ORGANIK
YARIMO‘TKAZGICHLAR
-
elektron
yoki
kovak
o‘tkazuvchanlikka (yoki tashqi ta’sir ostida shunday xususiyatlar oladigan) va
elektr o‘tkazuvchanlikning musbat harorat koeffitsientiga ega bo‘lgan qattiq
organik moddalar.
PANJARA NUQSONI
- kristall panjarasi davriyligining buzilishi
(masalan, dislokatsiya, kristall chegarasi, tugunlar orasida ortiqcha atomning
borligi, yot element atomining mavjudligi va h.k.).
PANJARANING KIRISHMAVIY NUQSONI
- yarimo‘tkazgichda yot element
atomi hosil qilgan panjara nuqsoni.
PANJARAVIY ISSIQLIK O‘TKAZUVCHANLIK
– metallarning kristall
panjara orqali yuz beruvchi issiqlik o‘tkazuvchanligi.
PANJARAVIY ISSIQLIK SIG‘IMI
- metallarning kristall panjara orqali yuz
beruvchi issiqlik sig‘imi.
PELТЕELEKTRTERMIK EFFEKTI
- turlicha ikki yarimo‘tkazgich yoki
yarimo‘tkazgich va metall kontaktida shu kontakt orqali tok o‘tib turganda issiqlik
ajralishi yoki yutilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |