2.2 Rahbar qobiliyatining psixologik tavsifi.
Mashhur Amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi kitobida ko‘rsatilishicha, bir rahbar doimo kovog‘ini solib yurgan, kishilar bilan samimiy munosabatda bo‘lmagani uchun hamma undan qo‘rqib, undan qochib yurar ekan, hatto turmush o‘rtog‘i bilan ham mensimasdan muomala qilar ekan. Karnegining maʼruzasidan so‘ng bu rahbar turmush o‘rtog‘iga ham, qo‘l ostidagi kishilarga ham samimiy jilmayib muomala qilishni boshlaganida hamma uni yaxshi ko‘rib obro‘si ortib ketibdi, o‘zining ham kayfiyati ko‘tarilib ketibdi. Muomala sirlaridan yana biri -bu kishilar bilan munosabatda jilmayishdir. D. Karnegi fikricha, jilmayganda biz bir-birimizga yaxshiliq qilish istagida turamiz. Masalan, transport haydovchilari, aholiga xizmat ko‘rsatish xodimlari, oshpazlar, sartaroshlar, sotuvchilar samimiy bo‘lsalar, kamtar, xushmuomala bo‘lsalar, “biz sizga xizmat ko‘rsatishdan mamnunmiz” degan so‘zlarni ishlatsalar, ularning obro‘lari ortib, muxlislari ko‘payadi, kishilar ularning xizmatlaridan ko‘proq foydalanadilar. Muloqot hamqorlikdagi faoliyat qatnashchilari o‘rtasida axborot almashinishni o‘z ichiga oladi, bu muloqotning kommunikativ tomonida ifodalanadi. Odamlar bir-biri bilan munosabatga kirishishda tildan muomala vositasi sifatida foydalanadilar. Muloqotning ikkinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning o‘zaro taʼsiridir. Bunda faqat so‘zlar emas, balki harakat va holatlar ham almashinadi. Masalan, sotuvchi bilan haridor o‘rtasida biror so‘z aytmasdan muomalaga kirishish mumkin. Muloqotning uchinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning bir-birini idrok qilishidir. Muomalaga kirishuvchilarning bir-birini to‘g‘ri tushunishi muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, muloqotning shartli uch tomonini ajratish mumkin: kommunikativ (axborot berish), interaktiv (o‘zaro taʼsir) va perseptiv (o‘zaro idrok qilish).
Muloqotning bu uch tomonining birligi muomalaga kirishuvchi kishilarning o‘zaro munosabati va hamqorlikdagi faoliyatining tashkil etish usuli sifatida namoyon bo‘ladi. Boshqaruv uslubi-rahbarning o‘z xodimlariga nisbatan, ular orasida ishni tashkil etish bo‘yicha qo‘llaydigan odatiy xatti-xarakatlari majmuasidir. Hozirga kelib boshqaruv fanida boshqaruv uslubini farqlashga turli yondoshuvlar mavjud bo‘lib ularning hech biri boshqaruv vaziyatiga mos keluvchi mukkammal bir uslubni tavsiya etolmaydi.Har bir uslub albatta bironta cheklanishga ega. Quyida rahbarlik uslubiga turli yondoshuvlar haqida qisqacha izoh berib o‘tamiz va bu matnda rahbar o‘z faoliyatida uchraydigan vaziatdan kelib chiqgan holda, muvofiq keluvchi usullar majmuasidan birontasini qo‘llash haqida xulosa chiqarish mumkin. Tizimli yondoshuv tamoyiliga asoslanish boshqaruv uslubi mavzusiga bir muncha tula tahlil berish mumkin. Bunga binoan, qo‘llanayotgan boshqaruv uslubi tashkilot hayoti, uning oldiga qo‘ygan maqsad va birlamchi ravishda amalga amalga oshirilayotgan vazifalariga mos kelishi kerak. Tizimli yondoshuvga binoan rahbar o‘zi ishlayotgan tizimni yaxshi bilish, uning holatini to‘g‘ribohalashishi, kelajakdagi qiyofasini tasovur eta olishi hamda uzgarishlarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi xodimlarni faollikga jalb eta olishi lozim. Har bir lider yokiboshliq o‘zicha individual va qaytarilmasdir. Buning boisi har bir boshliq o‘zish faoliyatini, boshqaruv faoliyatini o‘ziga xos tarzda tashkil etishidadir.Ijtimoiy psixologiyada boshqaruv sohasida batafsil o‘rganilgan muammolardan biri — turli boshqaruv uslublaridir. Bu sohada Kurt Levin,nemis olimlari G.Gibsh va M. Forverg, rus olimlari V.D. Parigin, L.N.Umanskiy, M.YU. Jukov va boshqalarning ishlari ayniqsa diqqatga sazovordir.Barcha ilmiy tadqiqotlarni umumlashtirgan holda ijtimoiy psixologiyada qabulkilingan uch asosiy boshqarish uslublariga harakteristika berib chiqamiz. Bu uch uslub boshqaruvni turli vaziyatlariga,guruh tabiatiga va boshqaruvchining individual xususiyatlariga ko‘ra qo‘llanilishida tafovut xosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |