1.2.1-jadval
Xarakteristika
|
APON (BPON)
|
EPON
|
GPON
|
Standartlashtirish institutlari/ittifoqlar
|
ITU/T SG15/FSAN
|
IEEE/EFMA
|
ITU-T SG15/FSAN
|
Standartni qabul qilish sanasi
|
1998-yil oktabr
|
2004-yil iyul
|
2003-yil oktabr
|
Standart
|
ITU-T G.981.x
|
IEEE 802.3ah
|
ITU-T G.984.x
|
Uzatish tezligi, to‘g‘ri/teskari oqim, Mbit/s
|
155/155; 622/155; 622/622
|
1000/1000
|
1244/155, 622, 1244; 2488/622, 1244, 2488
|
Bazaviy protokol
|
ATM
|
Ethernet
|
SDH
|
Bitta tolaga abonent tugunlarining maksimal soni
|
32
|
16
|
64(128)
|
Ilovalar
|
ixtiyoriy
|
IP, ma’lumotlar
|
ixtiyoriy
|
To‘g‘ri/teskari oqimlar to‘lqin uzunliklari, nm
|
1550/1310
1480/1310
|
1550/1310
1310/13103
|
1550/1310 1480/1310
|
Ma’lumotlar xavfsizligi
|
Ochiq kalitlar bilan shifrlash
|
yo‘q
|
Ochiq kalitlar bilan shifrlash
|
Nutq ilovalarini qo‘llab-quvvatlashni baholash va QoS
|
yuqori
|
past
|
yuqori
|
II BOB. FTTB TEXNOLOGIYASI ASOSIDA ABONENTLARNI ULASH
2.1. FTTB texnologiyasini qurish va uni abonentlarga taqdim etish
2.1-rasm. Ko’p qavatli uyda FTTB texnologiyasini tashkil qilishni loyiha ko’rinishi
2.1.1-rasm: FTTB texnologiyasini qurulish prinspi
FTTB texnologiyasini qurish va uni abonentlarga taqdim etishda qilinadigan ishlar quyidagilardan iborat:
Marketing va texnik bo’lim bilan qurilma o’rnatiladigan joy o’rganib chiqilgandan keyin direktor nomiga bildirgi yoziladi. Bildirgida quyidagi ma’lumotlar bo’lishi shart:
Qurilma o’rnatish manzili va aniq joyi.
Optik kabel tipi va uzunligi.
Ulanish sxemasi. (ATS raqami, kanalizatsiya va simyog’ochlar bo’yicha aniq chizma.)
Qurilma va materiallar ro’yxati aniq ko’rsatilishi kerak. (Tarmoq kommutatori, ODF turi, telekommunikatsion quti, SFP modul, optik mufta, optik patchkord turi va uzunligi, elektr simi uzunligi, avtomat, rozetka, elektrxisoblagich va qutisi.)
Hudud bo’yicha liniya muxandisiga «BRM» filiali bilan texnik sharoitni aniqlagan holda optik kabel yetkizish uchun zayavka beriladi. (ATSda bo’sh optik port mavjud bo’lsa)
«BRM» filialiga tarmoq kommutatorini sozlash uchun xat va ulanish sxemasini taqdim etish.
Qurilma o’rnatilishida xar bir jarayon bo’yicha foto xisobot tayyorlanadi. (Qutini o’rnatish, payvandlash ishlari, qurilma o’rnatilishi va tarmoqga ulanishi va montaj ishlari tugagandan keyin 3 metr masofadan umumiy ko’rinishi. Shuningdek qurilma seriya raqami yozilgan joyi rasmi.)
To’liq texnik ma’lumotlar maxsus ilovaga asosan to’ldirilib elektraloqa bo’limiga pasport tayyorlash uchun topshiriladi. Telekommunikatsion qutiga maxsus raqam beriladi va ko’rinish qismiga javobgar bo’lim telefoni bilan birga yoziladi.
Quti ichida A4 formatli qog’ozga mijozlar ulanishi haqida to’liq ma’lumot yozib borilishi shart. (Port raqami, abonent manzili, telefon raqami yoki shaxsiy kodi)
Telekommunikatsion qutining kaliti bir nusxasi belgi quyilib filial dispetcheriga topshiriladi. Bir nusxasi hudud bo’yicha montyorda va bir nusxasi montaj ishlarini bajargan guruxda saqlanadi.
Qurilmaga ulangan xar bir kabelga belgi qo’yilishi shart. (Port raqami va telefon raqami)
Qurilma ishga tushgandan keyin o’rnatilgan qurilma va materiallar ro’yxati ko’rsatilgan holda ish bajarilganligi haqida akt tuzilib, montaj ishlariga qatnashgan mutaxassislar imzosi bilan filial texnik direktoriga taqdim etiladi.
Binogacha kelgan optik tola shkafini odatdagidek binoning tomiga, padeziga, yoki abonentlarga qulay bo’lgan hududga o’rnatiladi. Aloqa stantsiyasidan bunday binogacha optik kabel yotqizilgan keyin esa ko'p o'lchamli UTP orqali har bir abonentning xonadoniga qarab kabellar o’rnatila boshlanadi. Abanent tomga o’rnatilagan shkafdan UTP kabel o’rniga optik kabeldan foydalangan holda tortib ketishi mumkin, lekin bu UTP kabeldan qimmatroq bo’ladi. Shkafdan uyning ichigacha optik kabel tortib borishda modullardan foydalangan holda ulanish qutilarida amalga oshiriladi - ular RJ-45 konnektorlariga nisbatan ancha ixchamdir, ammo ko’p vaqt va xarajat talab qiladi. To'siq qutisidagi abonent kabellari odatdagi RJ-45 orqali modem joylashgan joyga olib kelinadi.
2.2. FTTB texnologiyasini qurushda kerak bo’ladigan materiallar to’plami va ularni vazifalari.
FTTB texnologiyasini qurush uchun kerak bo’ladigan kabellar bilan tanishamiz. FTTB texnologiyasini qo'llashda 2 turdagi optik kabel (binoga kirguncha) va "burma juftlik" (binoda tarqatish uchun) ishlatiladigan kabellar:
1. Optik kabelni optik tolasi haqida gapirib o’tamiz. Demak optik tola bu ortik tebranishlarni tarqalishini chegaralovchi va yorug’lik energiyasi oqimini berilgan yo’nalishda yo’naltiruvchi, uzatish va qabul qilish qismlarini bog’lab turuvchi muhit hisoblanadi. Ortik tola o’zak va qobiqdan iborat bo’ladi.(2.2.1-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |