38
4. Izlanish manbalari va C vitaminini aniqlash uslublari.
4.1. Izlanish manbalari.
Bizning
tadqiqotlarimizda
izlanish
manbalari
sifatida
Samarqand
viloyatining Tayloq tumanida yetishtiriladigan pomidor mevalari xizmat qildi. Bu
pamidor mevasining yetilishi jarayonida undagi vitamin C ning yig’ilish
dinamikasini o’rganishni ko’z oldimizga maqsad qilib qo’yganimiz uchun dastlab
pomidorning mevasida qizarish alomatlari paydo bo’lib, ham pishish darajasiga
yetishga ancha muddat bo’lganda ya’ni, pishish darajasi xomroq bo’lgan
sharoitdagi pomidor tarkibidagi vitamin C ning miqdorlarini aniqladik. Boshqa
tajribalarimiz uning pomidor mevasini pishib yetish darajasi me’yor chegarasida
bo’lganda olib borildi. Vitamin C ning miqdorini aniqlashga oid yana bir
tajribamiz pomidor mevasining pishish darajasi muddatidan ancha o’tib ketganda
amalga oshirildi. Olingan ma’lumotlar statistik sarhisob qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: