Bitiruv malakaviy ishi Mavzu: Islom dinida oila ma’naviyatining ifodasi


b) garchand oila shakllanishida tabiiy-biologik omillar ta’siri kuchli bo’lsa-da, ijtimoiy, ma’naviy omillarning hal qiluvchi ahamiyati; v)



Download 177,1 Kb.
bet5/19
Sana19.03.2022
Hajmi177,1 Kb.
#500962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
ShahzodBMI (22.06.2021)

b) garchand oila shakllanishida tabiiy-biologik omillar ta’siri kuchli bo’lsa-da, ijtimoiy, ma’naviy omillarning hal qiluvchi ahamiyati;
v) oila er-xotin, ularning farzandlari, eng yaqin qarindoshlari birga yashovchi dastlabki jamoani tashkil etishi nuqtai nazaridan kishilik jamiyati shakllanishining dastlabki poydevori bo’lgan.
Taraqqiyotning turli bosqichlaridagi ehtiyojlar xarakteri turli oila shakllarini yuzaga keltirgan. Oilaning ibtidoiy ko’rinishlari qon-qarindoshlikka asoslangan, keyingi bosqichda esa, punalual oila – jamoaga mansub opa-singillarning boshqa jamoadagi erkaklarga xotinlikka berilishi bilan bog’liq an’analar yuzaga kelgan2. Onalik urug’i, otalik urug’i ham oilaviy munosabatlar tadrijining bosqichlaridir. Keyinroq, poligam oiladan monogam oilaga o’tish jarayonida yuzaga kelgan endogamik nikoh, ya’ni ibtidoiy urug’chilik tuzumida qabila ichidagi guruhiy nikohdan – bir qabilaga mansub erkak va ayol nikohidan chetlanib, o’zga qabila qizi bilan nikohlanishga asoslangan ekzogam nikohga o’tish uzoq davom etgan jarayondir3.
“Oila” so’zining lug’aviy ma’nosi haqida olimlar turli fikrlari keltirib o’tishgan. Masalan, F.Qilichev qadimda xalqimizda egarni ulovga mustahkamlovchi tasmani “ayil” deb atashgani va er-xotinlik munosabatlari paydo bo’la boshlagach, ularning jipsligini “ayla”, ya’ni “ayl” oila tarzida ifodalab nomlaganlar, degan fikrga keladi4. Boshqa olimlarning fikricha, oila arabcha “ayolmand” ma’nolarini anglatuvchi “oila” so’zidan kelib chiqqan. Umuman “oila” erkak va ayol qo’shilishi natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy butunlikni anglatgan. Ma’lumki, oila nikoh tuzilishidan boshlanadi. “ Nikoh” tushunchasi shariatda shunday shartnoma-bitim sifatida ta’riflanadiki, unga muvofiq nikohga kirgan xotin erkak uchun begona, “taqiqlangan” bo’lmaydi. Nikoh tuzish uchun ayol yoki erkakning xohishi kifoya qilmaydi. Doimiy nikoh uchun ham, vaqtinchalik nikoh uchun ham nikoh duosini o’qish va nikoh bitimini tuzish talab etiladi.
Islomda oilaning barqarorligi hamma narsadan ustun qo’yiladi, shu bois mustahkam oila qurishga barcha musulmonlar tomonidan katta ahamiyat beriladi. Islomda nikoh Allohga xush keladigan amallardan sanaladi, unga har bir kishi, hatto jamiyatda teng huquqli bo’lmaganlar, aqli norasolar ham haqlidirlar, agarda buni ular uchun xojalari, vasiylari va vositachilar hal etsalar.

  • Islom huquqiga ko’ra nikohning haqiqiyligi quyidagi to’rt shartning uyg’unligi, chunonchi:

  • bevosita monelik qiluvchi holatlarning yo’qligi;

  • muayyan shaxslarning roziligi;

  • mahrning belgilanishi;

  • rasmiy qoidalarga rioya etilishi bilan belgilanadi.

Nikohning birinchi bosqichi – kelishish, unashtirish (xitba) bo’lib, unda kuyov o’zi yoki vakili orqali kelinning otasi, vasiysi yoxud ishonchli kishisiga taklifini aytadi. Erning ayolga ajratadigan mulki (mahr) va nikoh shartnomasi (sig’a)ga kiruvchi boshqa shartlar xususida ham shu vaqtda kelishib olinadi.
Ikkinchi va uchinchi bosqichlar – kelinni kuyov xonadoniga uzatish (zifof) va to’y tantanalari (urs, valima). Bular oldinma-ketin bo’lishi ham mumkin, chunki, agarda kelin hali balog’at yoshiga etmagan go’dak bo’lsa, uni uzatish to 13-15 yoshga to’lmaguncha kechiktiriladi. Valima vaqtida sig’a aytiladi va mahr yoki uning bir qismi (sadoq) to’lanadi.
Mana shu barcha bosqichlarda, faqat kelinga qilingan sarf-xarajatlarni (mut’a) hisobga olmaganda, nikoh hech qanday oqibatsiz to’xtatilishi mumkin.
So’nggi bosqich – amalda er-xotin bo’lish (nikoh). Nikoh ahdi qoidasini bo’lg’usi er yoki xotin yoxud ularning ishonchli vakillari o’qishlari lozim.
Nikoh ahdnomasini tuzishda shariat quyidagi to’rt shartga rioya qilishni taqozo etadi:

    • Nikoh ahdi risoladagi arab tilida talaffuz etilishi lozim. Faqat istisno tariqasida (basharti arab tilini er ham, xotin ham yoxud ularning ishonchli vakillari ham bilmasalar) nikoh ahdini boshqa tilda aytishga yo’l qo’yiladi.

    • Ahdni o’qiydiganlar (er, qalliq yoxud ularning ishonchli vakillari) balog’at yoshiga etgan va aqli raso bo’lishlari kerak.

    • Qoidani talaffuz etishda qalliq va erning nomi aytilishi darkor.

    • Er va qalliq nikoh tuzishga rozi bo’lishlari va ularni biror kishi bunga majbur etmasligi kerak.

Islomda nikoh uchun cheklashlar juda oz, lekin o’zaro nikohdan o’tayotganlarga bir-birlariga yosh va jamiyatdagi mavqei bo’yicha mos kelishlari tavsiya etiladi.
Islomda nikoh quyidagi sabablarga ko’ra bekor qilinishi mumkin:

  • er yoki xotinning o’limi yoki islomdan chiqishi;

  • erning bedarak ketishi;

  • nikohning haqiqiy emasligi yoki noto’g’ri tuzilganligi;

  • erning xotinni taloq qilishi.

O’zbek oilasida farzandlarni tarbiyalashda halollik bilan birga mardlik, jasurlik, aqllilik, bilimdonlik, xususan, ularni kasb-hunarli bo’lishlariga e’tibor qaratilgan. Sobiq sho’rolar davrida yakka nikohlikka asoslangan oilalar qadrlandi, ko’p bolali oilalar rag’batlantirildi. Ammo ruslashtirish siyosati natijasida oilaga doir milliy an’analar qadrsizlantirildi. Natijada, tarbiya borasidagi milliy merosimiz, islomiy qadriyatlar unutildi. Aqiqa marosimi, o’g’il bolani xatna qildirish, nikoh o’qitish, vafot etganlarga janoza o’qish hamda Navro’z bayramlari singari katta tarbiyaviy ahamiyatga molik an’analar taqiqlab qo’yildi.
Shariatdagi oila va nikoh bo’limlarining falsafiy mazmunicha, oila jamiyatning bir kichik bo’g’ini, ajralmas qismidir. Shuning uchun shariatda oila bilan bog’liq masalalar: oila qurish tartibi, nikohlash qoidalari, balog’atga etganligini aniqlash, erkak va ayol roziligi, mol-mulkka egaligi, er-xotin, ota-ona va bolalar odobi, taomlarda halol va haromni ajrata olish kabi ko’pgina masalalar o’z ifodasini topgan. Asrlar davomida musulmonlar shaxs va jamiyat munosabatlarini o’rnatishda shariatning oila va nikoh haqidagi talablariga rioya qilib kelganlar. Hozirgi mustaqillik davrida ham diniy e’tiqodi bo’lgan kishilar hayotida ularning ta’siri bor, albatta.
Zero, oila va nikoh masalasi har bir jamiyatning ijtimoiy munosabatlar tizimida faqat iqtisodiy, maishiy va huquqiy masalalarnigina qamrab olmasdan, shu bilan birga jamiyat va shaxs uchun o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan ma’naviy-axloqiy masala hamdir. Bu narsa islomiy qadriyatlarning ilk manbalari – Qur’on va hadislarda yorqin o’z ifodasini topgan. Chunonchi, Qur’onning “Niso” va “Taloq” suralari masalasiga bag’ishlangani, shuningdek boshqa suralarda ham bir necha oyatlarning oilaviy-maishiy masalalarga bag’ishlanganligi bundan dalolat beradi. Jumladan, “Niso” surasida oila qurish qat’iy nikoh asosida bo’lishini ta’kidlab shunday deyiladi: “Ey mo’minlar, sizlar uchun xotinlarni majburiy holda meros qilib olish durust emasdir” (4: 19).
Musulmon huquqshunosligining eng nufuzli manbai “Hidoya” da ham oila va nikoh masalalariga juda katta e’tibor berilgan bo’lib, uning ikki kitobi – “Nikoh kitobi” va “Taloq kitobi” bevosita ushbu masalalarni yoritishga bag’ishlangan.
Ma’lumki, oila jamiyatning birinchi va birlamchi zarrasidir. Jamiyat ana shu kichik zarralardan tashkil topadi. Lekin u shunchaki zarra emas, tirik vujudlar ittifoqidir. Oila faqat er va xotinning o’zidan iborat emas. Oila er-xotin, ularning farzandlari, eng yaqin tug’ishganlardan iborat kishilar guruhidir. Oila odamlarning tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birligidir.
“Hidoya” asarida oila va nikoh masalalaridagi ana shu munosabatlarning hamma tomonlari adolat nuqtai nazardan yondashilib yortiladi. Adolatning asosiy mezonlari sifatida insof va diyonat, haromdan xazar, poklik kabi ezgu tushunchalar ko’zda tutiladi.
“Hidoya” da ta’kidlanishicha, nikohdan maqsad er-xotinning faqat bir-birlariga nisbatan maishiy va moddiy huquqlarini rasmiy ta’kidlashdangina iborat bo’lib qolmasdan, eng avvalo, nikohlanganlarning axloqiy va ma’naviy poklanishi uchun zamin tayyorlashdir.
“…Nikohdan ko’zda tutilgan maqsad iffatli va pokiza bo’lib yurishdir”1;
“Oilali har bir ayol va erkakning pokizaligi va iffatliligining birinchi va birlamchi belgisi esa zinodan saqlanishdir. Zero, zino barcha dinlarda ham haromdir”.2
Shariatda oila va nikoh masalasida chiqarilgan hukmlarning ma’naviy va huquqiy ahamiyati yana shundaki, ularda Qur’on oyatlarini asos qilib olingan holda nikoh ahdini tuzuvchi har ikki tomonning, xususan ayolning er tanlash huquqining daxlsizligi nikohning shartlaridan biri deb hisoblanadi. Chunonchi, “Hidoya” da shunday yoziladi: “…oqila, hur ayolning nikohi xoh u qiz bo’lsin, xoh juvon bo’lsin, valiysiz ham o’zining roziligi bilan bog’lanaveradi… Nikoh joizligining sababi shundan iboratki, bu masalada kelishicha, ayol o’zining xolis haqqida foydalangan, chunki u oqila oq-qorani ajrata oladigan bo’lgani uchun o’z xohishicha foydalanishga haqli. Shuning uchun ayol mol-mulkni tasarruf etishga ham, o’zi uchun er tanlashga ham haqqi bor… Shuning uchun uni majburlashga hech kimning haqqi yo’q”.3
Shariatda xususan “Hidoya” da oila va nikoh masalasida katta ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan hukmlardan biri ayolning nikoh to’g’risida o’zining qanday haq-huquqlarga ega ekanligi haqidagi bilimga ega bo’lishining zarurligidir: “Nikohning asl mohiyati haqida ilm bo’lishligi shart qilinadi. Chunki qiz bola faqat ilm bo’lgandagina tasarruf eta oladi. Bu dunyo ilm olish dunyosi, bunda johillik uzr bo’lolmaydi”.4
Marg’inoniyning bu hukmi hozirgi davrimiz uchun ham ma’rifiy- tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lish bilan birga ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Zero, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida huquqiy bilimga, huquqiy madaniyatga ega bo’lish fuqarolik jamiyati va demokratik davlat barpo etishning ob’ektiv zaruriyatiga aylanib bormoqda. Oilaviy munosabatlar jamiyatda o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan ijtimoiy munosabatlardan biri bo’lganligi tufayli ham bu masalada ayniqsa ayolning huquqiy bilimga ega bo’lishi nihoyatda muhimdir.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, milliy va diniy qadriyatlarni tiklashga, xususan, xotin-qizlar huquqi va ularning jamoat ishlarida tutgan mavqeini ko’tarishga katta e’tibor berildi. Erkaklar bilan ayollar huquqlari tengligi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlandi. Oilada ayollar bolali bo’lishi, o’z farzandiga tarbiya berishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. I.Karimov ta’biri bilan aytganda: “Xudoning marhamati bilan oilani oila qiladigan zot bu ayoldir”1.
Islom dinida oilaning vazifalari:

  • jinsning davomi va shuning uchun jamiyatning ko’payishi;

  • Ta’limiy. Bu onalik va otalik, bolalar bilan o’zaro munosabatlarda va ularni tarbiyalashda namoyon bo’ladi;

  • Uy va uy. Oila darajasida barcha oila a’zolarining moddiy ehtiyojlari qondiriladi – oziq-ovqat, ichimliklar, kiyim-kechak va boshqalar;

  • Hissiy. Hurmat, muhabbat, psixologik himoyaga bo’lgan ehtiyojni qondirish;

  • Ma’naviy aloqa. Birgalikda mehnat faoliyati, butun oila bilan dam oling;

  • Birlamchi sotsializatsiya. Oila o’z a’zolari tomonidan ijtimoiy me’yor- larning bajarilishini ta’minlashi kerak.

Oilaviy munosabatlarning umumiy tushunchasi juda keng bo’lib, alohida aniq fikrlash bilan chegaralash mumkin emas. Chunki oiladagi ikir-chikirlar uning tuzilishi, munosabatlar yangi-yangi qirralarini keltirib chiqaradiki, bu esa oilaviy munosabatlarni yanada kengroq doirada tushunishlikni taqazo etadi. Oilaning mohiyati uning munosabatlarida aks etgan bo’lib, faqat o’zaro hamkorlik, oila a’zolarining bir-birlariga munosabatlari asosida quriladi va oiladagi muhit uning munosabat mohiyatini anglatadi. Barcha ishlar, oilaning o’zaro tuzilmasi uning oldidagi vazifalarni bajarishga bog’liq. Er-xotinning o’zaro hamkorligi, bir-birini tushunib, barcha ziddiyatlarni yaxshilik yo’li bilan hal qilish, barcha oilaviy vazifalarni ijobiy hal etishda omil bo’ladi. Shuningdek, ajdodlarimiz yashagan oiladagi an’ana, urf-odatlar xalqimiz o’tmishining oynasidir. O’tmish oilalarimizdan iloji boricha oila axloqi, odobi va uning kamolati masalalarni o’rganish katta ahamiyatga egadir. Vujudga kelayotgan har bir oilani mustahkamlash uchun, eng avvalo, yoshlarga o’zbek oilalarning urf-odatini, udum va an’analarini, axloqiy madaniyatini yoshlikdan berib borish lozim. Inson ma’naviyatining birinchi poydevori oilada shakllanadi. Oila shaxsning ma’naviy shakllanishiga bevosita ta’sir etadigan kichik muhit bo’lib, kishilik jamiyatning ma’naviy ildizidir.

Download 177,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish