Velosiped yo 'laklari
Shahaming bosh rejasini ishlashda velosiped yo lkalari ham inobatga olinishi lozim. Bu element, ayniqsa, sharq mamlakatlarining shaharlarida ko'proq uchraydi. Veiosipedyo'laklari ko'chaning qatnov qismi bilan piyodalar yo'laklarining orasida, ya’ni trotuar bilan ko'kalamzor himoya polosa oralig'ida joylashadi.
Velosiped uchun yo'laklar istirohat bog'lariga, stadion va boshqa turdagi sport majmualariga, plyaj, ko'tgazma. Sanoat zonalariga, shahar oldi dam olish maskanlarign olib boruvchi ko‘cha va yo'llarda loyihalanadi. Velosiped yo'laklarining eni bir qator
harakatlanish uchun kamida 1,5 m, ikki qator harakat uchun esa kamida 2,5 m ni
tashkil etadi. Bunday yo'laklaming o'tkazish qobiliyati bir qator harakatlanishda bir soatda 300 velosipedni tashkil etadi. Velosiped yo'laklari piyodalar yo'lkasidan 1,2 m, ko'chaning qatnov qismidan esa 0,8 m kenglikdagi butazorlar yordamida ajratiladi.
Velosiped yo'laklarida bo'ylama qiyalik 0.4—5 %ni tashkil etadi.
Ko'ndalang qiyalik esa 1,5—2,5 %.
Ko'chalar deb, aholi yashash joylarining shahar transportining barcha turi, piyodalar,
muhandislik kommunikatsiyalari, tashqi suvlarni vig'ish va olib chiqish uchun
mo'ljallangan qismiga aytiladi. Ko'chalar transport oqimlarini o'tkazadi va ko'chalarga
yaqin imoratlarga xizmat ko'rsatadi.
Ko 'cha yo’l tarmoqlarining prinsipial sxemasi.
Ko'pchilik shaharlarda ko'cha yo'l tarmoqlari uzoq vaqt davomida thakllangan va u
har bir shaharning rivojlanish bosqichlarini ko'rsatadi. Magistral ko'cha yo'l tarmoqlari
konfiguratsiyasi bo'yicha bir qancha prinsipial sxemaga bo'linadi. Bu sxemalar toza holda uchramaydi, ularning o'rniga kombinatsiyalar ishlatiladi.
Radial sxema - qadimiy shaharlarning markaziy qismlari tipik tarmog'i. Shaharning
rivojlanishi va undagi qurilishning o'sib borishi shahar yo'llari bo'ylab amalga oshgan.
Qal'a yoki bozorlar shahar markazi, ya'ni yadrosi hisoblangan.
Bunday sxema quyidagi qulaylik va kamchiliklarga ega: qulayligi - shahar markazi
bilan oson bog'lanishi; kamchiligi - tumanlararo barcha transport markaz orqali o'tishi.
Avtomobillar soni ortib bormasdan avval uncha katta bo'lmagan shaharlarda bu
sxemada transport muammosi bo'lmagan. Hozirgi davrga bu sxema umuman yaramaydi.
Radial halqasimon sxema - halqali ko'chalar radial ko'chalar bilan to'ldiriladi.
Ko'pchilik hollarda halqa ko'chalar qal'a devorlari o'rnida yuzaga kelgan. Ushbu sxema
radial sxemaning birmuncha yaxshilangan varianti hisoblanadi. Bunday sxema shahar
tarhlarida bizning davrimizgacha yetib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |