Bitiruv malakaviy ishi mundarijasi


Turizm jurnalistikasining O'zbekistondagi istiqbollari



Download 3,02 Mb.
bet8/12
Sana31.12.2021
Hajmi3,02 Mb.
#250694
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
BMI333

2.3. Turizm jurnalistikasining O'zbekistondagi istiqbollari

Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasida turizmning milliy modelini shakllantirish jarayoni amalga oshirilmoqda. Ushbu modelda ta'kidlanishicha mamlakatda rivojlantirilayotgan turistik bozor boshqa har qanday bozorlar kabi mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatiga ta'sir ko'rsatadi. U mamlakatlar o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda investitsiya va kapital oqimini ta'minlash darajalarini aniqlashda muhim vosita bo'lib hisoblanadi.

Ma'lumki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, asosan, xususiy va tijorat kompaniyalari turistlarga xizmat ko'rsatadi. Biroq, har qanday sharoitda ham davlat optimal iqtisodiy va huquqiy zaminni yaratgan taqdirdagina turizm rivojlanishi mumkin. Agarda davlat kasbiy tayyogarlik masalalari, tabiiy va madaniy muhitni muhofaza etish, axborot-reklama ishlari va rasmiyatchilikni soddalashtirish kabilar bilan shug'ullanmasa, u holda turizm kutilganidek rivojlanish darajasiga erisha olmaydi. Bunda davlat tomonidan turizmni rivojlantirish, turistik xizmatlar bozorini shakllantirish, iqtisodiy tartibga solish usullari va richaglarini qayta isloh etish, turizmni tashkiliy boshqaruv strukturalarini takomillashtirish, uning eksport salohiyatini oshirish va eng asosiysi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish kabilarga tegishli uslubiy va amaliy yondashuvlarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimizda turizm sohasini har tomonlama rivojlantirish, yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar oqimini ko'paytirish, xizmat ko'rsatish sifatini yuksaltirishga alohida e'tibor berilmoqda. O'zining bebaho madaniy merosi, tarixiy yodgorliklari bilan mashhur bo'lgan Xorazm vohasi, xususan, ochiq osmon ostidagi muzey deya e'tirof etiladigan Xiva turistik shahri ham qaytadan chiroy ochmoqda.

Mamlakatning turistik sohadagi imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishda ichki turizmni rivojlantirish muhim o'rin tutadi. Zero, har qanday yangi turistik mahsulotga, avvalo, mahalliy turistlarda qiziqish uyg'otib, so'ngra uni xorijiy turistlarga taqdim etish samarali yo'l ekanligi xalqaro tajribada tasdig'ini topgan. Masalan, jahon sayyohlik sanoatida yetakchi o'rinni egallagan Ispaniyada aholining 90 foizi mamlakat bo'ylab sayohat qiladi. Ushbu davlatga keluvchi xorijiy turistlar soni esa 2019-yil yakuni bo'yicha 58 millionga yetdi. Umuman olganda, biror mamlakat miqyosida turizm intensivligi 50 foizdan oshsa, ya'ni mamlakat umumiy aholisining 14 yoshdan katta qismining yarmidan ko'pi bir yilda hech bo'lmaganda bir marotaba sayohat qilsa, bu o'sha mamlakatda turizm ommaviy tus olganidan dalolatdir.

Bugun O'zbekistonda sakkiz yuzdan ziyod sayyohlik korxonasi, jumladan, besh yuzdan ortiq mehmonxona, sayyohlik bazalari va kempinglar, qariyb uch yuzta sayyohlik kompaniyasi faoliyat ko'rsatmoqda. Mamlakatimizning barcha hududida sayyohlikni rivojlantirish va sayyohlik xizmatlari eksport salohiyatini oshirishga doir manzilli tadbirlar dasturi tasdiqlangan. Bundan tashqari, yurtimizda ichki turizm imkoniyatlarini targ'ib qilish, sayyohlik bazalari, dam olish zonalari, pansionatlar, sanatoriylar, kurort va ekosayyohlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Har bir hudud uchun mo'ljallangan maxsus dasturga viloyat, tuman, shahar va qishloqlarda ichki turizmni rivojlantirishga oid tadbirlar kiritilgan. Ularda hududlarning ichki imkoniyat va salohiyati inobatga olingan. Buning natijasida, masalan, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Navoiy, Jizzax va Xorazm viloyatlarida bir nechta zamonaviy kemping, sog'lomlashtirish muassasalari va o'tovlar barpo etildi, sayyohlarga turli xizmatlar ko'rsatish uchun barcha imkoniyatlar yaratildi.

Mamlakatimizga tashrif buyurayotgan xorijiy mehmonlar orasida sayyohlikning ekologik, diniy-ziyorat, folklor-etnografik, ilmiy-ma'rifiy turlari ixlosmandlari ham ekstremal taassurotlar – yilning istalgan vaqtida tog'cho'qqilarini zabt etish, rafting, trekking, ot yoki velosipedda sayr qilish, qumliklari kengliklarida chip safari ishqibozlari ham ega bo'lganligi tufayli ekspozitsiyalarda sayyohlik va dam olish infratuzilmalariga, yurtimiz va xorij sayyohlarini qabul qilish uchun sog'lomlashtirish zonalari va sanatoriylarni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratayapti. Xorijiy kinokompaniyalar moddiy-madaniy meros ob'ektlarida kino va videotasvirga olishga ruxsatnoma berganlik uchun yig'im (ilgari – har bir tasvirga olish kuni uchun 800 ming so'm) hamda tasvirga olish uchun ijara to'lovlarini to'lashdan ozod etildi. Ozod qilish sharti – mamlakatni hamda joyini (ob'ektini) alohida kadrlar bilan ko'rsatish orqali O'zbekiston brendini ilgari surish, shu jumladan kirish (sarlavha) yoki yakuniy titrda tasvirga olish orqalidir.

Respublikamizning turizm salohiyati haqidagi foto va videomateriallarni tayyorlash uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini, shu jumladan xorijiy ijodiy guruhlar tomonidan mamlakat hududiga vaqtincha olib kirish va ulardan foydalanishga ruxsat berildi. Buning uchun turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, Madaniyat vazirligi va "O'zbekkino" agentligining iltimosnomalari, shuningdek Mudofaa vazirligi va parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasiga "dron"lardan foydalanuvchi shaxslar va suratga olish joylari haqida axborot taqdim etilishi zarur .39

Turizm mavzusini yoritishda drondan samarali foydalanib kelayotgan telejurnalist Mixail Dudinning fikricha, uchuvchisiz uchar apparatlar aynan kenglikni qamrab olish imkoniga egaligi bilan turizm mavzusidagi materiallarga o'ziga xoslik bag'ishlaydi. "Ba'zida s'yomka nuqtasiga yaqinlashish juda qiyin. Tajribali dron jurnalisti jiddiy oqibatlarga ega bo'lgan voqealarni, yong'inlar, texnologik va ekologik halokatlar bilan birgalikda mamlakatning sayyohlik imkoniyatlarini ko'rsatib beradi". Italiyalik TV Koper telekanali O'zbekiston haqidagi reportajni namoyish qildi. Undagi asosiy kadrlar dronda olingan. Telejurnalistlarning fikricha aynan panoramali suratlar O'zbekistonning turistik salohiyatini yaxshiroq namoyish etadi.

Bugungi kunda turizm sohasi taraqqiyotini axborot va kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin. Sayyohlarni respublikamizga jalb etishdagi dastlabki qadamlar ularni mamlakatimizning turistik salohiyati to'g'risidagi axborot bilan tanishtirishdan boshlanadi, ayniqsa, keyingi yillarda ekologik turizm, ekstremal turizm, agroturizm va sohaning boshqa yo'nalishlarining rivojlanishi sayyohlarini to'laqonli axborot bilan ta'minlash ehtiyojining yanada oshishiga olib kelmoqda.

Ta'kidlash lozimki, mamlakatimizda turizm sanoatini rivojlantirish, iqtisodiyotning tez o'sishini ta'minlashda uning rolini oshirish va shu orqali yangi ish o'rinlarini yaratish, dunyo bozorida milliy turistik mahsulot salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi tashkiliy sharoitlar yaratilmoqda. Mazkur faoliyat shak-shubhasiz milliy turizm sohasini axborot bilan ta'minlash, turistik operatorlar uchun zamonaviy axborot texnologiyalari yechimlari va kompyuter dasturlarini ishlab chiqish, axborot bozori subektlariga uyg'unlashgan holda ishlash, jumladan, xalqaro miqyosda mamlakatimizning haqiqiy imidjini shakllantirish bo'yicha ommaviy axborot vositalarida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi. Bu o'rinda, turizm sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi samarali me'yoriy-huquqiy maydon, sohani yaqin va o'rta istiqbolda rivojlantirishning strategik rejalari bo'yicha qabul qilingan hujjatlar mazkur faoliyatning asosini tashkil etishi lozim. Milliy turizm tizimini rivojlantirishda mazkur sohada samarali axborot almashinuvini ta'minlash zarur. Bu o'z navbatida, iste'molchilarning mamlakatimiz haqidagi axborotdan erkin foydalanishlariga, turistik xizmatlarni taqdim etish sharoitlari, xususiyatlariga hamda ularning xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiluvchi axborotlardan iborat bo'lmog'i va milliy qonunchiligimizga mazkur masalalarni kompleks va tizimli huquqiy jihatdan tartibga soluvchi qoidalarning kiritilishini ta'minlash zarur.

O'zbekistonning turistik jozibadorligi oshishiga xizmat qiluvchi dolzarb axborot resurslarini, jumladan, O'zbekistonning noyob tarixi, o'tgan buyuk allomalari va olimlari, diqqatga sazovor joylari, milliy taomlari, an'analari haqida hujjatli filmlar va teleko'rsatuvlar yaratish va tarqatish soha rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, turizm bozorini rivojlantirishda ommaviy axborot vositalari bilan bog'liq bo'lgan quyidagi ishlarni amalga oshirish:

• axborot-targ'ibot kompaniyasini o'tkazish va turli OAVda O'zbekiston turizmi haqida ijtimoiy reklamalarni tarqatish;

• foto va videomateriallar bankini yaratish;

• Internet tarmog'ida mamlakatimizning turistik imkoniyatlari haqidagi markazlashtirilgan va alohida axborot resurslari hamda turistlar, turoperatorlar va turizm sohasining investorlari uchun axborot portallari sonini oshirish;

• tashqi va ichki turizmni rivojlantirishni axborot orqali qo'llab-quvvatlash bo'yicha tizimli ishlarni amalga oshirish uchun mamlakatimiz va chet eldagi turistlar uchun axborot markazlari tarmog'ini yaratish;

• turistlarni o'ziga jalb etish markazlarida axborot punktlari tarmog'ini yaratish va boshqalar bugungi kunning dolzarb vazifalaridan sanaladi.

So'nggi yarim yilda O'zbekistonning turistik yo'nalish sifatida targ'ib qilishga doir ishlar hajmi keskin oshirildi. O'ylashimcha, ijtimoiy tarmoqlar va umuman shu soha rivojini kuzatib boruvchi kishilar O'zbekistonga kelayotgan chet el ommaviy axborot vositalari sonining bir necha baravarga oshganini sezgan bo'lishlari kerak.

Avvallari bir chorakda mashhur xorij OAVdan 3-4 tasi kelgan bo'lsa, hozir oyiga 10-15 matbuot vakillari tashrif buyurishmoqda va O'zbekiston hamda turizm haqida yozishmoqda.

Ma'lumki, reklama byudjeti cheklangan. Afsuski, bizda boshqa mamlakatlar kabi bunga millionlab dollar sarflashning imkoni yo'q, zero biz hozir turizmni rivojlantirishning dastlabki bosqichlarida turibmiz. Shunga qaramay, biz O'zbekistonning turistik salohiyatini targ'ib qilishning nostandart, lekin samarali usullaridan foydalanishga harakat qilamiz. Bu borada misol keltirib o'taman - bizning Mayami (AQSh)dagi vatandoshimiz samolyotda Uzbekistan Turismo yozuvi va bayrog'ini reklama qilganiga doir xabar ijtimoiy tarmoqlarda berildi. Bu ham o'ziga xos nostandart yondashuvdir. Yoki mashhur repper doni Buxoroda o'z qo'shig'iga klip oldi va bu klipini ilk o'n kunning o'zidayoq YouTube'ning 1,5 milliondan ziyod foydalanuvchisi tomosha qilgan. Shuningdek turli Travel-ko'rsatuvlarni misol qilish mumkin - bugun sayyohlarni jalb qilish nuqtayi nazaridan bizga qiziq bo'lgan mamlakatlarning reytingli Travel-ko'rsatuvlari bilan ishlanmoqda.

Shu maqsadda, 2018-yil fevral oyida Prezidentning PF-5326-sonli qarori bilan turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi qoshida Milliy PR markazi davlat unitar korxonasi tashkil etildi, bu esa mamlakatning ulkan sayyohlik imkoniyatlariga yangicha qarash, O'zbekistonning mutlaqo yangi brendini yaratishga imkon berdi. U respublikadan tashqarida, chet elda O'zbekistonning sayyohlik brendini targ'ib qilmoqda. Oldiga qo'ygan maqsadlari esa quydagilardan iborat:

• O'zbekiston milliy stendi bilan qatnashish va turizm sohasidagi xalqaro ko'rgazmalarda ishtirok etish;

• O'zbekiston haqida sayohat jurnallari, risolalar, xaritalar va qo'llanmalarni yaratish va tarqatish;

• Veb-saytimizda va ijtimoiy tarmoqlarda ko'rish mumkin bo'lgan ajoyib video va fotosuratlarni olish;

Haqiqatan ham bizning turizim sohamizga mana shunday saytlar kerak. O'zbekistonga yangicha qarash, uning go'zal va o'rganilmagan joylarini kashf etish va O'zbekiston nafaqat Buyuk Ipak yo'li merosi va YUNESKO ro'yxatiga kiritilgan tarixiy shaharlar, balki go'zal tabiati borligini anglash uchun. Qolaversa, Tyan-Shan tog'tizmasi va Pomir tizmalari, qadimgi tsivilizatsiyalarning cho'l qal'alari, boy madaniyati va tarixi, mazali sharqona taomlari va hayratlanarli darajada mehmondo'st xalqi haqida yanada ko'p ommaviy axborot vositalarida materiallar, roliklar, filmlar suratga olinishi ayni muddao.

Ommaviy axborot vositalari jamiyat ongiga ta'sir etuvchi eng kuchli vositalardan biridir. To'g'ri tashkil etilgan ommaviy axborot vositalari maqsadli auditoriyaga kuchli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Misol tariqasida xorijiy sayyohlar uchun Eron diqqatga sazovor joylarining obro'sini oshirishda muayyan ommaviy axborot vositalarining faoliyatini o'rganish muhimdir. Ammo, Eronda ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan har doim ham foydalanilmaydi. Ayniqsa, bu ommaviy axborot vositalarining sayyohlarni jalb qilish borasidagi faoliyatiga taalluqli, Eron xalqaro turizm uchun eng jozibador o'nta mamlakat qatoriga kiradi, ammo mamlakat ushbu sohadan davlat byudjeti daromadlari bo'yicha 68-o'rinda turadi va aholining atigi 1,8 % turizm bilan shug'ullanadi. Me'moriy va tarixiy obidalar, noyob o'rmonlar: tog'lar, qor cho'qqilari, tog'manzaralari, shifobaxsh mineral buloqlar Eronga sayyohlarni jalb qiluvchi asosiy omillardir. Shunga qaramay, turizm sohasi va ommaviy axborot vositalari Eronni munosib tarzda namoyish eta olmadilar. Shu munosabat bilan savol tug'iladi, Eronda turizmning orqada qolishiga nima sabab bo'ldi? Turistik biznesning kengayishi ko'p jihatdan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga yordam beradi. OAV orqali turizm sohasida ma'lumot va targ'ibotning yetishmasligi Eronda ushbu sohadagi turg'unlikning asosiy sabablaridan biri ekanligini isbotlamoqda. E'ron mamlakati turistik salohiyati katta bo'lgan shaharlari qatoriga kirishiga qaramasdan, reyting bo'yicha 68-o'rinda turadi.40Mamlakat hududida juda ko'p shifobaxsh obektlar mavjud bo'lib, ularning ko'pi sayyohlar uchun notanish. Shuning uchun ham turistlar soni ko'p miqdorni tashkil qilmaydi. Bunga sabab, ommaviy axborot vositalarida mamlakatning imkoniyatlari yaxshi yoritilmasligidir.

Bugungi kunda, an'anaviy ommaviy axborot vositalari turizm marketingiga (boshqa har qanday narsalarga qaraganda) ko'proq ta'sir ko'rsatmoqda. Turizm xizmatlarini ilgari surishda eng muhim drayverga aylangan Internet sayohatchiga har qanday imkoniyatlarni taqdim etadi va sayyoh o'y fikrlarini osongina suratlar bilan shakllantirmoqda.

Sayyohlik sohasidagi yangi ommaviy axborot vositalari umumiy ochiqlikka ega. Ularning faoliyati tufayli odamlar bir-biri bilan sayyohlik tajribalarini baham ko'ra oladilar. Yangi ommaviy axborot vositalarida harakatchanlik, qulaylik, interaktivlik, tezlik, kabi qulayliklar turistlarga ma'lumotlar berishni sezilarli darajada boyitadi.

Ijtimoiy tarmoqlarning ulkan imkoniyatlarini inobatga olgan holda, bugungi kunda turizm biznesi yanada faollashmoqda. Ular bilan ekskursiyalarni tashkil qilish anchayin osonlashadi. Bu tajriba avval jahon turizm sohasida keng foydalanib, bugungi kunda yurtimizda ham amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda dunyoda eng keng tarqalgan Facebook, My Space va Twitter ijtimoiy tarmoqlari taqdimoti, Belarusiyada – V kontakte, Odnoklassniki, LiveJournal, YouTube va Xitoyda boshqalar - wechat, China Weibo lar orqali sayyoh o'ziga yangi imkoniyatlarni yaratadi. O'zbekiston ham bu ijtimoiy tarmoqlarning barchasida o'z imidjini yaratish, mamlakatning diqqatga sazovor joylari haqida ma'lumotlar qoldirish, ayni maqsadga muvofiq bo'ladi. Turistik kompaniyalar va turoperatorlarning soni tobora ko'payib, ularda turistik reklama va reklamalarni joylashtirib borishda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmoqda.

Bundan tashqari, Toshkent viloyati turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan sohaga oid qaror va farmonlarni o'zida mujassam etgan "O'zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish bo'yicha Qonunchilik asoslari" nomli kitob nashr etildi41. Ushbu to'plam orqali turizm sohasiga oid ko'plab savollarga tez va kafolatli javob olish imkoniyati mavjud. Viloyat turizmni rivojlantirish departamenti rahbari Ismat Nusurovning ta'kidlashicha, kitob turizm sohasida oxirgi uch yildagi o'zgartirishlar va islohotlar borasidagi ma'lumotlarni jamlagan bo'lib, unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Bosh vazir tomonidan imzolangan farmon va qarorlar jamlangan. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta farmoni, 1 ta farmoyishi, 6 qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 9 ta qarorlari hamda O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi turizm to'g'risidagi qonuni to'plamlaridan iborat. "Mazkur kitob aholining keng qatlamlari hamda turizm sohasiga oid tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan foydalanish uchun mo'ljallangan. Shu bilan birga, respublikamizga tashrif buyuradigan chet-ellik sayyohlar, investorlar, ziyoratchilar va boshqalar uchun ham tavsiya etiladi. Bundan tashqari, kasb-hunar kollejlari, liseylar va Oliy ta'lim muassasalarida o'quv qo'llanmasi sifatida ham foydalanish mumkin", - deydi Ismat Nusurov.

Mamlakatning dron jurnalistikasidan foydalanishi turizm istiqbolini oshirishga xizmat qiladi. Afsuski, bugungi kunga qadar bu yo'nalishdagi ishlar juda sust. Avvalo, xorij tajribasini o'rganib chiqish lozim va uni o'z milliy an'analarimizga rioya qilgan holda yurtimizda sayyohlik tizimiga tadbiq etish lozim.

Turistlar juda ko'p tashrif buyuruvchi mamlakatlarning ommaviy axborot vositalari juda ilgarilab ketganiga guvoh bo'lamiz. Bunda ushbu mamlakatlarda suratga olinayotgan kino, serial va ijtimoiy roliklarning ham ahamiyati katta. Bizning kino sanoatimiz bu borada ortda qolgan. Masalan, Turkiya kinochilari tomonidan ishlangan "muhtasham yuz yil" serialidan so'ng, mamlakatga keluvchilar soni bir necha baravar ortgani ma'lum qilingan.

Turizm sohasi rivojlangan davlat bo'lish uchun mana shu sohada faoliyat yuritadigan gazeta, jurnal, ko'rsatuv va kanallar sonini oshirish kerak. Bizning milliy teleradiokompaniyamizda va xususiy kanallarimizda bu sohaga mo'ljallangan dasturlarni topish juda mushkul. Boshlangan ko'rsatuvlarning ko'pi mablag' yetmaganidan to'xtatib qo'yilganiga bir necha marotaba guvoh bo'lganmiz.

Sohani rivojlantirishda, yangi stsenariy, yangi g'oyalarga asoslangan film, roliklarni dron jurnalistikasidan foydalangan holda suratga olish maqsadga muvofiq bo'ladi, bunda manzaralar to'liq namoyon bo'lishini kuzatishimiz mumkin.

Turizimni yanada rivojlantirish uchun jahon tajribasini o'rganib chiquvchi alohida xodimlarni jalb qilish ayni muddao bo'ladi. Chunki bu sohada bizdan ancha ilgarilab ketgan mamlakatlar talaygina hisoblanadi. Ularning rivojlanish bosqichlari, erishgan yutuqlarini detallari bilan o'rganib chiqish talab etiladi. Bugungi kunda Internet orqali juda ko'p ishlarni amalga oshirish mumkin. Ijtimoiy tarmoqlar orqali ham turistlarni o'ziga jalb qilish tizimini yo'lga qo'yish lozim.



Xulosa

Hozirgi paytda davlat tuzilmalarining turizmga nisbatan munosabati keskin o'zgarmoqda. Ular turizm sohasida milliy iqtisodiyotning o'sishini, bozor munosabtlarini shakllantirish, davlat byudjetiga katta mablag'lar tushishining amaliy usulini, bo'sh vaqtdan oqilona foydalanishni, dam olish vaqtini mazmunli o'tkazish shaklini va aholini mamlakatning tarixiy-madaniy qadriyatlariga jalb qilish usullarini ko'rmoqdalar. Xorijiy mutaxassislar O'zbekiston Respublikasini uning nodir tabiiy resurslari va tarixiy-madaniy merosi tufayli turistik jihatdan istiqboli porloq mamlakatlar jumlasiga kiritadilar.

Mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog'i sifatida turizmni jadal rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoit yaratish, hududlarning turizm salohiyatidan yanada to'liq va samarali foydalanish, turizm tarmog'ini boshqarishni tubdan takomillashtirish, milliy turizm mahsulotlarini yaratish va ularni jahon bozorlarida targ'ibot qilish O'zbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirishdagi muhim omillardan biri sanaladi.

Ichki turizmni rivojlantirish to'g'risida qabul qilingan Prezident qarori asosida viloyatning yirik ish beruvchilari, jamoat tashkilotlari hamda xayriya fondlari tizimlari orqali aholining keng qatlamini "O'zbekiston bo'ylab sayohat qil!" shiori ostida respublika bo'ylab sayohatlari uyushqoqlik bilan tashkil etilayapti.

Ushbu yo'nalishda targ'ibot-tashviqot ishlari kuchaytirilib, turistik soha tadbirkorlik sub'ektlari bilan hamkorlikda mahalliy sayyohlar uchun turizm mavsumi bo'lmagan davrlarda 40 foizgacha chegirmalar joriy qilinmoqda. Mazkur qaror bilan davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari uchun turistik sayohat turlarini tashkil qilish jadvallari tasdiqlangan.

Bugun O'zbekistonni, uning tarixiy shaharlarini butun dunyoda bilishadi. Prezidentimizning uzoq va yaqin davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash borasidagi ezgu tashabbuslari, viza tizimining soddalashtirilgani tufayli yurtimizga bo'lgan intilish va qiziqish yanada kuchayib bormoqda. Bu kabi ulkan vazifalarning amalga oshirilishi, istiqbolli loyihalarning amaliyotga joriy etilishi esa, tabiiyki, turizm salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilishi muqarrar.

Mavjud tarixiy-madaniy, ekologik, ekstremal, agro, gastronomik va boshqa turizm yo'nalishida foydalanish mumkin bo'lgan ob'ektlarni aniqlash maqsadida maxsus ishchi guruh tomonidan viloyat tumanlarining turistik salohiyatini aks ettiruvchi tumanlar va shaharlar pasportlari ishlab chiqildi. Natijada 30 ga yaqin yangi istiqbolli ob'ektlar aniqlandi. Jumladan, Bulung'ur tumani hududida Amir Temur tomonidan qurilgan ko'prik, Xo'ja Hofiz maqbarasi hamda ilohiy hovuz borligi ma'lum bo'ldi. Ushbu maqbara hududini obodonlashtirish, olib boruvchi yo'llarni ta'mirlash, yangi maqbara barpo etish bo'yicha chora-tadbirlarni belgilash, mazkur ob'ektni turistik marshrutga kiritish borasida ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizga kelayotgan sayyohlarga yuqori sifatli servis xizmati ko'rsatish, ularning har bir kuni mazmunli va taassurotlarga boy o'tishi uchun zarur shart-sharoit hamda imkoniyatlar yaratish tegishli idoralar, sayyohlik firmalarining doimiy e'tiborida. Bu jarayonda yurtimizda sayyohlarga safar davomida hamrohlik qiluvchi yoki ma'lum bir ob'ekt bo'yicha ma'lumot beruvchi gidlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish maqsadida keng ko'lamli ishlar qilinmoqda.

Mamlakat qanchalik turistik salohiyatga boy bo'lishiga qaramasdan, uni targ'ib qilishga har doim muhtoj bo'ladi. Bunda esa, ommaviy axborot vositalarining o'rni katta hisoblanadi. Bugungi kunda yurtimizda "Uzbekistan_Travel" jurnali kabi yurtimizni tanituvchi jurnallar soni juda kam. Bunda jurnalistlarni ayni turizm mutaxassisligiga ixtisoslashgan holda ta'lim beruvchi ommaviy axborot vositalarining yo'qligi ham katta sabab bo'ladi. Dunyo trendiga aylangan yangicha texnologiyalarni yurtimizda ham joriy etilishi, turizm sohasini keng yoritish uchun yaratilgan imkoniyatlardan biri bo'ladi.

Taklif:

-O'zbekistonda jurnalistika sohasida ta'lim beruvchi ta'lim muassasalarida turizm sohasiga ixtisoslashgan fakultetlarni joriy etish. Ma'lumot o'rnida, Samarqand davlat chet tillari instituti rektori I.To'xtasinov va Malayziya universiteti (City University of Malaysia) prezidenti Dr.James bilan o'tkazilgan onlayn xalqaro hamkorlik uchrashuvida memorandum imzolandi. Kelishuvga ko'ra, 2020-2021 o'quv yilida institut tarkibida bakalavr ta'lim bosqichida jurnalistika va turizm yo'nalishlari bo'yicha City University of Malaysia ning filiali ochiladi.42

- Sayyohlarni jalb etuvchi ijtimoiy roliklar tayyorlash tanlovlarini e'lon qilish va unda dron jurnalistikasidan ham foydalanish;

- Turizmni rivojlantirish va u orqali mamlakat imidjini yuksaltirish uchun "Uzbekistan-Travel" jurnaliga raqobatbardosh bo'la oladigan nashrlar sonini ko'paytirish;

- Oliy ta'lim muassasalarida ichki turizmni rivojlantirish uchun talabalarni tarixiy obidalar bilan tanishtirish soatlarini tashkil etish;

- Turizm sohasini rivojlantirishda OAVning o'zaro hamkorligini yo'lga qo'yish.

Turizm sohada yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhiti ko'plab turizm sohasidagi tadbirkorlik sub'ektlarining faolligini yanada oshirib, ular tomonidan sifatli xizmatlar taklif etilishiga olib kelmoqda. Bu esa, o'z navbatida ko'plab xorijiy sayyohlarning mamlakatimizga kelib, yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, xalqimizning mexmondo'stlik an'analari bilan tanishib madaniy xordiq olib ketishlari uchun xizmat qiladi.


Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish