Bitiruv malakaviy ishi mundarijasi



Download 3,02 Mb.
bet1/12
Sana31.12.2021
Hajmi3,02 Mb.
#250694
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
BMI333



YOSHLARNING TURIZM MADANIYATI, MA'NAVIY-AXLOQIY SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHDA OAVNING O'RNI

BITIRUV MALAKAVIY ISHI MUNDARIJASI

Yoshlarning turizm madaniyati, manaviy-axloqiy sifatlarini shakillantirishda OAVning o’rni


Betlar

KIRISH

2-6

I BOB

TURIZM-BUTUNJAHON SIYOSIY IQTISODIYOTINING AJRALMAS QISMI




1.1.

Turizm siyosati iqtisodiyotning strategik sektori sifatida

7-18

1.2.

Turizm jurnalistikasining OAVlaridagi o'rni va ahamiyati

19-26

1.3.

OAVda ichki turizm rivojlanishida yoshlarning turizm madaniyati va axloqiy sifatlari

27-34

II BOB

O’ZBEKISTON IMIDJINI SHAKILLANTIRISHDA TURIZM SOHASINING BOSMA NASHIRLARDA YORITILISHI




2.1.

UZBEKISTAN_TRAVEL” jurnalining tahlili

35-46

2.2.

Jurnal yutuq va kamchiliklarining turizm sohasiga ta’siri

47-51

2.3.

Turizm jurnalistikasining O'zbekistondagi istiqbollari

52-59

XULOSA

60-62

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

63-64

Nashr etgan ishlari




Kirish

Mavzuning dolzarbligi.
Yuksak salohiyati, madaniyati, ilm-fani va me'moriy obidalari bilan doimo e'tibor markazida bo'lib kelgan diyorimiz qadimdan sayyohlik markaziga aylanib ulgurgan. Mamlakatimiz hududida turli davr va sivilizatsiyaga daxldor to'rt mingdan ortiq qadimiy me'morlik va san'at yodgorliklari mavjud. Ulardan 140 tasi YUNESKO tomonidan muhofazaga olingan tarixiy ob'ektlar ro'yxatiga kiritilganligi so'zimizning yana bir isboti bo'la oladi. 1Buyuk ipak yo'lining muhim tarmoqlari kesishgan yerda joylashgan yurtimiz istiqlol sharofati bilan sport, ilm-fan sohalariga e'tibor beribgina qolmay, zamonaviy iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblangan turizm rivojiga ham o'z e'tiborini qaratdi. Turizm allaqachon dunyo xo'jaligidagi eng daromadli va jadal rivojlanayotgan sohalardan biriga aylangan. Dunyodagi yalpi milliy daromadning 10 % turizm sohasiga taalluqliligi shundan dalolat beradi. Butun dunyo turizm tashkilotining ma'lumotlariga qaraganda oxirgi 10 yillikda turizmdan tushgan daromad yiliga 7,9% gacha o'sgan. Ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarda turizmdan keladigan daromad 100% gacha tashkil etishi mumkin (Portugaliyada). 2Turizm iqtisod, aloqa, savdo sotiq kabi sohalarni rivojlanishiga ta'sir ko'rsatdi, ko'pgina ishchi o'rinlarining paydo bo'lishiga, soliqqa tortiladigan bazaning kengayishiga, soliqlardan davlat g'aznasiga mablag'lar tushishiga sabab bo'ladi. Jahon sayyohlik tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, dunyo yalpi ichki mahsuloti hajmining o'ndan bir qismi, xalqaro investisiyalarning 11 foizdan ortig'i turizm hissasiga to'g'ri keladi. Jahonda tovar va xizmatlar eksporti bo'yicha avtomobil, kimyo, oziq-ovqat, elektron sanoati yetakchi o'rinlarni egallab keladi, 2000 - yildan buyon turizm sanoati yuqoridagi sohalarni ortda qoldirib, birinchi o'rinni egallab kelmoqda.
Dunyoning barcha yetakchi davlatlarida 2008 yilda boshlangan iqtisodiy inqiroz tufayli siyosatga aloqasi bo'lmagan sohalar (masalan iqtisodiyot, madaniyat va b.) siyosiy jihatdan ahamiyatli bo'lib qolmoqda. Xalqaro turizm ham ana shunday sohalardan biri hisoblanadi. U o'zining ta'sir ko'rsatish salohiyatiga ko'ra nafaqat iqtisodiyot, ijtimoiy taraqqiyot, madaniyat, xalqlar o'rtasidagi o'zaro hamjihatlik, hamkorlik, balki alohida davlatlarning xalqaro nufuzi, obro'siga, ularning tashqi siyosiy imidjiga ham ta'sir ko'rsatayotir. Aynan turizm siyosiy vaziyatlardagi o'zgarishlarga birinchi bo'lib javob qaytaradi. Misol tariqasida yaqindagina Rossiya turistlar oqimining xalqaro terrorchilarning havfli xatti-harakatlari tufayli Misr va Tunisdan Turkiya va O'rta yer dengizi atrofidagi boshqa davlatlar (masalan Bolgariya, Ispaniya, Xorvatiya) ga og'ib ketganliklarini keltirish mumkin.
Ayni paytda dunyoda 195 milliondan ziyod kishi yoki ish bilan band aholining 8 foizi ushbu sohada mehnat qilayotir. Jahon iqtisodiyotida xalqaro turizmdan tushayotgan daromad 1 trillion AQSh dollaridan oshadi. Jahon sayyohlik tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, butun dunyoda sayyohlar oqimi yiliga 4-5 foizga ko'paymoqda. 2012 yilda yer yuzida ularning soni ilk bor 1 milliarddan oshdi. Hozirda sayyohlar oqimi 1,5 mlrd.ni tashkil etmoqda. 3O'zbekistonda ham ushbu soha jadal rivojlanmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 10 oktyabrda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorlari 4ga muvofiq, turizm va turistik infratuzilmani rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Milliy turistik xizmatlar xalqaro sayyohlik bozorlariga faol kirib borayotir.
Xalqaro aeroportlar, temir yo'llar, zamonaviy mehmonxonalar va mangulikka muhrlangan qadimiy noyob obidalarimizni ko'rib zavqlanishimiz mumkin. Bunda bizga OAV vositalarida yoritilayotgan materiallar yordam beradi. Bugungi kunda turizm siyosatining OAV orqali yoritilishi, unga qo'yilgan vazifalar dolzarb bo'lib qolmoqda. Zero, har qanday mamlakat imidjini shakllantirishda turizm sohasi va uning yoritilish masalalari juda ahamiyatlidir.
Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari.
O'zbekistonda turizm siyosatining yoritilish masalari, yutuq va kamchiliklarini o'rganish, yoshlarning turizm madaniyati va axloqiy sifatlarini shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining o'rni va ahamiyatini belgilash, turizm siyosatini xorijiy va milliy tajriba asosida qiyosiy tahlil etib berish ishning asosiy maqsadidir. U quyidagi vazifalar orqali amalga oshadi:
-Turizm sohasining nima uchun siyosat darajasiga ko'tarilayotganini ochiqlab berish;
- Turizm sohasiga oid nashrlar faoliyatini tasnif etish;
- Yoshlarning turizm madaniyatini shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining o'rnini belgilash;
-Soha rivoji uchun yaratilgan mavzu va ijod mahsullarini ko'rib chiqish;
-Turizm jurnalistikasining matbuot tizimidagi o'ziga xos xususiyatlarini ochib berish, takomillashtirish va rivojlantirishga doir vazifalarni o'rganish;
-O'zbekiston imidjini shakllantirishda matbuot nashrlarining o'rni, muammo va istiqbollarini belgilash;
Ilmiy ishning o'rganilganlik darajasi.
Turizm siyosatini mutaxassislar tomonidan keng o'rganish va yoritib borish uchun "Uzbekistan_Travel" jurnali sahifalarida e'lon qilingan materiallarga, turizmni rivojlantirish bo'yicha I.S. To'xlievning "turizm asosolari" kitobiga, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan sohaga oid qaror va farmonlarni o'zida mujassam etgan "O'zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish bo'yicha Qonunchilik asoslari" nomli kitoblarga murojaat qilingan.
Bitiruv malakaviy ishining ob'ekti va predmeti.
Ilmiy ishning ob'ekti sifatida "Uzbekistan_Travel" jurnali olindi. Tadqiqotning predmetini esa jurnal misolida turizm siyosatining kamchilik va yutuqlarini tahlil qilish masalalari, turizm sohasinining yoritilishi, taraqqiyoti tendentsiyalari, ahamiyatini o'rganish tashkil etdi.
Ishning ilmiy yangiligi.
Mamlakatimizda turizm sohasining istiqbollari matbuotta yoritilishi jihatidan o'rganildi. Uning bosma nashrlardagi mavzu doirasi, uslubiy o'ziga xosliklarda turizm yangiliklarini yoritilish jihati, umumun, turizm sohasida qilinayotgan ishlarni keng ko'lamliligi va bu jurnalistika sohasida turizm jurnalistikasi yo'nalishining ochilishiga debocha bo'la olganligi, muammo va yutuqlari "Uzbekistan_Travel" jurnali misolida aniqlandi va takliflar kiritildi.
Tadqiqot uslubiyati va uslublari.
Ilmiy tadqiqot doirasida ko'tarilgan masalalarni atroflicha va qiyosiy tahlil qilishda hamda xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishda tarixiy va siyosiy, funktsional-tarkibiy, kontseptual, solishtirma-qiyosiy, tahlil uslublaridan foydalanildi.
Ishning nazariy va metodologik asoslari.
O'zbekiston Respblikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev, Birinchi Prezident I. Karimovning o'tgan yillar davomida ommaviy axborot vositalari orqali turizmni rivojlantirish va u orqali mamlakatimiz imidjini yuksaltirish borasida turli ma'ruzalarida va asarlarida aytgan fikrlari ham mavzuni yoritishga yordam berdi. Biz mavzuni tahlil qilish jarayonida nazariy manba sifatida asosan Rossiyada va mamlakatimizda chop etilgan adabiyotlardan hamda yurtimiz imijini shakllantirishga yordam berayotgan "Uzbekistan_Travel" jurnali va O'zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasining rasmiy sayti bo'lmish uzbektourism.uz sahifalarida bosilgan materiallardan foydalandik.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, asosiy mazmunni ifoda etuvchi 2 bob, oltita paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati hamda ilovadan iborat.
Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, maqsad-vazifalari, ob'ekti, predmeti, nazariy-metodologik asoslari, nazariy-amaliy ahamiyati, tuzilishi asoslab berilgan.
Birinchi bobda, turizmning jahonda tutgan o'rni, uning siyosat va iqtisodga bo'lgan ta'siri, fasllarda esa, turizmning iqtisodga ta'siri, O'zbekistonning turizm sohasidagi bosqichma bosqich amalga oshirgan ishlari, yoshlarning turizm madaniyati va OAVdagi ahamiyati haqida so'z boradi.
Ikkinchi bobda esa, turizmga oid jurnal misolida bu sohaning o'rni, yoritilish darajasi va o'ziga xosliklari to'g'risida so'z boradi. Xulosa qismida tadqiqotning asosiy natijalari bayon etiladi. Sohadagi asosiy muammolar aniqlanadi. Ularni bartaraf etish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar beriladi.
Nashr etgan ishlari.
O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida xalqaro jurnalistika fakulteti xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan 2021- yil 17- may kuni o'tkazilgan "Mediakommunikatsiya va PR: yangi texnologiyalar va zamonaviy yondashuvlar" mavzuidagi an'anaviy talabalar ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plamida "Turizm siyosati iqtisodiyotning strategik sektori sifatida" nomli tezis bilan ishtirok etildi.

















Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish