Bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash


Yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/40
Sana14.07.2022
Hajmi1,2 Mb.
#797509
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40
Bog'liq
Bitiruv-malakaviy-ishlarini-tayyorlash.Машарипов-Ф

1.7. Yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish
O ‘rganilayotgan obyekt to ‘g ‘risidagi materiallarni yig‘ish va to ‘p- 
lash har qanday tadqiqotning markaziy qismini tashkil etsa, yig‘ilgan 
m a’lumotlarni tahlil qilib, umumlashtirish ilmiy ijodning eng m as’uli- 
yatli bosqichi sanaladi. Aynan shu bosqichda tadqiqotchi o ‘rganilayot- 
gan masalani chuqur, har tomonlama qamrab olishi, to ‘plangan m a’lu- 
motlarga to ‘g‘ri, ilmiy jihatdan asoslangan baho berishi, o ‘z mulohaza- 
larining to‘g ‘riligiga ishonchli dalillar keltira bilishi lozim.
Y ig‘ilgan m a’lumotlarni, avval, tadqiqotning maqsad va vazifalari- 
dan kelib chiqib, zarur tartibda guruhlarga ajratib olish maqsadga muvo- 
fiqdir. Bunday guruhlashtirish turli belgilarga ko‘ra amalga oshirilishi 
mumkin. B a’zan taqsimlash sportchilarning yoshi, jinsi, tayyorgarlik da- 
rajasiga (yangi shug‘ullanuvchilar, razryad egalari, sport ustalari va xal- 
qaro toifadagi sport ustalari) qarab, boshqa holda o ‘quv-mashq hamda 
musobaqa yuklamalari ta’siri ostida organizmning funksional harakatla- 
ridagi u yoki bu o ‘zgarishning yuzaga kelishi darajasi (masalan, kurash- 
da - “texnikachilar”, “tezkorlar”, “kuchlilar”), uchinchi holda bajarilgan 
biomexanik, fiziologik, ruhiy tadqiqotlarning natijalari asosida, to ‘rtin- 
chi holda o ‘rganilayotgan harakat faoliyatining yuzaga kelish yoki 
shakllanish muddatiga qarab bajariladi.
Y ig‘ilgan materiallarni tahlil qilishning eng muhim vazifasi ilmiy 
tadqiqotning ilgarigi barcha boqichlarida qo‘lga kiritilgan axborotga tan- 
qidiy baho berishdan iboratdir. Bunday tanqidiy baho adabiyotlar muto- 
laasi asosida to ‘plangan m a’lumotlarga nisbatan qanchalik zarur bo‘lsa, 
muallifning o ‘z tadqiqotlari natijasida olgan m a’lumotlariga nisbatan 
ham shunchalik zarur. Bunda m a’lumotlaming ishonchliligi va tipikligi 
darajasini aniqlashga alohida e ’tibor qaratiladi. Tadqiqotchi yig‘ilgan il­
miy m a’lumotga usuliy yoki texnik tomondan yo ‘l qo ‘yilgan xatoliklar 
ta’sir ko‘rsatganligiga ishonch hosil qilmog‘i kerak.
Tadqiqot materiallari muayyan maqsad asosida guruhlarga taqsim- 
lab olingach, ularni tahlil qilish va umumlashtirish jarayonining muhim
16


unsuri - olingan m a’lumotlarni taqqoslash hisoblanadi. Bundan maqsad
- ularning o ‘xshash va farqli jihatlarini, mazkur tadqiqotning maqsad va 
vazifalariga qanchalik muvofiqligini, xususan, ishchi farazlarning mohi- 
yatini tashkil etuvchi nazariy hukmlar hamda qarashlar tizimiga mosligi- 
ni ochib berish.
T o‘pIangan m a’lumotlarni tahlil etish va umumlashtirish, tanqidiy 
baholash, taqqoslash hamda bog'liq jihatlarini aniqlash natijasida tadqiq 
etilayotgan hodisalarning o ‘xshash tomonlari, qonuniyatlari yuzaga chi- 
qadi. Bu erda ishlab chiqilayotgan masala bo‘yicha m uallif tomonidan 
o ‘rganilgan barcha adabiy manbalar tahlil qilinadi. Bunda maxsus ada- 
biyotlardan tashqari foydalanilgan turli bilim sohalariga taalluqli adabi­
yotlar tahlil qilinadi. Adabiyotlardan olingan m a’lumotlarga qarab, o ‘r- 
ganilayotgan masala qay ahvolda ekanligi, shuningdek, mazkur masala- 
ning hozirgi zamon amaliyotidagi o ‘rni va holati ko‘rib chiqiladi.
Bundan tashqari, bu bobda yetakchi mutaxassislarning tajribalari- 
dan olingan m a’lumotlar, ularning fikr-mulohazalari va hokazolar kelti- 
riladi.
Tadqiqotning yakunigacha xulosa qismiga zamin hozirlaydigan, il­
miy umumlashmalarning m ag‘zini tashkil etadigan narsa xuddi shuning 
o ‘zidir. Ilgari bayon etilgan m a’lumotlardan mantiqan kelib chiqadigan 
bu xulosalar tadqiqotchining taxminlari va taassurotlariga emas, aniq 
faktlarga, isbotlangan m a’lumotlarga asoslanmog‘i lozim.
Bolalar va o‘smir yoshlarning sport mahoratini o ‘sishi ko‘p jihat- 
dan turli hajmdagi va xarakterdagi trenirovka mashqlarining oqilona nis- 
bati bilan aniqlanadi. Trenirovka yuklamalari tizimining asosiy pedago- 
gik qoiaalaridan biri - ularning kattaligi va uyg‘unligi tayyorgarlikning 
barcha bosqichlarida ta’sir sur’ati tiklanish sur’atiga mos bo‘lishi, ya’ni 
yosh sportchi organizmini salbiy ta ’siridan xalos etish lozim.
B.F.Lomov (1996), quyidagi fikrlarni bildiradi, insonning ishga la- 
yoqatliligining oqilona oralig‘i uchun asosiy xarakterli belgilaridan qu- 
yidagilar o‘smirlar sporti uchun muhimdir:
- ishlayotgan tizimning funksiyalarni yuqori darajada namoyon 
bo‘lishi;
- uzoq vaqt tizimning ishga layoqatliligini ta’minlash;
- funksiyaning namoyon bo‘lish turg‘unligi, ya’ni tizim ishi natija- 
larining eng kam o ‘zgaruvchanligi;
- tizimning tashqi ta’sirga mos ta’sirchanligi.
Keltirilgan omillardan, yosh sportchilarning oqilona ishga layoqat
17


holatiga erishish uchun ko‘p yillik tayyorlovda trenirovka yuklamalari- 
ning tuzish strategiyasi muhim ahamiyat kasb etadi.
L.P.Matveyevning (1991) fikricha, trenirovka yuklamalari tuzilma- 
si tushunchasi, trenirovka yuklamalari parametrlarini birlashishining nis­
batan turg‘un tartibini, ularning mantiqiy nisbatini va o ‘zaro aloqasini 
ifodalaydi. Bolalar va o ‘smirlaming yosh qonuniyatlari bilan bog‘liq 
bo ‘lgan trenirovka yuklamalari tuzilmasining xususiyatlarini ochib bera- 
digan maxsus ishlar juda kam (Y.G.Travin, 1975; Y.G.Polovets, G.M. 
Panov, 1977, Y.N.Vavilov, 1980; B.F.Drabkin, B.M.Vasilkovskiy, 
1984; M.Y.Nabatnikova, 1990). Shuning uchun, trenirovka yuklamalari 
tuzilmasini yakuniy holda ifodalashning imkoniyati yo‘q.
Yosh sportchilarning imkoniyatlarini amalga oshirish samarador- 
ligiga erishish ularning har tomonlama tayyorgarliklariga asoslangan 
bo ‘lishi lozim, shuning uchun trenirovka yuklamalari bir yo‘nalishli va 
tor ixtisoslikda bo ‘lmasligi lozim. Shunday qilib, sport trenirovkasi tre- 
ner va sportchi faoliyatining natijalarini belgilaydigan o'ziga xos spetsi- 
fik qonuniyatlarga ega ekan. Faqat ana shu qonuniyatlarni bilib olgan- 
dagina hamda ulardan ta ’lim va tarbiyaning umumiy tamoyillari, spot ta- 
raqqiyotining umumiy tamoyillari bilan birgalikda foydalanilgandagina, 
sport taraqqiyotining cho‘qqilari sari ishonch bilan borish mumkin.
V.N.Platonovning (1986), fikricha, umumiy jism oniy tayyorgarlik 
tushunchasi bu sportchining harakat sifatlarini har tomonlama rivojlan- 
ganlik darajasini anglatadi. V.A.Titarning (1991), fikriga ko‘ra, voley- 
bolchilar uchun jismoniy sifatlar ichida eng e ’tiborlisi sakrash chidam- 
korligi bo‘lib u faqat umumiy chidamkorlik negizida rivojlanadi.
L.P.Matveyevning fikricha (1991), trenirovka yuklamalari tuzilma- 
si tushunchasi, trenirovka yuklamalari parametrlarini birlashishining nis­
batan turg‘un tartibini, ularning mantiqiy nisbatini va o ‘zaro aloqasini 
ifodalaydi. Tayyorgarlikning har bir tomoni u yoki bu darajada sportchi- 
da asosiy jismoniy sifatlar: tezkorlik, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik
tezkorkuch qobiliyatlari, shuningdek, koordinatsiyaning rivojlanish da- 
rajasi bilan belgilanadi (19, 27, 32, 46). Har bir yoshda jism oniy sifktlar- 
ning rivojlanish darajasi har xil sport turlari vakillarida bir-biridan farq 
qiladi (16, 22). Shuning uchun yosh sportchilarning ko‘p yillik tayyor- 
garligini boshlang‘ich bosqichida yuklamalami rejalashtirshda umumiy 
va maxsus tayyorgarlikning vositalari, hamda turli yo‘nalishdagi mashq- 
larning miqdori asosiy hisoblanadi. Shu tarzda mavzu b o ‘yicha o ‘rganil- 
gan adabiyotlar tahlil qilinadi va bayon qilinib umumlashtiriladi.
18



Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish