Bog'liq yarimotkazgichlar fizikasidan glossariy yaratish
p–n O‘TISHNING TUNNEL TESHILISHI - yupqa elektron-kovak (bir necha
mikrometr tartibidagi) o‘tishlarda ularga 106 V/ sm chamasidagi kuchlanganlikli
kuchli teskari maydon ta’sir qilganda vujudga keladigan teshilish.
p-n TUZILMA (STRUKTURA) - bir-biri bilan chegaradosh
p -soha va
n -
sohadan iborat (struktura) tuzilma.
POLIKRISTALLAR - ko‘p kristallit(dona)lardan tashkil topgan qattiq jismlar
p-TUR YARIMO‘TKAZGICH - kovak o‘tkazuvchanlikka ega yarimo‘tkazgich.
QATTIQ JISMLI LAZER - faol muhiti qattiq jismdan iborat lazer.
QATTIQ JISM - moddaning agregat holati; turg‘un shaklga hamda uni tashkil
qilgan atomlarning o‘z muvozanat holatlari atrofida kichik tebranishlar tarzidagi
issiqlik harakatiga ega bo‘lishi bilan tavsiflanadi.
RADIATSIYAVIY NUQSON - qattiq jismning zarralar oqimi yoki
gamma nurlanish va rentgen nurlari bilan nurlaganda uning kristall tuzilishining
buzilishi.