yoki to’quv g’altagiga o’rash. Tandalash jarayonioda tandani shakllanishi boshlanadi va unga quyidagi talablar qo’yiladi:
-taranglik bir xil va bir tekkis bo’lishi kerak
-ipni sifati buzilmashligi kerak
-olingan o’ram yuzasi tekkis, T silindirsimon bo’lishi kerak
-olingan o’ramdagi ip uzunligi aniq belgilangan miqdorda bo’lishi kerak.
Tandalash jarayoni juda ma’suliyatli va muxim jarayon xisoblanib ,bu jarayonda yo’l qo’yilgan nuqson va kamchiliklarni keyingi jarayonda yo’qotib bo’lmaydi .
Jarayon davomida iplarni tarangligi o’ram zichligi va shakli xar xil bo’lmasligi taminlash va uni oldini olish kerak.
Tandalashni quyidagi usullari mavjud:
Guruhlab tandalash
Libitlab tandalsh (xon-atlas ishlab chiqarishda qo’llaniladi)
To’liq tandalash
Guruhlab tandalash Odatda to’quv galtagiga bir necha ming, goxida un ingdan ortik ip buladi. Tandalash romiga esa kupi bilan mingtagacha ( maxsus romlarda 2000 tagacha galtak) babina kuyish mumkin. SHu sababli 1ta to’quv galtagi olish uchun 1 nechta tanda galtagi kerak buladi. Mana shu kerak buladigan galtaklarga gurux deb ataladi.
Guruhlabtandalashmashinalari Guruhlab tandalash mashinalari tanda g‘altagini harakatga keltirish usuliga qarab barabanli va barabansiz mashinalarga bo‘linadi (2.12-rasm).
Barabanli mashinalarda tanda g‘altagi bevosita tandalash barabani bilan ishqalanishi natijasida harakat oladi va tandalash tezligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
V=Dўб
buyerda:Do‘‒o‘rama diametri, sm; nb‒barabanning aylanishlar soni, ayl/min; ‒tanda g‘altagi va baraban orasidagi sirpanish koeffitsiyenti.
O‘rama diametri (Do‘) ortgani sari tandalash tezligi (V ) ham ortib boradi va jarayon oxirida tezlik keskin ortib ketishi mumkin. Vaholanki, tandalash tezligini bir me'yorda saqlab turish talab etiladi. Shuning uchun mashinalar o‘rama diametri ortishiga mos ravishda uning aylanishlari sonini kamaytirib boriladi. Buning uchun mashinalar turli qurilmalar bilan jihozlanadi. S-1, S-2, S-140, S-180 markali (Rossiya) barabanli tandalash mashinalarida tandalash tezligi maxsus moslama (reostat) yordamida butun jarayon davomida doimiy saqlanadi. Chet el zamonaviy mashinalarida esa kompyuterli boshqaruv tizimi orqali tezlik nazorat qilinib boriladi.
Afzalligi: tandalash tezligining jarayon davomida o‘rama diametriga mos ravishda bir xilda ta'minlanishi. Kamchiligi: o‘ramaning barabanga ishqalanishi natijasida iplar to‘ziydi, ip uzilgan vaqtda esa tandalash g‘altagi va barabani inersiya hisobiga birdaniga to‘xtay olmaydi va ip uchini o‘rab ketadi, tandalash g‘altagining tebranishi natijasida o‘ramaning shakli yomonlashadi, tandalash tezligi esa past (400 m/min).
1 -rasm
Barabansiz tandalash mashinalarida elektrodvigateldan harakat tandalash g‘altagiga beriladi. Bunday usul “SP-140”, “SP-180” (Rossiya), “Karl Mayer” (Germaniya), “Benninger” (Shvetsariya) va boshqa markali mashinalarda qo‘llaniladi.
Barabanciz tandalash mashinalarida tandalash tezligi quyidagi formula bilan aniqlanadi: