Битирув малакавий иши


 Bug’doy ekish uchun qo’llanilayotgan texnika vositalarining sharhi va



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/20
Sana28.02.2021
Hajmi0,49 Mb.
#60570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
galla ekish va mineral ogit sepish qurilmasini loyishalash.

 

1.2.  Bug’doy ekish uchun qo’llanilayotgan texnika vositalarining sharhi va 

tahlili  

Bug’doy va shu kabi boshqa ekinlarni ekish uchun shu davrga qadar har xil 

seyalkalar ishlab chiqilgan bo’lib, ular ekish usuliga qarab bir-biridan  

quyidagicha farqlanadi: 

-  qatorlab ekadigan - urug’larni yoppasiga qatorlab, tor qatorlab va keng qatorlab 

ekish uchun mo’ljallangan; 

-  uyalab 

ekadigan-urug’larni 

parallel 

qatorlarga 

uyalab 

joylashtirishga 

mo’ljallangan; 

-  punktirsimon  ekadigan  -  urug’larni  qatorlarda  bir-biridan  bir  xil  masofada 

donalab (bitta-bittalab) joylashtirish uchun mo’ljallangan; 

-  sochib  ekadigan  -  urug’larni  dala  yuzasi  bo’yicha  sochib  ekish  uchun 

mo’ljallangan. 

Bu  ekish  usullarini  tahlil  qiladigan  bo’lsak,  ulardan  asosan  ekindan 

bo’shagan  yerlarga  har  xil  qishloq  xo’jalik  ekinlarini  ekishda  foydalanish  ko’zda 

tutilgan  bo’lib,  g’o’za  qator  oralariga  bug’doy  ekish  uchun  mo’ljallanmagan. 

Ammo bu ko’rsatib o’tilgan usullardan qatorlab va punktirsimon ekish usullari (1-

rasm)  biz  ko’zlagan  maqsadga  va  g’o’za        qator  oralariga  bug’doy  ekish  uchun 

qo’yilgan  agrotexnika  talablariga        bir  oz      bo’lsada    mos    keladi.    Shu    sababli 

punktirsimon va qatorlab don ekishga  

 

 

1 – rasm. Ekish usullari. a – qatorlab; b - tor qatorlab; v -  donalab ekish 



 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

mo’ljallangan seyalkalarning ekish apparatlari konstruksiyasini chuqurroq sharhlab 

chiqamiz.  

Ekish  apparatiga  qo’yiladigan  asosiy  talab  uning  urug’larni  dala  yuzasi 

bo’ylab  bir  tekis  taqsimlash  maqsadida  miqdorlangan  bir  tekis  oqimni  hosil 

qilishidir. Ma’lum bo’lgan ekish apparatlari ishlash prinsipi bo’yicha uch guruhga 

bo’linadi:  mexanik,  pnevmatik  va  pnevmomexanik.  Bularning  har  biri  yana  bir 

necha xilga bo’linadi. Seyalkalar rivojlanish jarayonida ularning ko’p turlari taklif 

qilingan  (g’altakli,  diskali,  motilkali,  qoshiqli,  friksion,  kanavkali,  markazdan 

qochma,  vibrasiyali  va  boshqalar).  Ammo  hozirgi  paytda  amalda  faqat  ikki 

turdagisi,  ya’ni  g’altakli  va  diskali  ekish  apparatlari  qo’llanilib  kelinmoqda.  Bu 

apparatlar  texnologik  belgilari  bo’yicha  har  xil  tipdagi  qurilmalarga  taaluqlidir: 

birinchisi  urug’larni  to’xtovsiz  oqim  bilan  miqdorlaydi,  ikkinchisi  esa  aniq 

ekadigan seyalkalarda ishlatiladi. 

Bizning asosiy maqsadimiz bug’doyni qatorlab kam  me’yorda punktirsimon 

ekishdan  iboratdir.  Buning  uchun  ikkinchi  turdagi  ekish  apparatlari,  ya’ni  urug’ni 

bitta-bitta  terib  miqdorlaydigan  yoki  ularni  qatorlarga  sepib,  bir-biridan  ma’lum 

oraliqqa  tushiradigan    apparatlarning  konstruksiyasi  ma’qulroqdir.  Quyida  ushbu 

turdagi  ekish  apparatlarining  ishlash  prinsipi,  afzalliklari  hamda  kamchiliklarini 

ko’rib chiqamiz. 

Bu  tipdagi  ekish  apparatlari  uchta  guruhga  bo’linadi:  1)  gorizontal  diskli 

(vertikal  o’q  atrofida  aylanadigan);  2)  vertikal  diskli  (gorizontal    o’q  atrofida 

aylanadigan);  3)  qiya  diskli  (qiya  o’q  atrofida  aylanadigan  ).  Bu  guruhdagi  ekish 

apparatlaridan  birinchisi  va  ikkinchisi,  ya’ni  vertikal  va  gorizontal  o’q  atrofida 

aylanadiganlari ishlab chiqarishda ko’proq qo’llaniladi.  

Vertikal o’q atrofida aylanadigan apparatlar tarelkali yoki yacheykali disklar 

bilan, gorizontal o’q atrofida aylanadigan apparatlar esa faqat  

yacheykali disklar bilan ta’minlanishi mumkin. 

Yacheykali disk bilan jihozlangan ekish apparatlari urug’ bankasi,  

 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 



www.pdffactory.com


 

yacheykali disk, qaytargich va urug’ itargichlardan tashkil topgan bo’lib, qo’yidagi 

tartibda  ishlaydi:  Vertikal  o’q  atrofida  aylanuvchi  yacheykali  disk  urug’ 

bankasining  tubiga  joylashgan  bo’lib,  u  seyalkaning  tayanch-harakatlan-  tiruvchi 

g’ildiragidan  harakatga  keltiriladi.  Ustki  qatlamda  yotuvchi  urug’larning  bosimi 

ta’sirida  urug’lar  diskning  yacheykasiga  kiradi  va  urug’  bankasining  tubidagi 

teshik  tomon  siljiydi.  Ularning  yo’lida  turgan  qaytargich  diskning  yacheykalariga 

to’liq  joylashmagan  urug’larni  ulardan  chiqarib  yuboradi.  Qachonki  yacheyka 

urug’  bilan  bankaning  tubidagi  teshik  ustiga  to’g’ri  kelganda,  itargich 

yacheykadagi  urug’ni  urug’  o’tkazgich  voronkasiga  tushirib  yuboradi.  Diskda 

odatda  24  yacheyka  bo’lib,  ularning  har  biriga  faqat  bittadan  urug’  joylashishi 

mo’ljallangan.  Bu  turdagi  seyalkalar  disklarning  bir  necha  to’plami  bilan 

jihozlangan bo’lib, ular har xil ekinlar urug’larini ekish uchun mo’ljallangan. Ekish 

me’yori disklarning aylanishlar sonini o’zgartirib va disk yacheykalarining ma’lum 

qismini berkitib turadigan maxsus nakladkalar qo’yib sozlanadi. 

Shu  turdagi  gorizontal  o’q  atrofida  aylanadigan  apparatlarda  disk  urug’ 

bankasining  ostiga  o’rnatilgan  bo’lib,  seyalkaning  tayanch  g’ildiraklari  yoki 

prikatkalar orqali harakatga keltiriladi. Bankadagi urug’lar yacheykalarni to’ldiradi 

va  disk  bilan  qaytargich  tomonga  suriladi.  Qaytargich  ortiqcha  urug’larni 

yacheykalardan  chiqarib  yuboradi.  Ekish  apparatining  pastki  qismida  ponasimon 

itargich  urug’larni  yacheykalardan  pastga,  ya’ni  urug’  o’tkazgichga  yoki  soshnik 

ochgan ariqchaga itarib yuboradi. 

Yacheykaning o’lchamlari qancha katta bo’lsa, uning to’lish imkoniyati ham 

shuncha  katta  bo’ladi.  Ammo  bu  holda  har  bir  yacheykaga  bittadan  ortiq  urug’ 

qolish extimoli ortadi. 

Yuqoridagi  tahlildan  ko’rinib  turibdiki  vertikal  hamda  gorizontal  o’q 

atrofida aylanuvchi diskli apparatlardan g’o’za qator oralariga tor  

qatorlab  bug’doy  ekishda  foydalanilganda  har  bir  qator  oralig’iga  shunday 

apparatlardan bir nechtasini o’rnatishga to’g’ri keladi. Bu esa agregat 

 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 



www.pdffactory.com


  

konstruksiyasini  o’ta  murakkablashib  ketishiga  va  uning  metall  sig’imi  oshishiga 

olib keladi.  

Pnevmatik  ekish  apparatlarida  umumiy  massadan  urug’ni  bittalab  ajratib 

olish  uchun  vakuum (siyraklashgan  havo) va ortiqcha bosimdan  foydalaniladi. Bu 

apparatlarning  konstruksiyasi  bir  necha  xildir,  ammo  ularni    ikki  guruhga  bo’lish 

mumkin:  1)  diskli;  2)  barabanli.  Diskli  apparatlarda  so’ruvchi  teshiklar  disk 

yuzasida  joylashgan  bo’lsa,  barabanli  ekish  apparatlarida  silindrik  yuzada 

joylashgan.  Mamlakatimiz  va  chet  ellarda  ishlab  chiqarilayotgan  seyalkalarda 

diskasi  gorizontal  o’q  atrofida  aylanadigan  ekish  apparatlari  qo’llaniladi  (2-rasm, 

a). Bunday apparat korpus 7, teshikli so’ruvchi disk 6, tozalagich 4, val 3 va urug’ 

ajratgich  2  dan  tashkil  topgan.  Ekuvchi  diskning  bir  tomoniga  vakuum  kamerasi, 

boshqa  tomonida  (urug’  uchun)  ta’minlash  kamerasi  joylashgan.  Siyraklashish 

(vakuum) kamerasiga disk elastik to’zitgich yordamida qisilib turiladi. Banka 1 ga 

solingan urug’lar, qabul qiluvchi teshik orqali ta’minlash kamerasiga o’tadi. 

 

Seyalka ishlaganda siyraklashish kamerasida ventilyator yordamida vakuum 



hosil qilinadi. Uning ta’siri ostida  urug’ ekuvchi diskning teshigiga so’rib olinadi. 

Urug’  ajratgich  2  ortiqcha  urug’ni  olib  qolib,  har  bir  teshikda  bittadan  urug’ 

qoldiradi.  Aylanuvchi  disk  yopishgan  urug’larni  apparatning  ostki  qismiga  olib 

chiqadi.  U  joyda  vakuum  yo’qligi  tufayli  urug’lar  o’zining  og’irlik  kuchi  ta’siri 

ostida  korpus  7  ning  teshigi  orqali  soshnik  ochgan  egat  tubiga  borib  tushadi. 

Tozalagich 4 disk teshiklarining yoki kesiklarini tozalash uchun xizmat qiladi. 

Barabanli  pnevmatik  ekish  apparatlari    konstruksiya  bo’yicha  xilma-xildir. 

Ulardan  eng  ko’p  tarqalgani  markazdan  qochma  tipdagi  apparatlar  (2-rasm,  b). 

Ular don va o’g’it solish seyalkalarida urug’ (o’g’it) larni  

markazlashtirilgan 

holda 

miqdorlaydi.  Ushbu  apparatlar  ko’pgina  chet 



mamlakatlarda ham keng qo’llanilib kelinmoqda. 

 

 



 

 

 



 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

 

2-rasm. Pnevmatik  va pnevmomexanik ekish apparatlarining 



sxemalari.  

a-diskli;  b-markazdan  qochma;  1  va  9-bunkerlar;  2-urug’  ajratgich;  3-valik;  4-

tozalagich;  5-soshnik;  6-ekuvchi  disk;  7-korpus;  8-qopqoq;  10-me’yorlovchi 

qurilma; 11-taqsimlovchi kallak; 12-yo’naltiruvchi kurakchalar; 13- parraklar; 14-

konussimon rotor; 15-urug’ (o’g’it) o’tkazgich. 

Ekish apparati miqdorlovchi qurilma 10, qopqoq 8, konussimon rotor 14 va 

unga  o’rnatilgan  parraklar  13,  yo’naltiruvchi  kurakcha  12  va  taqsimlovchi  kallak 

11  dan  tashkil  topgan.  Ushbu  ekish  apparati  quyidagi  tartibda  ishlaydi:  Urug’lar 

bunker  9  dan  miqdorlovchi  qurilma  10  orqali  konussimon  rotor  14  ning  tubiga 

kelib  tushadi.  Markazdan  qochma  kuch  ta’siri  ostida  urug’lik  konussimon 

rotorning  ichki  yuzasi  bo’yicha  yo’naltiruvchi  kurakchalar  12  bo’ylab  siljiydi  va 

rotor  chekkasiga  yetgach  taqsimlovchi  kallak  11  ning  kanallariga  tushadi.  Shu 

bilan  birga  tez  aylanuvchi  konussimon  rotor  14  ga  joylashgan  parraklar  13  bilan 

hosil qilinayotgan  havo oqimi  ham  beriladi.  Bu  xavo oqimi bilan  urug’lar (o’g’it)  

urug’ o’tkazgichlar 15 orqali soshniklarga transportirovka qilinadi. 

Bu konstruksiyadagi ekish apparatlari bilan bug’doyni g’o’za qator oralariga 

ekish har bir qator orasiga bir necha ishchi organning  

joylashtirish talab qilinadi va agregatning konstrusiyasi murakkablashib ketadi. 




Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish