I. TEXNOLOGIK QISM.
1.1. Respublikamizda kuzgi bug’doy yetishtirish va ekish jarayoniga
qo’yiladigan agrotexnik talablar.
O’tkazilgan tadqiqot natijalari va ilg’or xo’jaliklarning ko’p yillik tajribalari
shuni ko’rsatadiki, Respublikamiz sharoitida bug’doy va arpa kuzda ekilganda
ularning hosildorligi yuqori bo’ladi. Masalan, kuzda sepilgan bug’doy bahorgi
bug’doyga qaraganda Qarshida 32, Qamashida 51, Baxmalda esa 24 foiz
qo’shimcha hosil bergan. Buning sababi shundaki, kuzda ko’klagan maysa bahorda
birmuncha qulay sharoitda rivojlanadi, tuproqdagi nam va ozuqa moddalardan
yaxshi foydalanib, barvaqt yetiladi.
Kuzda unib chiqqan bug’doy maysalari sovuq tushguncha o’zini tutib olsa,
hosil yanada barakali bo’ladi. Shuning uchun sug’oriladigan va lalmikor yerlarning
asosiy qismiga donli ekinlarni (arpa, bug’doy) kuzda ekish maqsadga muvofiqdir.
Lekin, bu O’zbekiston sharoitida lalmikor yerlarga bahorgi donli ekinlar ekishdan
butunlay voz kechish kerak degani emas. Chunki, ayrim yillari kuzda
yog’ingarchilik deyarli bo’lmaydi, sovuq esa juda erta tushadi. Ana shunday
kezlarda sepilgan urug’ning unib chiqishi bahorgacha cho’zilib ketadi. Tabiiyki,
bunday hollarda dalalarda o’simlik juda siyrak bitib, bahorgi ekishga nisbatan kam
hosil beradi.
Ekish muddatiga qarab kuzgi bug’doy maysalarining qishlashi turlicha
bo’ladi. Kuzgi bug’doy kechikib ekilganda o’simlik yaxshi shoxlab ulgurmaydi,
ildizi ham yetarli rivojlanmagan bo’ladi. Natijada uning qishga chidamliligi
kamayadi, noqulay sharoit tug’ilganda maysalar tez siyraklashib, nobud bo’ladi.
Urug’ni haddan tashqari erta ekish ham bo’lmaydi. Chunki kuz yaxshi kelsa,
o’simlik tez o’sib, keyinchalik uni sovuq urib ketishi mumkin. Urug’ni shunday
muddatda ekish kerakki, o’simlik kuzda
rivojlanishdan to’xtaguncha 4-5 tadan poya chiqarishga ulgursin. Ana
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
shunda, maysalar qishdan yaxshi chiqadi, ekin mo’l hosil beradi.
Kuzgi bug’doy maysalari harorat 5°S dan pastga tushganda o’sishdan
to’xtaydi. Kuzgi ekinlarda to’rt-beshtadan poya hosil bo’lishi uchun maysalar unib
chiqqanidan to sovuq tushguncha bir kecha-kunduzlik o’rtacha harorat 50
kungacha kamida 5°S issiq bo’lishi kerak. Shunda o’simlik uchun foydali harorat
yig’indisi qariyib 450-480° ga teng keladi. Buning uchun bir kecha-kunduzlik
o’rtacha harorat 14-17°S bo’lganda kuzgi bug’doyni ekaverish lozim.
Belgilangan me’yordagi urug’ni ekish kuzgi bug’doy maysalarining to’liq
bo’lishi va yaxshi saqlanishiga ijobiy ta’sir etadi. O’rtacha qalinlikda bo’lgan kuzgi
bug’doy maysalari yaxshi qishlaydi, chunki ular qishgacha tuplab yer betini
qoplaydi, natijada tuproq harorati oshib, qishda ekin muzlamaydi, bahorda esa tez
o’sib yetiladi. Bu sug’oriladigan yerlarda hosilni ertaroq yig’ishtirib olish va
takroriy ekin ekishga barvaqt kirishish imkonini beradi.
Urug’ belgilangan me’yordan kam ekilsa dalani yovvoyi o’t bosib, hosil
kamayib ketadi, urug’ haddan tashqari qalin sepilganda, o’simlik yaxshi
tuplamaydi, boshoqlari kalta bo’lib yetiladi. Shuning uchun ham urug’ni me’yoriy
qalinlikda ekishga e’tibor berish lozim. Urug’ning sifati va nav xususiyati,
shuningdek tuproq unumdorligi, bundan oldin qanday ekin yetishtirilganligi, ekish
usuli, muddati hamda boshqa shart-sharoitlarga qarab ekish me’yorini o’zgartirish
mumkin. Urug’ sifatsiz bo’lib yomon sharoitda ekilsa hamda o’simlikning rivoji
noqulay sharoitda kechishi kutilganda ekish me’yorini bir oz oshirish kerak.
G’o’za qator oralariga kuzgi bug’doy moslangan kultivatorlar, o’g’it
sepkichlar va boshqa moslamalar yordamida ekilmoqda. Ammo bu moslama va
mashinalar bug’doyning bir xil chuqurlikka ko’milishini ta’minlamaydi, uning
ancha qismi tuproq betida qolib ketadi. Bundan tashqari urug’lar g’o’za qator
oralig’ida bir tekis taqsimlanmaydi, ya’ni urug’lar egatlar
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
1-jadval
Kuzgi bug’doy ekiladigan maydonlar bo’yicha ma’lumotlar
Yillar
Umumiy ekilgan
maydon,
mln. ga
G’o’za qator oralariga ekilgan maydon
ming ga
umumiy maydonga
nisbatan, %
2008
1,022
343,8
33,64
2009
1,059
395,2
37,3
2010
1,100
475,2
43,25
2011
1,083
532,5
49,16
2012
1,083
632,2
58,37
2013
1,083
650,7
60,1
o’rtasida to’planib, pushtalarga siyrak tushadi. Bu hol o’simliklar uchun zarur
bo’lgan oziqlanish maydonining bir xil bo’lishini ta’minlay olmaydi. Natijada
nihollar yaxshi tuplamaydi, nimjon va siyrak bo’lib o’sganligi sababli yetarli
miqdordagi hosilni bermaydi.
Ochiq maydonlarga kuzgi bug’doy asosan sanoat tomonidan ishlab
chiqarilgan SZ-3,6 va DEM-3,6 kabi seyalkalar bilan qatorlab ekiladi. Bunda
qatorlar orasi 12,5-15,0 sm bo’ladi. Lekin bu usul ham o’ziga xos kamchiliklarga
ega: o’simlik qatorlarda zich joylashadi, ayniqsa rivojlanishning dastlabki
vaqtlarida qator oralari ekin maysalari bilan yetarli qoplanmaganligi natijasida
dalani yovvoyi o’tlar bosib ketadi.
Olib borilgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha kuzgi bug’doyni ochiq dala va
g’o’za qator oralariga tor qatorlab, ya’ni qatorlar orasini 6-7 sm qilib ekish begona
o’tlarning chiqishi va rivojlanishiga imkoniyat bermaydi.
Tuplash bo’g’inining chuqurroq joylashishini va sug’orilganda ochilib
qolmasligini ta’minlash maqsadida kuzgi bug’doyni sug’oriladigan yerlarda
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
sug’orilmaydigan yerlarga nisbatan chuqurroq, ya’ni 6-8 sm chuqurlikka ekish
tavsiya etiladi. Bunda yirik urug’lar chuqurroq, mayda urug’lar esa sayozroq
ekilsa yaxshi unib chiqib, ko’p maysa beradi. Tuprog’i qattiq zichlashib qoladigan
yerlarda urug’ 5-6 sm chuqqurlikka ekiladi. Bunda belgilangan chuqurlikdan
chetga chiqish ± 1 sm dan oshmasligi lozim.
Hozirgi paytda xo’jaliklarda g’o’za qator oralariga bug’doy ekish
chuqurligini tahlil qiladigan bo’lsak, u yuqoridagi talablarga to’liq javob bermaydi,
ya’ni bug’doylar bir xil chuqurlikka ekilmaydi va yuza bo’ylab bir tekis
taqsimlanmaydi.
Ekinlarning serhosil bo’lishi ko’p jihatdan urug’ning sifatiga bog’liq. Yirik
va bir xil kattalikdagi urug’ ekilsa, bug’doy hosili 12-15 foizga oshadi. Binobarin,
hosilni o’rib - yanchiyotganda urug’lik bug’doyni puch va yetilmagan donlardan
yaxshilab tozalash kerak.
Bug’doy ekish uchun tayyorlangan yerlarda tuproq tarkibi mayin bo’lishi,
katta kesaklar va begona o’tlar bo’lmasligi kerak. Bunday tayyorlangan dalalarga
bug’doy ekilganda ekish sifati yaxshi bo’ladi.
G’o’za qator oralarini bug’doy ekishga tayyorlashga quyidagi asosiy
agrotexnika talablari qo’yiladi.
1) qator oralari yumshatilganda yirik kesaklar hosil bo’lmasligi va ularning
o’lchami 2-2,5 sm dan oshmasligi kerak;
2) ishlov berish chuqurligi 15-18 sm oralig’ida bo’lishi darkor;
3) begona o’t qoldiqlari to’liq yo’qotilishi lozim;
4) ishlov berilmay qolib ketgan joylar bo’lmasligi kerak.
Ekish materialiga qo’yiladigan agrotexnika talablari quyidagilar-dan iborat:
1) urug’lik bug’doylarning dala unuvchanligi 90-95%, tozaligi esa 97-99%
bo’lishi kerak ;
2) ekish uchun I, II va III klassdagi urug’larni ishlatish lozim;
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
3) urug’lar o’lchamlari bo’yicha saralangan va kimyoviy preparatlar bilan
kasalliklarga qarshi dorilangan bo’lishi kerak.
Bug’doy ekish mashinasiga quyidagi agrotexnika talablari qo’yiladi:
1) Xo’jalik sharoitini hisobga olib, bug’doyning belgilangan qisqa
muddatlarda (6-9 kunda) yuqori ish unumi bilan ekilishini ta’minlash;
2) belgilangan ekish me’yori aniq saqlanishi, har bir gektar maydonga
130-170 kg bug’doy sepilishi kerak; ekish jarayonida me’yorda belgilanganidan
1,5-2,5% ga chetga chiqishga ruxsat etiladi;
3) hamma maydon bo’yicha urug’lik bir xil taqsimlanishi lozim va
urug’larning qo’shimcha sindirilishiga yo’l qo’yilmaydi;
4) urug’ belgilangan chuqurlikka bir tekis ekilishi va belgilangan
chuqurlikdan chetga chiqish 1 sm dan katta bo’lmasligi kerak. Urug’ni tuprog’i
og’ir bo’lgan maydonlarga sayoz (5-6 sm), tuprog’i yengil bo’lgan maydonlarga
esa chuqurroq (6-8 sm) ekish zarur;
5) bug’doy ekilayotganda qatorlardan argegatning o’tishi chigit ekish va
g’o’za qator oralariga ishlov berishdagi o’tishlar bilan mos tushishi darkor hamda
yondosh qatorlardan agregat yurmasligi lozim;
6) ekilmay qolgan joylar bo’lmasligi kerak;
7) maydonlarga solinadigan o’g’itlar ekish oldidan qator oralariga ishlov
berishda sepilishi lozim:
8) mashinaning ish organlari g’o’zaning qolgan hosilini to’kmasligi va
shikastlamasligi kerak.
Kuzgi bug’doy ekish jarayoni yuqorida keltirilgan agrotexnika talab- lariga
rioya qilingan holda olib borilsa, ekish sifatli bajariladi, yuqori hosil olishga zamin
yaratiladi va xarajatlar kam bo’ladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
75
Do'stlaringiz bilan baham: |