Yo‘l to‘siqlarini yo‘l chetiga o‘rnatish shartlari
7-jadval
Avtomobil yo‘li qismi
|
Bo‘ylama qiyalik, %0
|
Ko‘tarmaning eng kam balandligi, m, istiqboldagi harakat jadalligi kamida avt/kun bo‘lganda
|
500
|
2000
|
To‘g‘ri yo‘llar va plandagi burilish radiusi 600 m dan ko‘p bo‘lgan yo‘llar yoqasida (yonida)
|
40 gacha
|
4,0
|
3,0
|
Planda burilish ich qismi radiusi kamida 600 m bo‘lgan yo‘llar yoqasida tushishda yoki undan so‘ng
|
» 40
|
4
|
3
|
To‘g‘ri va planda radiusi 600 m dan ko‘p burilgan yo‘llar yoqasida
|
40 dan ko‘p
|
3,5
|
2,5
|
Planda burilish ich qismi radiusi kamida 600 m bo‘lgan yo‘llar yoqasida tushishda yoki undan so‘ng
|
40 dan ko‘p
|
3,5
|
2,5
|
Planda burilish tashqi qismi radiusi kamida 600 m bo‘lgan yo‘llar yoqasida tushishda yoki undan so‘ng
|
40 gacha
|
3,5
|
2,5
|
Egilib burilgan yo‘l yoqasida, bo‘ylama profilda, qarshi qiyaliklarni 50% farqda va undan ko‘p algebraviy biriktirganda
|
-
|
3,5
|
2,5
|
Planda burilish tashqi qismi radiusi kamida 600 m bo‘lgan yo‘llar yoqasida tushishda yoki undan so‘ng
|
40 dan ko‘p
|
3
|
2
|
7. Avtomobil yo‘lini obodonlashtirish va jihozlash loyihasini ishlab chiqish
Ko‘kalamzorlashtirishga qo‘yiladigan talablar avtomobil yo‘llarini qurish va foydalanishdagi ko‘kalamzorlashtirishning hamma turlari uchun tegishli bo‘lib, o‘z ichiga ko‘kalamzorlashtirishni tashkil etish va saqlash hamda mavjud yo‘llarda. Avtomobil yo‘llarining ko‘kalamzorlashtirishni asosiy vazifasi yo‘l va uning elementlarini noqulay havo-iqlim omillaridan, yo‘l territoriyasi va atrofini transportdan ifloslanishdan himoya qilish, obodanlashtirish elementlari va arxitektura – tasviriy bezatishni, hamda haydovchini mo‘ljalga olishni ta’minlashni tashkil qilishdir. Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish asosiy ikki turga bo‘linadi: himoya va manzarali ko‘kalamzorlashtirish.
Himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirishga quyidagilar kiradi:
- nurashga qarshi ko‘kalamzorlashtirish;
- qordan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish;
- qumdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish;
- shovqin-gaz-changdan ximoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish.
Manzarali ko‘kalamzorlashtirishga, avtomobil yo‘lining arxitektura-tasviriy ko‘kalamzorlashtirish uchun qo‘llaniladigan ko‘kalamzorlashtirish kiradi.. Nurashga qarshi ko‘kalamzorlashtirish avtomobil yo‘llarini atmosfera yog‘inlari va uchirib ketuvchi shamollarning buzuvchi ta’siridan himoyalash uchun qo‘llaniladi. Erroziyaga asosan himoyalanmagan yo‘l yoqasi yuzasi, yon bag‘irlar va suv qochirish inshootlari uchraydi.
Asosan erroziyaga past mustahkamlik mayda donali changsimon qumlar, changsimon suglinok va glinalar, lyoslar va lyossimon suglinoklar, tarkibida ko‘p miqdorda gilina donalari bo‘lgan mergeli gruntlar xarakterli.
Yo‘l bo‘yida yotuvchi ko‘chib yuruvchi qumlarga qarshi chora ko‘rilmasa qatnov qismini qum bosishiga olib kelishi mumkin.
Grunt yuzalarini nurashga qarshi himoyalash choralarini samarali usullaridan biri ularda ildizi 20 sm va undan chuqurroq usuvchi o‘simlik qatlamini xosil qilish va natijada zich va mustahkam chimli qatlam hosil qilishdir.
Hosil qilingan o‘simlik qatlami himoya vazifasini bajarishdan tashqari avtomobil yo‘llarini estetik bezatish elementi hisoblanadi.
Bundan tashqari nurashga qarshi himoyaga yo‘llarni buzib yuboruvchi va o‘suvchi jarliklarga, sel oqimini yuvib ketishi va buzishi, hamda ko‘chkiga qarshi kurashish chora tadbirlarida ishlatiladigan himoyalar ham kiradi. Bunday o‘simliklar har qanday xolatda maxsus ishlab chiqilgan loyihalar asosida tashkil qilinadi.Qordan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish yo‘l poyini qor bosishidan himoyalash uchun qilinadi. Bu trudagi ko‘kalamzorlashtirish bir yoki bir necha tasma ko‘rinishida, uncha katta bo‘lmagan hajmli qor bosishda buta yoki qoraqarag‘ay, jonli devor ko‘rinishida qo‘llaniladi. Qumdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish avtomobil yo‘llarini qum bosishdan saqlaydi va daraxt-buta ekinlari hamda yo‘l bo‘ylab yotuvchi qumlarni o‘simlik ekish bilan mustahkamlashni o‘z ichiga oladi. Shovqin-gaz-changdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish yo‘lning axoli yashash joylari va ularning yaqinidan, kurort mintaqasi territoriyasi yonidan, davolanish maskanlari, qo‘riqxonalar, milliy bog‘lar hamda madaniy qimmatbaho qishloq xo‘jalik masulotlari yetishtirish uchun mo‘ljallangan yerlar va boshqa joylarda qilinadi. Bu turdagi ko‘kalamzorlashtirish ko‘p qatorli maxsus tanlab olingan daraxt-butali ekinlardan tashkil topadi va shovqin tarqalishini, zaharli gazlar va yo‘l qoplamasida to‘planuvchi changlarni tarqalishini oldini olishda samarali to‘siq hisoblanadi. ko‘kalamzorlatirish avtomobil yo‘lini atrof tabiati bilan aloqasini kuchaytirish maqsadida qilinadi. U o‘z tarkibiga faqat yangi daraxt va butalarni ekish emas, balki atrof landshaftiga organik mos tushuvchi yoki e’tiborsiz joylarni yopib turuvchi yo‘l bo‘yi tasmalaridagi mavjud o‘simliklarni saqlash, qo‘shimcha yangi ko‘chatlar ekish va saqlashni ham oladi.
Manzarali ekinlar harakat havfsizligini ta’minlashda ham qo‘llaniladi: katta masofalarda yo‘l trassasini ifodalashda ayniqsa qatnov qismi yuzasini haqiqiy ko‘rinishga ega bo‘lmaganda; haydovchilarni chorraha va tutashmalardan ogohlantirish; yon tomondan esadigan shamoldan himoyalash va boshqalar.
Manzarali ekinlar joylashishi va axamiyatiga ko‘ra yo‘l bo‘ylab asosiy ekinlar (ko‘p qatorli va qatorli), guruhli va aralash (ya’ni asosiy va guruhli) ekish turlariga bo‘linadi.. Yo‘l bo‘yi mintaqasini kompleks himoyalash talablariga binoan yashil ekinlarni asosiy ko‘rsatgichlari quydagicha tartibda bo‘ladi:
- tasma kengiligi – 10 m dan kam bo‘lmagan;
- daraxt balandligi 7-8 m dan kam bo‘lmasligi shart;
- butalar balanligi – 1,5-2 m dan kam bo‘lmagan.
Himoya tasmasini ko‘ndalang kesimi shakli ifloslanish manbai tomonga (ya’ni yo‘lning qatnov qismi tomoniga) qiya holda uchburchak shaklida bo‘lishi kerak.
Daraxt va butalarni tasmalarda joylashish sxemasi 9–rasmda ko‘rsatilgan.
9-rasm. Shovqin-gaz-changdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish sxemasi.
yo‘ldan birinchi qator – past buta
yo‘ldan ikkinchi qator – baland buta
yo‘ldan uchinchi qator – o‘xshash daraxtlar
yo‘ldan to‘rtinchi qator – asosiy
yo‘ldan beshinchi qator – o‘xshash daraxtlar
yo‘ldan oltinchi qator – baland buta .
Tartibli usul butalar, to‘g‘ri yoki egri chiziqli bir xil qatorli daraxtlarni qat’iy aniqlangan joylashishini ko‘zda tutadi. Aloxida turdagi o‘simliklar qatori yoki ularni guruxlari orasidagi masofa mavjud bezatishli yo‘l uchastkasi bo‘yicha doimiy qoladi. Bu usul yo‘lning tekis joydan o‘tuvchi yoki maxsus bezatilgan yo‘llarda, shahar va axoli yashash joylariga kirish va axoli yashash joylarida qo‘llaniladi. Manzarali ko‘kalamzorlashtirishda boshqaruvli usuldan foydalanishga misollar rasmda ko‘rsatilgan
8-jadval
Himoya polosalarini turlari
|
Shovqin darajasini kamaytirish, dBA, harakat jadalligi avt/soat bo‘lganda
|
Qayta ishlangan gazlar konsentratsiyasini kamaytirish, %
|
200
|
600
|
1200
|
>1600
|
Bargli daraxtlar butalar bilan kegligi 10 m bo‘lgan uch qatorli polosa
|
7
|
8
|
8
|
8
|
40 – 50
|
Bargli daraxtlar butalar bilan kegligi 10 m bo‘lgan to‘rt qatorli polosa
|
8
|
9
|
9
|
9
|
50 – 60
|
Shaxmat shaklidagi ignabargli daraxtlar butalar bilan kengligi 20 m bo‘lgan to‘rt qator-li polosa
|
15
|
17
|
17
|
18
|
50 – 60
|
Shaxmat shaklidagi bargli daraxtlar butalar bilan kengligi 20 m bo‘lgan besh qatorli polosa
|
15
|
18
|
18
|
19
|
60 – 70
|
10- rasm. Avtomobil yo‘llarini manzarali ko‘kalamzorlashtirishga misollar (tartibli usul) a- bargli daraxtlar; b – aralash daraxtlar.
11- rasm. Manzarali daraxtlarni monoton himoyaviy o‘rmon polosalari ortida tartibli joylashtirishga misol:
1 – himoya polosasi; 2 – manzarali aksent; 3 – boshqaruvli manzarali
Avtomobil yo‘llarini manzarali khkalamzorlashtirish uchun 4-6 yoshdagi ko‘chatlar va 2-3 yoshdagi butalar qo‘llanladi. Yo‘llarni paradli joylarida 30 yoshdan katta bo‘lgan ko‘chatlar tavsiya etiladi.
Ko‘chat ekilgandan so‘ng havo xolatidan qat’iy nazar daraxtlarga 24-36 l, butalarga 17-18 l, devorlarning har bir qatoriga 18-24 l hajmda suv quyiladi.
Daraxt atrofiga sug‘orilgandan so‘ng chirindi, torf yoki unumli tuproq sepiladi (solinadi).. Yo‘l atrofidagi ekinlar avtomobil yo‘llarini muhandislik jixozlari tarkibiga shartli kritiladi. Biroq ko‘kalamzorlashtirish faqat manzara vazifasini bajaribgina qolmay yo‘llarning transport-ekspluatatsion ko‘rsatgichlariga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.Katta yoshli daraxtlar balandliklari bo‘yicha quyidagi toifalarga bo‘linadi: birinchi (25-30 m va undan yuqori); ikkinchi (10-20 m) va uchinchi (10 m dan kam). Yo‘l bo‘yida ekishga yaroqli daraxt va butalarning tavsiya etilgan turlariEkish ikkita asosiy turda bo‘lishi mumkin: tartibli yoki landshaft-guruhli va erkin. Tartibli ekishga yo‘l trassasida takrorlanuvchi qatorli ekish turidagi, tirik devor va qordan himoyalovchi daraxtlarni ekish kiradi. Erkin ekishga esa guruhli o‘tqazishni har xil daraxt va butali ekinlari kiradi. Ekishlarni aralash usuli ham qo‘llanishi mumkin.. Tartibli ekish yo‘lning bir yoki ikki chetida ularning vazifasiga bog‘liq xolda, lekin yo‘l chetiga 5 m ga yaqin bo‘lmagan masofada joylashtiriladi (11-rasm). Egri mavjud uchastkalarda egrining ichki qismida ko‘rnishni ta’minlash maqsadida qatorli ekish tavsiya etilmaydi. Hiyobonlarda alohida daraxtlar orasidagi masofa daraxt turidan kelib chiqqan xolda 10-15 m ni tashkil qiladi.
12-rasm. Daraxtlarni qatnov qismi cheti va yo‘l poyi qirg‘og‘iga nisbatan joylashuvi:
a – nolinchi belgida; b – ko‘tarmada; v – o‘ymada.
Qayta qurilayotgan yo‘llarda qatorli ekish turlari tavsiya etilmaydi. Chunki ular bir qator kamchiliklarga ega: transport vositasini yo‘lga tushishi va undan chiqishiga to‘sqinik qiladi; quyoshli vaqtda haydovchini ko‘zini qatnov qismida «dog‘» xosil qilib charchatadi; yo‘lning qurishini yomonlashtiradi; yo‘lovchilardan atrof landshaftni berkitadi; kelajakda yo‘llarni kengaytirish imkoniyatini chegaralaydi; qatnov qismiga tushgan barglar tishlashish sifatini yomonlashtiradi. Qatorli ekish asosiy yo‘lga ayrim ob’ektlardan chiqish joylarida ruxsat etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |