TIKUV SEXIDA TEXNOLOGIK JARAYONLARNI LOYIHALASH
Texnologik jarayonni oqim usulida tashkil qilish bir qator afzalliklarga ega: jihozlarning beto‘xtov ishlab turishi, mehnat predmetlarining bir ish o‘rnidan ikkinchi ish o‘rniga beto‘xtov o‘tishi va xodimlarning beto‘xtov ishlashi ta’minlanadi, ixtisoslashtirilgan jihozlarni qo‘llash va ulardan foydalanish koeffitsiyentlarini oshirish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratiladi, ma’lum ish operatsiyalarini bajaruvchi xodimlarning bevosita, bir-biriga bog‘liqligi ortadi, ish vaqtida o‘zboshimchalik bilan tanaffus qilish va ishga kech qolish hollariga yo‘l qo`yilmaydi, mehnat intizomi mustahkamlanadi va ishlab chiqarish madaniyati oshadi, mehnat unumdorligi o‘sadi va mahsulot sifati oshadi, ishlab chiqarish sikli qisqaradi, ishlab chiqarishning uzluksiz davom etishi asosiy fondlardan yaxshiroq
foydalanish, aylanma mablag`lariga bo‘lgan ehtiyojni va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi
Oqimda birin-ketin tiqiladigan buyumlarning tushirilishi (tayyor bo‘lishi) orasidagi o‘rtacha vaqt oqimning takti hisoblanadi. Har taktda buyum bir ish o‘rnidan ikkinchi ish o‘rniga uzatiladi, va har taktda tayyor bo‘lgan buyum oqimdan chiqadi.
Oqim takti deganda, bitta tashkiliy operatsiyani, yoki bitta buyumni ishlab chiqarish uchun ketgan (sarflangan) o‘rtacha vaqt tushuniladi.
Takt to‘g‘ri chiziqli konveyer oqimlarda muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Oqimning ish unumi, transportyor tasmasi harakatining tezligi takt soniga qarab belgilanadi. Ishchilarning oqimda belgilangan taktda rioya qilishlari oqimning bir maromda ishlashini ta’minlaydi. Takt jarayondagi tashkiliy operatsiyalarni sinxronlashtiruvchi miqdor bo‘lib hisoblanadi.
Agar oqimning quvvati tiqiladigan buyum soni bilan ifodalanadigan bo‘lsa, oqimning takti quyidagi formuladan aniqlanadi:
bu yerda:
Rsm
Koq
, sek.
R sm - smenaning davomiyligi, R sm = 28800 sek;
K oq - smenada tiqiladigan buyumlar soni yoki oqim quvvati, dona/sm.
Oqim taktini aniqlab olingandan keyin, oqimdagi ishchilar soni quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
bu yerda:
τ – oqim takti, sek;
Nish
VSbuyum , kishi
;
VSbuyum , sek.
Nish
Nish -oqimdagi ishchilar soni, kishi;
VSbuyum -bitta buyumni tikib bitkazishga sarflanadigan vaqt.
Bu texnologik tartibda ishlab chiqarish mobaynida texnologik jihatdan bo‘linmaydigan hamma operatsiyalarga sarflangan vaqtni jamlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Shundan keyin bir smenada tikib bitkaziladigan buyumlar soni quyidagi formuladan aniqlanadi:
bu yerda:
τ – oqim takti, sek;
Kоq.
Rsm , dona / sm.
R sm - smenaning davomiyligi, R sm = 28800 sek;
K oq - smenada tiqiladigan buyumlar soni yoki oqim quvvati, dona/sm.
Ko‘p fasonli oqimlarni loyihalashda modellarni tushirish ketma-ket bo‘lsa, oqimning takti har bir fasondagi kiyimlar uchun alohida, bir fasonli oqimdagi singari hisoblanadi. Bunda oqimda bir vaqtda bir xil fasondagi kiyimlar bo‘ladi. Shu fasondagi kiyimlar tikib bitkazilgandan keyingina boshqa fasondagi kiyimlar partiyasi oqimga tushiriladi.
Buyumlar oqimda siklik yoki aralash usulda tushiriladigan bo‘lsa, tashkiliy operatsiyalarni sikl takti bo‘yicha komplektlanadi. Sikl takti esa quyidagi formuladan aniqlanadi:
c C, sek.
bu yerda:
τ c - siklning takti, sek;
τ - bir fasonli jarayonning takti, sek
C - moslash sikli( ish o‘rinlariga keltiriladigan fasonlar soni ).
Ko‘p fasonli va ko‘p turli assortimentli oqimlarda bitta buyumni tikib bitkazishga o‘rta hisobda sarflanadigan vaqt quyidagi formuladan aniqlanadi:
VSbuyumo`rt
ZVSbuyum , sek.
C
bu yerda:
VS buyum o‘rt. - bitta buyumni tikib bitkazishga o‘rtacha sarflanadigan vaqt, sek;
Z VS buyum - bitta tushirish sikldagi har bir jarayonda hamma kiyimlarni tikib bitkazishga sarflanadigan vaqtlarning yig‘indisi, sek.;
C- moslash sikli( ish o‘rinlariga keltiriladigan fasonlar soni ).
Ishlab turgan korxonalarda har gal yangi modelga kiyim ishlab chiqarishga o‘tishda, ya’ni yangi jarayonni loyihalashda oqim takti qayta aniqlanadi. Bunda loyiha qilinayotgan (yangi) jarayon uchun oqimdagi ishchilar soni davom etayotgan, ya’ni o‘zgartiriladigan (eski) jarayonda ishlab turgan ishchilar soniga teng qilib olinadi. Yangi korxonani loyihalashda yoki eskizini rekonstruksiya qilishda (qayta tiklashda) esa oqimdagi ishchilar soni bilan ifodalangan quvvatini,ya’ni oqimdagi ishchilar soni qancha bo‘lishi kerakligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
bu yerda:
N Kish. o` r.
Ko` r.
yoki
Do'stlaringiz bilan baham: |