Muammoning o’rganilganlik darajasi: XIX asrning 20-yillarida paydo bulgan kasb psixologiyaning diqqat markazida mehnat faoliyati sharoitidagi o’zaro individual xususiyatlar, turli yoshdagi kishilarning kasbiy kobiliyatiga xos xususiyatlar, maktab dasturidagi bilimlarni o’zlashtirish muvaffaqiyati, rivojlanishi va boshqalar turar edi. Keyinchalik kasb psixologiyasi doirasiga kasb tanlash motivasiyasini o’rganish masalasi kiritildi. Shuningdek, «psixik funksiyalarning kasbga bog’liq o’zgarishi, mashq va ta’limning psixologik konuniyatlari, turli qobiliyatlarning kasbga bog’liq shakllanishi, xotira turlari, diqqat, tafakkur, sezgirlikning mehnat faoliyatida ortib borishi kabi masalalarni o’z ichiga ola boshladi».1
Mehnat va kasb psixologiyasi masalalari ya’ni sinfiy, milliy, professionallikning jami psixologik farqlari va hozirgi kunda etnopsixologik masalalari ham kasb psixologiyasi sohasiga kirib keldi.
Kasb psixologiyasi termini XIX asrda mulmadaga kiritildi. Kasb psixologiyasining asosiy vazifasi hozirgi kunda bolalarning, maktab o’quvchilarining individual-tipologik xususiyatlarini aniqlashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ko’pchilik pedagoglar o’quvchilarning individual-tipologik xususiyatlarini ilmiy-nazariy tomondan (ya’ni, fizika-matematika, ximiya, biologiya…) tashkil etishni tavsiya etadilar. Ba’zi bir o’qituvchilar esa o’quvchilarning ilmiy-texnik yo’nalishlariga qarab farqlashni maqsadga muvofiq ko’radilir.
Hozirgi zamon kasb psixologiyasi fani oldida yana yangi muammolar – ya’ni iqtidorli bolalarning individual xususiyatlari va ularni boshqa bolalardan tipologik farqlari masalasi, ularga differensial ta’lim berish va qobiliyatlarini shakllantirish (maxsus va umumiy qobiliyatli talabalar), ta’limni individuallashtirish kabilar paydo bo’ladi.
Oliy ta’limda talabalarning o’rtacha rivojlanishi darajasi hisobga olinar edi. Yaxshi o’zlashtiruvchi, qoniqarli va yomon o’zlashtirishning o’rtacha miqdoriga qarab tashkil etiladi. Ta’limni individuallashtirish prinsipi o’qitishda talabalarning real tiplariga tayanish zarurligiga asoslanadi. Buni dasturlashtirilgan ta’lim juda yaxshi amalga oshiradi. Lekin odatdagi ta’lim sharoitida bu tamoyilni tadbiq etish mumkin. Talabalarning individual-psixologik xususiyatlari kasbiy ta’limning ayrim metodlari va usullarini tanlash hamda qo’llash vaqtida mustaqil berilgan topshiriqlarni qismlarga bo’lishda, oraliq va yakuniy nazorat ishlarining variantlarini qiyinchilik darajasiga qarab aniqlashda hisobga olinadi.
Talaba kasbiy tafakkurining individual xarakteristikasini, uni biron bir tipga mansub ekanligini aniklash N.A.Menchinskaya va D. N Bogoyavlinskiy aytganidek, o’quvchi nimani o’zlashtirgan va qanday kasbiy qobiliyatlarga egaligini bilish bilan emas, balki o’quvchining fikrlash va kasb tanlash faoliyatidagi individual xususiyatlarni ham shaxsning ayrim xususiyatlarini, o’qish va ishga munosabatini, kasbiy qiziqishini, o’qish va mehnatdagi emosional-irodaviy sohalarining xarakterli ko’rinishlarini aniqlab olish bilan xarakterlanadi.
Bugungi kunda talabalarning kasbiy qobiliyatlarini diagnostika qilish bo’yicha professor Z.T. Nishonova, texnik qiziqishlar, so`ngra texnik qobiliyatlar va uning diagnostikasi professor M.G.Davletshin tomonidan o`rganildi.
O`quvchilar bilan kasb tanlash muammolari TDPU dotsenti F.A.Temurov tadqiqotlarida o`rganilgan.
Mehnat psixologiyasi va muhandislik psixologiyasi muammolari bo`yicha ham muhim tadqiqotlar olib borildi. Paxta terish mashinasining mexanik haydovchilik faoliyati xususiyatlari haqidagi psixologik tadqiqotlar dotsent J.Sotiboldiev tomonidan olib borilgan.
Ko`p stanokli mashinalarda ishlaydigan to`quvchi ayollar mehnatining psixologik tahlili nomli o`ta qiziqarli tadqiqot ishlari dotsent Quvvat Turg`unov tomonidan amalga oshirilgan.
Qishloq sharoitida maxsus kasb-hunar texnika bilim yurtlari o`quvchilarida kasbga tayyorlanish jarayoni va texnik qiziqishlarni shakllantirish dotsent E.N.Sattorov tomonidan o`rganilgan.
O`smirlarda suxandonlik qiziqishlari dotsent M.P.Boboxonova tomonidan o`rganilgan.
Maxsus kasb-hunar texnika bilim yurtlarining o`quvchilari faoliyatida ishlab chiqarish ta’limi va kasbga qiziqish va unga moyillikni shakllantirish bo`yicha muhim ilmiy tadqiqotni dotsent F.S.Ismagilova amalga oshirgan. 2001 yilda F.S.Ismagilova psixologiya doktori ilmiy drajasiga ega bo`ldi. hozirgi kunda u Yekaterinburg universitetida ishlamoqda. Boshlang`ich maktab o`quvchilarida mehnat ta’limiga ijobiy munosabatda bo`lishni shakllantirish muammosini dotsent I.Yax’yoyev o`rgangan.
Yoshlar ichida kasb-hunar ishlarining aksadental qobiliyatlari diagnostikasini dotsent A.X.Ubaydullaev o`rgangan.
Pedagogika oliy o`quv yurtlari talabalari shaxsida kasbga xos xususiyatlarning shakllanishiga jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlarining ta’siri psixologiya fanlari nomzodi Ramil Gaynutdinov tomonidan o`rganilgan.
Pedagogika oliy o`quv yurtlariga kiruvchilarni munosib kasb tanlashning psixologik muammolarini psixologiya fanlari nomzodi L.A.Popova o`rgangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |