Bitiruv malakaviy ishi mundarijasi


Jurnal yutuq va kamchiliklarining turizmga ta'siri



Download 3,02 Mb.
bet7/12
Sana31.12.2021
Hajmi3,02 Mb.
#250694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
BMI333

2.2. Jurnal yutuq va kamchiliklarining turizmga ta'siri

O'zbekistonning milliy madaniy merosini chet ellarda ommalashtirish, mamlakatimizga xorijlik sayyohlarni ko'proq jalb qilish va ichki turizmni rivojlantirish maqsadida chet tilida chop etiladigan jurnallardan foydalanish maqsadga muddao. Buni biz aynan "Uzbekistan_Travel" jurnali misolida ko'ra oldik. Ammo, O'zbekiston bo'ylab ingliz tilida chop etiladigan jurnal ham yutuq va kamchiliklardan holi emas. Uning bu kamchiliklari mamlakat imidjiga oz bo'lsada o'z ta'sirini o'tkazishi mumkin, ularni birma bir tahlil etsak:

– Jurnal yirik xalqaro ko'rgazmalarda qatnashib, mamlakatimiz sayyohlik tashkilotlariga xorijiy hamkorlar bilan turizm sohasida yangi aloqalar o'rnatish va o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish imkonini berayotganini unda chop etilayotgan maqolalar orqali bilib olishimiz mumkin. Bu xabarlarning aksariyati esse janriga xosligi, mamlakat imidjini shakllantirishda faqat esse janriga xos bo'lgan maqolalardan emas, balki reportaj, lavha janrlari orqali ham bo'lib o'tgan voqelikni yoritish ko'proq samara beradi.

– Jurnalda ERIKA SANTOS, DAVID HOFFMAN, ALEX CHACON, RITU BERI, LENIKA JOSEFIOVA kabi jurnalist va blogerlarning turkum maqolalari ham o'rin olgan bo'lib, bu chet el OAVda bizning mamlakatimiz haqida xabarlar chop etilishiga va chet el fuqarolarining O'zbekiston o'lkasi haqida taassurot uyg'onishiga turtki bo'ladi.

– Jurnalda har bir materialning ma'lumotlari kichik shriftlarda bitilgan bo'lib, suratlar katta hajmni tashkil etadi. Bu esa, o'z navbatida o'quvchini asosiy ma'lumotlar qolib o'z e'tiborini surat ob'ektlariga qaratishga olib keladi.

– "Uzbekistan_Travel" jurnalining har bir sonida chet ellik sayyohlar uchun o'zbek iboralari ro'yxati berib borilishi uning yutuqlaridan biri hisoblanadi.

– Jurnalning muvaffaqiyat kaliti unda yaqin kunlarda qabul qilinayotgan qonun va farmonlarni so'zlar hamohangligida emas, balki rasm va sonlar uyg'unligida sodda va lo'nda qilib tushuntirib berishidadir. Jurnalning 5-sonida "VISA FREE UZBEKISTAN" nomi bilan chop etilgan maqolada 53 mamlakat fuqarolari uchun O'zbekiston bepul viza rejimini joriy etganini suratlar orqali tushuntirib bergan.

– Jurnalda odatdagidek xorij jurnalistlari yoki blogerlarining yurtimizdan olgan taassurotlari o'rin oladi. Mamlakatimiz imidjini oshirishda jurnalda xalqaro siyosatchilar, diplomatlar va taniqli shaxslarning ham O'zbekistonga bo'lgan qarashlari, bizning siyosat maydondagi taktikamiz haqidagi fikrlari ham xizmat qiladi.

– Globallashayotgan dunyo sharoitida axborotni turli vositalar orqali ming tusda namoyish etish urfga kirib bormoqda. "Uzbekistan_Travel" jurnali ham bu an'anani chetga surmagan holda, yurtimizda bo'layotgan hodisalarni infografika usullari orqali yoritib boradi. Ammo, jurnalda yangilik janrini ko'p ham uchrata olmaymiz.

– Jurnal O'zbekiston imidjini faqat qadimiy qadamjolarimiz sanalmish Buxoro, Xiva, Samarqand kabi shaharlarimiz orqali emas, balki mustaqillik shukuhini berib turuvchi, zamon bilan hamnafas bo'luvchi inshootlar bilan uyg'unlikda ko'rsatib bera oladi. O'zbekiston birinchi bank muzeyi, Toshkentdagi "Hyatt Regency" mehmonxonasi, "Ipak Yo'li" restoranti, Alisher Navoiy o'zbek drama teatri va boshqa zamonaviy so'lim go'shalarimiz bunga misol bo'la oladi.

– Mamlakatimiz imidjini shakllantirishga xizmat qilib kelayotgan bu jurnalning onlayn versiyasini ijtimoiy tarmoqlardan topish biroz mushkul. Global dunyoda har qanday OAVning turini ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn kuzatish urfga kirib borayotganini unutmaslik lozim.

Tip Travel, Vagabond kabi dunyoda o'z o'rnini egallagan turizm siyosatini yoritib boruvchi glyans jurnallar bilan "Uzbekistan_Travel" jurnali dizayn, yorqin suratlar, format jihatlari orqali bemalol bellasha olishi mumkin. U aynan mana shu jihatlari orqali ko'pchilik e'tiboriga tushgan. Ma'lumot o'rnida Tip Travel faqat raqamli formatda nashr etiladigan va barcha o'quvchilarga bepul taqdim etiladigan birinchi Xorvatiya onlayn sayohat va sayyohlik jurnali. U 2013 - yil iyul oyidan beri xorvat va ingliz tillarida, 2015-yildan boshlab nemis tilida nashr etilgan. Ushbu nashr Xorvatiyada va chet elda sayohat qiluvchi o'quvchilar uchun mo'ljallangan. Har bir nashrda, original hisobotlar va fotosuratlar orqali, o'quvchilarni Xorvatiya qirg'oqlari va qit'a bo'ylab sayohatlarni va ularning turli xil boy turistik takliflari bilan tanishtiradi. Bundan tashqari, kam ma'lum bo'lgan faktlarni ochib beradi, turizm yangiliklarini, o'tkazib yubormaslik kerak bo'lgan tadbir va festivallarni e'lon qiladi.

– Tip Travel jurnalidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, agar Uzbekistan_Travel jurnalida ham muhim ahamiyat kasb etuvchi tadbirlar, ko'rgazmalar jadvali bo'lsa uning mavqe'ini yana bir pog'onaga ko'targan bo'lar edi.

– Facebook, You Tube, Telegram ijtimoiy tarmoqlari orqali jurnalning elektron kanaliga tashrif buyurish mumkin. Ammo, uning elektron shakli ham kamchiliklardan holi emas. Ulardan birinchisi, jurnalning chop etilgan soni to'liq tarzda o'quvchiga havola etilmasligidadir. Ikkinchidan, yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, jurnalning har bir soni ham ijtimoiy tarmoqlarga joylab borilmaydi. Ammo, har bir sayyoh O'zbekistonga bo'lgan tashrifidan so'ng o'z yurtidan turib yurtimizdagi o'zgarish va yangiliklardan boxabar bo'lishni xohlasada buni uddasidan chiqa olmaydi.

– Jurnal temir yo'l va parvoz sayyohlari uchun bepul tarqatiladi. Bundan ko'rinib turibdiki undagi menedjment a'lo darajada yo'lga qo'yilgan. Mehmonxonalar, zamonaviy turar joy komplekslari uning homiylari hisoblanib, uning barcha tushumlarini qoplab beradi.

– Jurnal ingliz tilida chop etiladi. U juda sodda va tushunarli tilda yozilgani bilan ajralib turadi. Uni ingliz tilini o'rganishni yaqinda boshlagan o'quvchi ham o'qib tushunishi mumkin. Bu uning asosiy yutug'i hisoblanadi. Qolaversa, yorqin ranglar, mahorat bilan suratga olingan va jilvakor varaqlarga muhrlangan suratlar kishini chet tilini bilmasada yurtimizning tarixga boy manzaralarini, bugungi so'lim go'shalaridan tortib, o'zini ko'z-ko'z qilishga arziydigan inshaotlari haqida anchaniga ma'lumot ola olishini ta'minlaydi. Shunga qaramasdan, dunyoning turizm sohasini yorituvchi yetakchi jurnallar bir necha tilda nashr etilishini ham e'tiborga olib qo'ygan yaxshi.

– "Uzbekistan_Travel" tahririyati o'z jurnalining yangi 7-soni muqovasini Yevropaning "Vogue Espana", "Esquire", "Vanity Fair" va boshqa jurnallarning "karantin muqovalari"dan ilhomlanib yaratdi. Shu tariqa jurnal Covid-19 pandemiyasi natijasida global o'zini-o'zi yakkalash mavzusi bo'yicha jahon trendlariga qo'shildi. Bundan tashqari, karantin sharoiti, shuningdek, dunyo bo'ylab jurnal o'quvchilarning ko'p sonli iltimoslariga ko'ra, tahririyat o'z tarixida birinchi marta yangi sonning elektron versiyasini o'qish imkoniyatini taqdim etdi.Uning yangi elektron 7-sonini Issuu xalqaro platformasida ko'rish mumkin.35Jurnalni o'qib chiqqan har bir mehmon O'zbekiston bo'ylab kichik virtual sayohat qilishi va kelajakda mamlakatga tashrif buyurishi uchun ilhomlanishiga umid qilmoqda. Qiyinchilik va sinovli kunlarga qaramay, o'zbek xalqi doimo mehmondo'stligicha qolgan va shu bois jurnal butun dunyo sayyohlarini mamlakatimizda mehmon bo'lishga va xalqimizning o'ziga xos turmush tarzini o'z ko'zlari bilan ko'rishga ilhomlantiradi. O'zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasining rasmiy hamkori bo'lgan "Uzbekistan_Travel" jurnali bir yillik faoliyati davomida dunyoning 14tilida nashr etildi, uning taqdimotlari London, Dehli, Singapur, Berlin, Madrid, Moskva, Parij, Seul, Tokio shaharlari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Hindiston, Fransiya, Germaniyaga bo'lgan davlat tashriflari chog'ida tadbirlar doirasida bo'lib o'tdi.36

Jurnalda mahalliy aholi va xorijlik sayyohlarga oid me'yoriy talablarning chop etilishi ham jurnal ommalashishiga olib kelishi mumkin. Chunki, yurtimizga kelayotgan xorijlik mehmon mamlakatimizda ahloq-odob qoidalari nimalardan iborat ekanligini bilishi zarur. Agar muhit unga mos kelsa sayohat ko'ngildagidek o'tishi mumkin. Masalan, Birlashgan Arab Amirliklariga qarashli Shaijada turistlarga qo'yilgan talablar bor bo'lgan, ammo u ajnabiylarga oldindan aytib qo'yilmagan. U qoidalar Islom qoidalari ta'sirida juda qattiq bo'lgan spirtli ichimliklar ichmaslik, ayollarning maxsus kiyimi va xulqida qonunlarni buzmaslik va boshqalardan iborat bo'lgan. Qoidani buzgan yevropaliklarga tayoqlar yordamida tan jarohati yetkazilgan. Natijada o'sha turistik markazga turistik oqimlar miqdori kamaygan.37

O'zbekiston delegatsiyasi Jahon sayyohlik tashkiloti tadbirlarida faol qatnashib kelmoqda. Jumladan, mamlakatimiz delegatsiyasi Jahon sayyohlik tashkiloti ijroiya Kengashining Belgrad shahrida (Serbiya) bo'lib o'tgan 95-sessiyasida ishtirok etdi. Mazkur tadbirda "O'zbekturizm" milliy kompaniyasining tarkibiy bo'linmasi – "Buyuk ipak yo'li" reklama agentligi" davlat unitar korxonasi YuNVTOga a'zo bo'ldi. Bularning barchasi xalqaro maydonda kompaniyamiz va umuman, O'zbekiston obro'sini yanada oshirishga xizmat qilayotir va Jahon sayyohlik tashkilotining me'yoriy bazasi hamda kutubxonasidan foydalanish imkonini bermoqda.

Xulosa o'rnida O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining so'zlaridan keltirib o'tsak: "turizm sodda qilib aytganda, dunyoni tushunish, dunyoni anglash, shu bilan birga dunyo sahniga chiqish demakdir. Biz ana shu muhim sohani rivojlantirishimiz, uning keng imkoniyatlaridan foydalanishimiz kerak.38



Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish