Bitiruv malakaviy ishi mavzu: Korxonada xodimlar ish vaqtidan foydalanishni yaxshilash



Download 204,83 Kb.
bet6/12
Sana23.05.2022
Hajmi204,83 Kb.
#608513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
korxonada xodimlar ish vaqtidan fojdalanishni yaxshilash masalalari

DARAJASI TAXLILI

    1. Ish vaqtidan samarali foydalanish darajasi tahlili

Ish vaqti fondi miqdori jamiyat boyligining miqdorini belgilaydi. Yaratilgan moddiy boyliklar hajmi, faqat ularni ishlab chiqarishda sarflangan vaqtiga emas, balki, insonning aniq foydali faoliyatning samaradorligiga, o„z ish vaqtidan samarali foydalanganliga bog„liqdir.
Ish vaqtidan foydalanish va uning befoyda sarf bo„lishini har tomonlama tahlil qilish undan tejamli foydalanish va isrof bo„layotgan ish vaqtini bartaraf qilish, mehnatni ilmiy tashkil qilishning asosiy vazifalaridair. YUqori mehnat unumdorligiga erishishning shartlaridan biri ham ish vaqtidan to„liq foydalanishdir, ya’ni uni iqtisod qilishdir. Ish vaqtini iqtisod qilish - bu har qanday foydasiz, unumsiz, ishlab chiqarishga daxldor bo„lmagan ish vaqtining yo„qotish bilan bog„liq elementlarni bartaraf etishdir.
Ish vaqtidan to„liq foydalanish mehnat unumdorligini o„stirishning asosiy omillaridan hisoblanadi. Ish vaqtidan oqilona foydalanish - bu mavjud resurslaridan iloji boricha to„liq foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarishni oshirishga qaratishdir.
Ish vaqtidan foydalanishning tahlil qilishning asosiy yo„nalishi ish vaqtining yo„qotishini tahlil qilishda, smena ichida ish vaqti yo„qotilishini aniqlash asosiy masala bo„lib, bu mehnat unumdorligini o„stirishning asosiy omillaridir.
Smena ichidagi yo„qotishning katta qismi tashkiliy texnik nosozliklar bilan sodir bo„ladi. Bunda xom-ashyo materiallari, detallarni, instrumentlarni o„z vaqtida bermaslik, joriy remont va mashinalar nosozligi kiradi. Bu bilan birga shuni aytib o„tish kerakki, smena ichidagi yo„qotishlarga ish joyini tayyorlamaslik, uning tozaligiga rioya qilmaslik, intizomsizlik kabilar sabab bo„ladi. Topshirilgan ishni yaxshi bajarmaslik, belgilangan kun tartibini buzish, kechikish, ishdan erta ketish, sababsiz ishga chiqmaslik, ishlamasdan sexda bekor yurish, bularning hammasi mehnat intizxomini buzish hisoblanadi. Smena ichida bo„ladigan ish vaqtlarining yo„qotishlarini tahlil qilish, uni keltirib chiqargan sabablarini aniqlash - korxonalarning oldida turgan asosiy vazifadir. Menat unumdorligining o„sishi bevosita ish vaqtidan foydalanishga bog„liq. Afsuski, ko„p korxonalarda ish vaqtidan qoniqarsiz foydalaniladi. Ayniqsa, hozirda ishlab chiqarishni jadallashtirish sharoitida bekor yo„qotilgan har bir daqiqaning bahosi qimmatga tushmoqda. Butun sanoat bo„yicha har bir daqiqaning yo„qotilishi, millionlab so„mga kam mahsulot ishlab chiqarish demakdir. SHuning uchun mehnat unumdorligining oshishi bilan ish vaqti har bir daqiqasining ham qimmati oshib boradi. SHu sababli korxonalarning ish vaqti hajmini aniqlash va tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
Korxonaning ish vaqti hajmi deb barcha xodimlarning bir yillik ish kunida bajarishi lozim bo„lgan ish soatlari yig„indisiga aytiladi.
Ish vaqtini tahlil qilish uchun uning umumiy hajmini (UHIV) aniqlab olish lozim bo„ladi. Ushbu ko„rsatkich barcha xodimlar sonini (X) har bir xodimning o„rtacha ishlagan ish kunlari (IK) va bir kundagi ish vaqti (Vx) muddatiga ko„paytirish yo„li bilan aniqlanadi. Buning uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: UHIV = X * IK * Vx (2.1.1)
Ish vaqti hajmini bevosita asosiy ish bilan band bo„lgan xodimlarni (AX) aniqlash uchun barcha xodimlar sonidan (X) boshqaruvda band bo„lgan xodimlar va xizmatchilar (BX) soni ayriladi:
AX = X - BX (2.1.2)
Ishchilar ish vaqti hajmini ham barcha xodimlar ish vaqti singari aniqlash mumkin. Bu ko„rsatkich ishchilarning mehnat unumdorligini aniqlashda, unga ta’sir
etuvchi omillarni aniqlashda qo„llaniladi. Ish vaqti hajmining tahlili ushbu ko„rsatkichlarni aniqlashdan boshlanadi.

  1. jadval. “Ro’zimatjon ota” MCHJda ishchilarning ish vaqtidan foydalanish tahlili

Ko‘rsatkichlar

2013 yil

Mutlaq farq

Reja

Haqiqiy

1. Ishchilarning o‘rtacha yillik soni, kishi, (Is)

64

66

+2

2. Bir ishchi tomonidan bir yilda ishlangan ish kunlari soni, (K)

232

229

-3

3. Ish kunining o‘rtacha davomiyligi, (Tsm)

8

7.45

-0,55

4. Jami bir yilda ishlangan kishi soat.

118784

112599,3

-6184,7


Jadval ma’lumotlaridan ko„rinib turibdiki, “Ro’zimatjon ota” MCHJ korxonasida ish vaqtidan foydalanish quyidagicha:
Ma’lumotlar hisobot yilida ish vaqti bo„yicha yo„qotishlar 6184,7 kishi/soatni tashkil etganini ko„rsatmoqda. Ish vaqtidan foydalanishga quyidagi omillar ta’sir ko„rsatadi va ular quyidagi tartibda aniqlanadi:

  1. Ishchilar sonining o„zgarishi hisobiga


Download 204,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish