Bitiruv malakaviy ishi Mavzu: Islom dinida oila ma’naviyatining ifodasi



Download 177,1 Kb.
bet2/19
Sana19.03.2022
Hajmi177,1 Kb.
#500962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
ShahzodBMI (22.06.2021)

- oltinchidan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘zining amaliy islohotlari bilan bizning ma’naviy hayotimiz dunyoviylik va diniylik asoslariga tayanishi lozimligiga e’tiborni jalb qilishi, oila ma’naviyatida islom ta’limotidan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganishni ijtimoiy zarurat tarzida kun tartibiga qo‘ymoqda.
Muammoning o’rganilganlik darajasi. Islom manbalarida oila ma’naviyatini takomillashtirishning dunyoviy va diniy muammolarini tadqiq etish masalasi barcha davrlarda faylasuflar va ilohiyotchilar diqqatini jalb etib kelgan.
O’zbekiston islom dini keng tarqalgan mamlakatlardan biridir, undan nikoh, farzand tarbiyasi, er va xotin burchi hamda vazifalari kabi oilaviy munosabatlarni o’rnatish va takomillashtirishda milliy qadriyatlarni o’zida mujassamlashtirgan shariat dasturlariga, hatto siyosiy-ma’muriy ta’qiqlarga qaramasdan amal qilib kelingan. Xususan, oila huquqiy mezonlarini asoslashda islomning xanafiya shariat asoslaridan ijodiy foydalanilgan.
Oila ma’naviyatini takomillashtirishga oid bo’lgan dunyoviy va diniy maqomdagi muammolar: ulamolar, qonunshunoslar, hakamlar faoliyatida, olim-u fuzalolar, ilm izlanuvchilarning diqqatini o’ziga jalb etgan. Oila mohiyatining an’anaviyligi, milliy, diniy va umuminsoniy axloqiy qadriyatlar tizimida tutgan o’rni, oila muhitining barkamol avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati klassik va hozirgi zamon ma’naviy tafakkur taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Mazkur masalaning tarixiy ildizlari: “Avesto”, “O’rxun Enasoy bitiklari”da hamda Aflotun, Aristotel, Konfutsiy qarashlarida, Sharq mutafakkirlari – Beruniy, Forobiy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Abu Abdurahmon an Nasoiy, Hakim Termiziy, Sulaymon Boqirg’oniy, Ahmad Yassaviy, Muhammad Huzuriy, Rizouddin Ibn Faxruddin, Amir Temur1 kabi arboblar va allomalarning bu masalaga tegishli ko’plab asarlari ma’naviy madaniyatimiz xazinasidan o’rin olgan. Ayniqsa, o’sha davrda yashab ijod etgan Ahmad Yugnakiy, Imom G’azzoliy, Farididdin Attor, Husayn Voiz Koshifiy, Alisher Navoiy2 kabi mutafakkirlarning asarlarida oilada milliy, diniy tarbiya masalalariga oid ibratli fikrlar bayon qilingan.
O’zbekiston olimlaridan S.Akmalova, B.Valieva, I.Cherkashina, R.Vosiqova, V.Karimova, U.Mahkamov, O.Musurmonova, F.Saifnazarova, Saloxiddin Muxiddinov, U.Uvatov, M.Holmatova, E.Yusupov, O’.Yusupov, R.Ubaydullaeva, Hoji Ahmadjon Bobomurodovlar oila munosabatlari mas’uliyati, oiladagi tarbiya masalalariga oid nazariy va amaliy ahamiyatga molik fikrlarni bildirganlar1.
Diniy manbalarda esa, oilaning mohiyati, jamiyat taraqqiyotidagi o’rni, ota va onalar, farzandlarning burchi va mas’uliyati, oiladagi axloq, odob tarbiyasining teologik nazariy-metodologik asoslari ko’rsatilgan. Ayniqsa, Qur’oni Karim, 2adislarning mustaqillik davrida o’zbek tilida nashr etilishi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Demokratiya, fikr erkinligi, e’tiqodiy bag’rikenglikka katta e’tibor berilayotgan hozirgi kunda oila ma’naviyatiga asos bo’lgan umuminsoniy – dunyoviy va diniy qadriyatlarni ma’naviy tahlili zaruriy holga aylanmoqda. Zero, oila ma’naviyatini sof dunyoviy yoki diniy hodisa sifatida qarash ularni bir-biriga qarama qarshi qo’yish masalaga bir tomonlama yondashishdir.
Mustabid tuzum davrida oila ma’naviyatiga sinfiy, siyosiy Yevropaparastlik andozalar asosida yondashilib, uning milliy jihatlari, diniy xususiyatlari inkor etildi.Buning jamiyat oilaviy hayoti va yoshlar tarbiyasiga ko’rsatgan salbiy oqibatlari hanuz sezilarli. Chunki, diniy qadriyat hamda milliylik xususiyatlarini mensimaslik natijasida oilada diniy qadriyatlarga asoslangan milliy tarbiya o’tmishning zararli sarqiti deb qaraldi. Bu masalaga xolis yondashganlar esa, ta’qib va tazyiq ostiga olinib, qatag’on qilindi.
XX asr oxirlarida Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatdaridagi tadqiqotchilar tomonidan oila munosabatlarining ijtimoiy-falsafiy, tarixiy-madaniy, diniy-axloqiy, sotsiologik, pedagogik va psixologik muammolari bo’yicha bir qancha monografiyalar, to’plamlar, risolalar va o’quv qo’llanmalari nashr etildi1. Yuqorida keltirilgan asarlarda oila takomilining falsafiy, nazariy, diniy-axloqiy jihatlari yuzasidan muhim xulosalar, nazariy va amaliy tavsiyalar berilgan. Ammo oila ma’naviyatining shakllanishida islom ta’limotidan ijodiy foydalanish, ayniqsa, bunda vorislik aloqadorliklariga rioya qilish masalalari alohida tadqiqot predmeti qilib olinmagan.
Istiqlolga qadar himoya qilingan R.Boyqobulova, B.Valievalarning dissertatsiyalarida XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida ayollarga bo’lgan munosabat, ayollar huquqi masalasi, oilada er-xotin haq-huquqlari, shariat hukmlari va boshqa qadriyatlar o’sha davrning hukmron mafkurasi nuqtai nazaridan tahlil qilingan2.
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng, o’zbek oilasi munosabatlarini takomillashtirishning dunyoviy va diniy asoslari tarixini chuqur o’rganish, ularni hayotga tatbiq etishga katta e’tibor qaratildi. Bu dolzarb muammoni tadqiq etishda
Abdulvahob Xallof, Abu Abdulloh Muhammad ibn al-Buxoriy, Burxoniddin Al-Marg’inoniy, Rizouddin Ibn Faxruddin asarlari xalqimiz oila ma’naviyati shakllanishi va rivojining muhim tomonlarini ilmiy asoslashga xizmat qilmoqda3.
Oila munosabatlarining turli qirralariga bag’ishlangan asarlar – Azim Xoja Eshon, Alixonto’ra Sog’uniy, Mahmud Zamaxshariy, Muhammad Sharif al Buxoriy, Nasriddin Burxonuddin Rabg’uziy, Rizouddin Ibn Faxruddin, Fozilqori Yosin o’g’li, Xoji Mirzo Ibrohim Saidzoda Xo’jandiy, Husayn Voiz Koshifiylarning1 asarlari oila ma’naviyatining rivojiga hissa bo’lib qo’shildi.
Istiqlolga erishganimizdan so’ng, oila muammosining nazariy jihatiga, ayniqsa, hayotiy muammolarni o’rganishga katta e’tibor qaratildi. Mustaqillik davrida davlatning dinga va diniy tashkilotlarga nisbatan siyosatida oilaviy munosabatlarga tegishli diniy qadriyatlar ma’naviyat va ma’rifatning tarkibiy qismi deb qaraldi. Natijada istiqlol yillarida yozilgan ilmiy ishlar, dissertatsiyalarda islom dinining ijtimoiy, tarbiyaviy ahamiyatiga yangicha yondashuvlar vujudga kelmoqda.
Yuqorida keltirilgan ilmiy tadqiqotlar va diniy hamda dunyoviy manbalarning tahlili oila muammosi ko’p qirrali, murakkab masalalardan biri ekanligidan dalolat beradi.
Oila ma’naviyatini mustahkamlashda, davlat qonunlari bilan bir qatorda milliy va islomiy qadriyatlardan oqilona foydalanish o’z samarasini beradi.
Binobarin, islom manbalarida ifodalangan oila munosabatlarini ma’naviy idrok qilish va tadqiqot predmetiga aylantirish mamlakatimizda yuksak ma’naviyatni qaror toptirish masalasini hal qilishga o’ziga xos hissa qo’shadi.

Download 177,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish