Guruhlab tandalash hisobi
Tandalash hisobi quyidagi ma'lumotlar asosida bajariladi:
nt ‒tanda g‘altagidagi iplar soni; Tip‒ipning chiziqli zichligi, teks; mr ‒tandalash romining sig‘imi;
Lt ‒to‘quv g‘altagidagi iplarning uzunligi, m;
‒o‘ralish zichligi, g/sm3;
lox‒ohorlash jarayonidagi chiqindilar, m; N‒ g‘altak gardishlari oralig‘i, sm;
Do'‒o‘rama diametri, sm
5-rasm
Tanda g‘altagidagi ip hajmi, sm3G=V·/2.Tandalash g‘altagiga o‘ralgan iplarning og‘irligi, kg
G=V·/1000
3.Guruhdagi g‘altaklar soni
Kg‘=nt/mr
Agar Kg‘ qiymatda qoldiq son chiqsa, uni katta tomonga yaxlitlab olinadi.
Misol: Agar Kg‘ =6,4 bo‘lsa, u holda Kg‘' =7 deb qabul qilinadi va h.k.
Tanda g‘altagidagi iplar soni
mt=nt / Kg‘'
4.Tanda g‘altagiga o‘ralgan ipning uzunligi, m
Lt.g‘=G·106/mt Tip
5.Tanda g‘altagidagi iplar soni
mt=nt / Kg‘'
6.Guruhdagi tanda g‘altaklaridan olinadigan to‘quv g‘altaklari soni
Kt.g‘= Lt.g‘ / Lt
Agar Kt.g‘ qiymatda qoldiq son chiqsa, uni kichik tomonga yaxlitlab
olinadi. Misol: Agar Kt.g‘=9,4 bo‘lsa, u holda Kt.g‘'=9 deb qabul qilinadi.
6-rasm
7.Tanda g‘altagidagi ipning muvofiq uzunligi, m
Lt. g’m= Ln Kt.g’ + lоx
Piltalab tandalash
Piltalab tandalash usulida belgilangan piltalar soni navbati bilan tandalash barabaniga o‘raladi. O‘ralgan ip uzunligi to‘quv g‘altagidagi ip uzunligiga teng bo‘lishi kerak. So‘ngra barcha piltalar bir vaqtning o‘zida tandalash barabanidan to‘quv g‘altagiga qayta o‘raladi.
Quyidagi hollarda piltalab tandalash usuli qo‘llaniladi:
Ipak va shoyi matolar to‘qishda (tanda iplari soni ko‘p).
Jun matolar to‘qishda, kichik guruhli tanda g‘altaklarini qayta ishlashda.
Ko‘prangli va murakkab rapportli tanda iplarini tayyorlashda. Piltalab tandalash ikkita jarayondan iborat bo‘ladi.
Birinchisi‒piltalarni ketma-ket tandalash barabaniga o‘rash bo‘lsa, ikkinchisi esa -barabandan piltalarni jamlab, to‘quv g‘altagiga qayta o‘rashdir. Birinchi o‘ralayotgan pilta baraban chetidan tushib ketmasligi uchun barabanning bir tomoni konussimon qilib ishlanadi. KonucNing burchagi ikki xil bo‘ladi:
O‘zgarmas burchakli (burchak qiymati doimiy).
O‘zgaruvchan burchakli (7 0, 9 0, 11 0 va h.k.)
Iplar yonma-yon pilta eni bo‘yicha barabanga o‘raladi. Har bir qatlamdan keyingi qatlam ip diametriga qarab siljib boradi (7-rasm).
7-rasm
Piltalar barabanga ketma-ket joylashtirilib o‘raladi. Bu yerda navbatdagi pilta oldingisiga nisbatan piltaning eniga teng masofaga siljigan bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich support stolining siljish miqdori deyiladi. Sababi support stolida support tig‘i (ayrimlarida nax tig‘i ham) o‘rnatiladi va stolning siljish miqdori asosiy omil hisoblanadi.
8-rasmdan piltaning siljish miqdori x quyidagicha aniqlanadi:
tan 𝛼
bu yerda: α – konus burchagi; H – konus balandligi; h – pilta balandligi; T– konus asosining uzunligi.
8-rasm
Quyida piltalab tandalash mashinasining texnologik sxemasi keltirilgan (9-rasm).
9-rasm. Piltalab tandalash mashinasining texnologik sxemasi: 1‒tandalash romi, 2‒tanda ipi, 3‒yo‘naltiruvchi qator, 4‒yo‘naltiruvchi chiviq, 5‒nax tig‘i, 6‒support tig‘i, 7‒tandalash barabani, 8‒bobina.
Ip tandalash romiga 1 o‘rnatilgan bobinadan 8 chuvalib chiqib, yo‘naltiruvchi qator 3, yo‘naltiruvchi chiviq 4, nax tig‘i 5, support tig‘idan 6 o‘tib, tandalash barabaniga 7 o‘raladi (9-rasm). Kerakli uzunlikdagi ip tandalash barabaniga o‘ralgandan so‘ng, mashina to‘xtatilib, barabanga o‘ralgan barcha piltalar jamlanib, valik 9 orqali to‘quv g‘altagiga 10 o‘raladi (10-rasm).
10-rasm To’quv g’altagiga o’rash
Nax tig‘idan 5 iplarni ikki qismga ajratish uchun foydalaniladi. Support tig‘i 6 esa piltaning enini va zichligini belgilaydi. Barabanga piltalar ravon o‘ralishi uchun piltalarga tandalash davrida ikki xil harakat beriladi: tandalash barabanining aylanishidan olinadigan ilgarilanma harakat, support mexanizmidan olinadigan ko‘chma harakat. Ko‘chma harakat natijasida birinchi pilta iplari barabanning konusiga, keyingi piltalar esa oldingi pilta konusi yuzasiga joylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |