O’zlashtirish operatori
Masalaning echish jarayoni qator bajariluvchi bosqichlarga bo’linib ketadi.
Bu bosqichlarning har birida ma’lum qiymatlar bo’yicha yangi qiymatlar
hisoblanadi. Bu hisoblangan qiymatlarning ba’zilari natijaviy qiymatlar bo’lsa,
ba’zilari esa oraliq qiymatlar bo’lib, keyingi bosqichlar uchun boshlang’ich qiymat
bo’lib hisoblanadi. Yangi qiymatlarni hisoblash uchun ifoda tushunchasi xizmat
qiladi, xar bir ifoda bitta qiymatni xisoblash qoidasini belgilaydi. Hisoblangan
qiymatni hisoblash jarayonining keyingi bosqichida foydalanish uchun eslab qolish
zarur, bunday eslab qolish hisoblangan qiymatni ma’lum o’zgaruvchiga
o’zlashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunday amalni bajarish, asosiy
operatorlardan biri deb, hisoblanuvchi o’zlashtirish operatori bilan bajariladi.
O’zlashtirish operatori sintaksis jixatdan quyidagicha aniqlanadi:
::=:=;
bu erda ikkita belgidan iborat bo’lgan asosiy belgi «:=» «o’zlashtirish» deb
o’qiladi.
O’zlashtirish operatorining bajarilishida «:=» belgisining o’ng tomonidagi
ifodaning qiymati hisoblanib, belgining chap tomonidagi o’zgaruvchi tomonidan
o’zlashtiriladi.
Shunday qilib, o’zlashtirish operatori mustaqil mantiqiy tugallangan
hisoblash jarayonini ifodalaydi: o’zlashtirish operatori bajarilishi natijasida ma’lum
o’zgaruvchilar keyingi bosqichlarda ishlatilishi mumkin bo’lgan yangi joriy
qiymatni qabul qiladi.
Turli toifadagi ifodalar aslida ko’p o’xshashliklarga ega bo’lib, ularning
barchasi operandlardan, amal belgilaridan, amallarning ixtiyoriy ketma-ketligini
bajarish imkoniyatini beruvchi qavslardan tashkil topadi. Bunda operandlar uch
turli: o’zgarmas, o’zgaruvchan va hisoblanadigan bo’ladilar.
O’zgarmas operand dastur tuzilayotganda ma’lum bo’lgan va bajarilishi
davomida o’zgarmas bo’lgan qiymat bo’lib, boshqacha aytganda o’zgarmas
operand-bu biror toifadagi konstantadir.
O’zgaruvchi operand qiymati dastur bajarilishi davomida aniqlanadi va
o’zgarishi mumkin. Ammo bu operand qatnashgan ifodaning hisoblanishidan oldin
uning qiymati aniqlangan bo’lishi lozim. Bunday operandlar Paskal tilining
o’zgaruvchilari hisoblanadi. Sintaksis jixatdan o’zgaruvchi - qiymatni
o’zlashtiradigan, shu o’zgaruvchi nomi sifatida qo’llaniladigan identifikatordir.
Hisoblanadigan operand qiymat xatto hisoblashdan avval xam aniqlanmagan
bo’lib, ifoda hisoblanishi jarayonida aniqlanadi. Hisoblanadigan operandlar sifatida
Paskal funktsiyalarini ko’rsatish mumkin.
Operatorning o’ng tarafidagi ifoda qiymatining toifasiga ko’ra o’zlashtirish
operatorini shartli ravishda bir necha turga ajratish mumkin.
Arifmetik o’zlashtirish operatori o’zgaruvchiga arifmetik toifadagi, ya’ni
Do'stlaringiz bilan baham: |