jadval.
“Ro’zimatjon ota” MCHJning ish vaqti balansi tahlili
Ko„rsatkichlar
|
Bir ishchiga
|
Rejaga nisbatan mutloq farq
|
Reja
|
Haqiiqy
|
Bir ishchiga
|
Jami
ishchilarga
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
1. Kalendar kunlar soni
|
365
|
365
|
-
|
+36135
|
2. Bayram va dam olish kunlari.
|
101
|
101
|
-
|
+9999
|
3. Ish vaqtining nominal fondi.
|
254
|
254
|
-
|
+25146
|
4. Ish vaqtidan imtiyozli yo„qotishlar.
|
22
|
25
|
+3
|
10416
|
Jumladan:
navbatdagi mehnat taotillari;
|
14
|
15
|
+1
|
+4132
|
o„qish bilan bog„liq taotil;
|
1
|
1
|
-
|
99
|
tug„ruq bilan taotil
|
2
|
1
|
-1
|
-2548
|
5. Adminstratsiya ruxsati bilan berilgan qo„shimcha taotil kunlari.
|
3
|
3
|
-5274
|
+5247
|
6. Kasallik kunlari.
|
2
|
3
|
+1
|
2944
|
7. Progullar.
|
-
|
1,5
|
+1,5
|
+4119
|
8. Tanaffuslar.
|
-
|
0,5
|
+0,5
|
+1373
|
9. Haqiiqy ish vaqti fondi.
|
232
|
229
|
-3
|
+14430
|
10. Smena davomiyigi (soat)
|
8
|
7.45
|
-0.55
|
-718.3
|
11.Ish vaqti byudjeti, s
|
1856
|
1706,05
|
-149,95
|
-228019
|
12. Bayram oldi qisqariladigan soatlar
|
20
|
20
|
-
|
+1980
|
13. O„smirlar uchun imtiyozli soatlar, s
|
1
|
1.5
|
+0.5
|
+1472
|
14. Bolali ayollarga ish davomida beriladigan tanaffuslar.
|
3
|
5
|
+2
|
+5789
|
15. Smena ichidagi tanaffuslar, s
|
26.5
|
42.15
|
+15.65
|
+45598.4
|
16. Ish vaqtining samarali fondi.
|
1809.5
|
1637.4
|
-1721
|
-293446.1
|
17. Ishdan keyingi ishlangan ish soatlari, s
|
-
|
8
|
+8
|
+21968
|
18. Unumsiz ish vaqti, s
|
-
|
10
|
+10
|
+27460
|
Jadval ma’lumotlari bir ishchiga to„g„ri keladigan haqiqiy ish vaqti fondi 3 kunga, barcha ishchilarga esa 14430 kishi kunga kamayganini ko„rsatmoqda. Bunga asosan kasalik kunlarining barcha ishchilarga hisoblaganda 2944 kishi kunga, tanaffuslarning 1373 kishi kunga hamda progullarning 4119 kishi kunga oshib ketishi sabab bo„lgan. SHuningdek, ish vaqti davomiyligini 0,55 soatga qisqarishi ish vaqti byudjetini kamayishiga sabab bo„lib va jami 228,019 ming kishi- soatni yo„qotilishiga yo„l qo„yilgan. Ishkunlarning 3 kunga qisqarishiga xom-ashyo materiallar, elektr energiya va yoqilg„ini etishmasligi ta’sir qilgan bo„lishi mumkin.
YUqorida keltirilgan vaqtdan yo„qotishga sabab bo„lgan ko„rsatkichlarni chuqur tahlil qilib ularga tahsir qilgan omillarni aniqlab, bartaraf qilish maqsadida chora-tadbirlar ishlab chiqilsa va ishlab chiqarishga tadbiq etilsa, texnik iqtisodiy ko„rsatkichlarni o„sishiga erishish mumkin.Bu yo„qotishlar sababini aniqlash uchun tahlil davomida jixozlarni vaqt bo„yicha foydalanishni va modiytexnika ta’minotni ko„rsatqichlari bo„yicha bajarilishini tahlil qilish lozim.
SHunga ko„ra, ish vaqtidan unumli foydalanishning rezervlari aniqlanadi. Unga ish vaqtidan unumli foydalanmaslik bo„yicha sabablar kiradi. Ularga smena ichidagi yo„qotishlar, ish o„rinlariga mehnat predmetlarining etib kelmasligi, ishni kutib qolish, ishchilar tomonida intizomning buzilishi, jihozlarni ta’mirlash yoki sozlash vaqtlari kiradi.
Ish vaqtidan foydalanish samaradorligini oshirish yo„nalishlaridan biri bitta ishchiga to„g„ri keladigan ishlangan ish kunlari sonini oshirishdir. Engil sanoat korxonalarida kunlik ish vaqtini yo„qotish sezilarli darajada ko„zga tashlanadi va hisobga olinadi, bu turdagi ish vaqtini yo„qotish, xaftalik, oylik, yillik mehnatning tig„izlik darajasiga ta’sir qiladi.
Korxonalarda ish vaqti yo„qotilishiga qarshi katta ishlar olib borilmoqda. Lekin bu ishlarni hali etarli darajada deb bo„lmaydi.
Bu esa, ish vaqtini yo„qotilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni o„rganish va ish vaqtidan oqilona foydalanishni talab etadi. Ish vaqtidan samarali foydalanish bu faqatgina yangi texnika va ilg„or texnologiyaning joriy qilinishi, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etish doimo takomillashtirish emas, balki ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamdir.
Davlat statistik ma’lumotlariga qaraganda faqat mehnat intizomining buzilishi tufayli xalq xo„jaligi ko„radigan zararning ko„pchilik qismi ish vaqtining yo„qotilishi tufaylidir.
Xo„sh, nima uchun ish vaqti yo„qotiladi. Ish vaqtining yo„qotilishiga sabab, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishda yo„l qo„yilgan kamchiliklar va mehnat, ishlab chiqarish intizomining buzulishidir.
Ish vaqtining yo„qotilishi - bu ish vaqtining yashiringan rezervlardir, ularning sabablarini har doim tahlil qilish va kamaytirish yo„llarini izlash kerak. Ish vaqtining yo„qotilishi boshqacharoq aytganda, bu mehnat unumdorligi va intensivligini kamayishi hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini oshishidir.
Korxonalarda mehnatni tashkil etish va rejalashtirishda, tarbiyaviy ishlarni olib borishidagi, korxonaning maishiy va madaniy xizmatidagi, shahar transportidagi kamchiliklar ham ish vaqti yo„qotilishini keltirib chiqaruvchi sabab bo„lib xizmat qiladi.
Bu esa ish vaqtidan foydalanishni yaxshilash, undagi rezervlarni topish va bu rezervlarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish manbaiga aylantirish borasida ijtimoiy ishlab chiqarish va xo„jalik ishlarini yanada chuqurroq tashkil etish zarurligidan dalolat beradi.
Ishchilarning ish vaqtidan foydalanish balansini tahlil qilar ekanmiz, ish vaqtini yo„qotishini yuqorida aytganimizdek 2 ta guruhga ajratamiz.
1. Rezerv hosil qiladigan kunlik ish vaqtini yo„qotilishlari.
2. Rezerv hosil qiladigan hosil qilmaydigan kunlik ish vaqtini yo„qotilishi.
Mehnat unumdorligini o„stirish uchun rezerv bo„lib kunlik ish vaqtini yo„qotilishini quyidagilari kiradi:
Qonun ruxsati bilan ishga chiqmaslik, davlat va jamoat ishlarini bajarilish munosabati bilan ishga chiqmaslik, tug„ish munosabati bilan beriladigan, emizikli bolaga qarash uchun beriladigan, o„qishga yuborish munosabati bilan beriladigan ta’tillar va boshqalar.
Bu turdagi sabablar bo„yicha ish vaqtini yo„qotish miqdori avvalgi yilning hisobotlariga nisbatan belgilanadi, ularni kamaytirish korxona xodimlarini vazifasiga kirmaydi.
Korxona uchun bajarilishi mumkin bo„lgan vazifa - rezerv hosil qiladigan ish vaqtini tizimini tahlil qilish, ularni kelib chiqish va kamaytirish yo„llarini izlashdan iboratdir.
SHu sababli ushbu bitiruv malaka ishni bajarish davomida korxonada mavjud bo„lgan rezerv hosil qiladigan ish vaqtini yo„qotilishlari o„rganiladi.
Rezerv hosil qiladigan ish vaqtini yo„qotilishlariga vaqtinchalik salomatligini yo„qotilishi, ma’muriyat ruxsati bilan ishga chiqmaslik, kun davomida bekor turib qolishlar, ishchilarning o„zlaricha ishga chiqmasliklari va boshqalar kiradi.
Har qanday korxonada mehnat unumdorligini oshirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan bo„lib turgan vaqtda, mana shunday rezerv hosil qiladigan kunlik ish vaqtini yo„qotilishlarini o„rganish maqsadga muvofiqdir.
Korxonalarda rezerv hosil qiladigan ish kunlarini yo„qotilishlari 100 % ga qisqartirish mumkin emas, lekin uni kamaytirish yo„llarini izlash kerak. SHu sababli bitiruv malaka ishining keyingi boblarida ushbu yo„qotilishlarni kelib chiqish sabablari va ularni qisqartirish uchun olib borilayotgan masalalar bilan tanishtiriladi.
Ish vaqtini kuzatish asosida ish vaqtidan yo„qotishlarni baholash
Kunlik ish vaqtini yo„qotilishining ko„pchilik qismini vaqtinchalik salomatligini yo„qotganlik tufayli ishga chiqmaslikni tashkil etadi. O„tgan yilda vaqtinchalik salomatligini yo„qotganligi tufayli ishga chiqmaslik 367 ish kunini yoki foydalanish mumkin bo„lgan ish kunlarining 7,18 % ini tashkil etadi. Bu ko„rsatkich har bir kishiga 12,6 ish kunidan to„g„ri keladi.
Hisob yilda vaqtinchalik salomatligini yo„qotganlik tufayli ishga chiqmaslik 380 ish kunini yoki foydalanish mumkin bo„lgan ish kunlarining 7,15 % ini tashkil qiladi va bu ko„rsatkich korxonaning har bir ishchisiga 13,1 kundan to„g„ri keladi.
Korxonada ishchilarning ish vaqtidan samarali foydalanish smena ichidagi yo„qotishlarni bartaraf qilish asosida ham amalga oshiriladi.
Ish vaqtidan foydalanishni ko„rsatuvchi yanada aniqroq ko„rsatkichi bu kishi/soatlardir. Smena davomida yo„qotilgan kishi/soatlaridagi ish vaqti mehnat unumdorligining pasayishiga, smena davomiyligining qisqarishiga va mahsulot ishlab chiqarishning hajmini kamayishiga olib keladi. Lekin bu yo„qotishlar ish kuni davomiyligini rejalashtirishda hisobga olinadi. Bunday yo„qotishlarga emiziklik bolalarga ega bo„lgan onalarning ish vaqti yo„qotilish, o„smirlarning zararli ishlarda ishlashi va to„liq ishlamaslik, davlat majburiyatlarini bajaruvchi ishchilarning ish vaqtini yo„qotishlari kiritiladi. YAna shunday yo„qotishlar borki, bu mehnat intizomini buzish va ishga befarqlik bilan qarovchi ishlarning ish vaqtini yo„qotishdir. Samaradorlikni oshirish uchun shunday ish vaqtining yo„qotishlarini yanada yaqqolroq aniqlab va ularni bartaraf etish, shuning natijasida mehnat resurslaridan to„liq foydalanishni yo„lga qo„yish zarur. SHuning natijasida ish vaqtidan foydalanish kishi/soatlarni tahlil qilish kerak bo„ladi.
Asosiy ish vaqtini yo„qolishini bartaraf etish va tashkiliy texnik ishlarni amalga oshirish ish vaqtidan samarali foydalanish asosida mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot hajmini ko„paytirishga erishiladi.
Samaradorlikni oshirish va ish vaqtidan to„laligicha foydalanish, korxonada shunday ish vaqtini yo„qotish rezervlarini aniqlash talab etiladi va bunday rezervlarni aniqlash uchun tikuvchilik sexida ish kuni fotografiyasi o„tkaziladi. SHu fotografiya natijalari asosida foydalanilmagan ish vaqtini aniqlab, ularni bartaraf etilganda erishiladigan mehnat unumdorligi va mahsulot ishlab chiqarish hajmini o„sishi aniqlanadi. “Ro’zimatjon ota” MCHJ korxonasiining tikuv sexining ikkita potogida ish kunining ommaviy fotografiyasi o„tkaziladi.
Birinchi potokda 11 ta ishchi, ikkinchi potokda 18 ta ishchi ishlaydi. Kuzatuv vaqti 30 min. 1 chi potokda, 450 minut ikkinchi potokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |