Битирув малакавий иш



Download 157,99 Kb.
bet9/10
Sana17.07.2022
Hajmi157,99 Kb.
#812451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Samarali raxbarning ijtimoiy psixologik xususiyatlari uz-assistant.uz

Demokratik uslub - aksincha, bo‘ysunuvchilarga mustaqillik erk berish tarafdori. Ishda topshiriqlar berganda ishchilarning shaxsiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda taqsimlaydi. Bunda u xodimlarning shaxsiy moyilliklarini ham hisobga oladi. Buyruq yoki topshiriqlar, odatda, taklif maʼnosida beriladi. Nutqi oddiy, doimo osoyishta, sokin, unda o‘rtoqlarcha,do‘stona munosabat sezilib turadi. Biror kishini maqtash, uning lavozimini oshirish yoki ishdagi kamchilikka ko‘ra ishiga baho berish doimo jamoa aʼzolarining fikri bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Tanqid, ko‘pincha taklif, istak shaklida qilingan ishlarning mazmuniga baho berish holida aybdorga yetkaziladi. Har bir yangi ish jamoa maslahatisiz boshlanmaydi. Shuning uchun ham uning fazoviy-ijtimoiy holati jamoa ichida. Jamoada tanqid va o‘z-o‘zini tanqid shunday yo‘lga qo‘yilganki, uning oqibatidan hech kim aziyat chekmaydi. Chunki ko‘prok boshliq emas, balki jamoaning boshqa faollari — norasmiy liderlar tanqid qiladilar. Boshliq yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklarni jamoatchilik oldida bo‘yniga olishdan qo‘rqmaydi. Chunki undagi masʼuliyag hissi nafaqat yuqori boshqaruv tashkilotlari aʼzolari bilan muloqot paytida, balki, xodimlar bilan muloqotda ham sezilib turadi va qo‘yilgan topshiriq yuzasidan masʼuliyatni boshqalarga ham bo‘lib berishni yaxshi ko‘radi. Boshliqning xodimlaridan siri yo‘q, shuning uchun ham majlislarda ko‘proq u emas, balki barcha xodimlar gapiradilar, oxirgi qaror chiqarish va so‘zlarni yakunlash, umumlashtirish huquqidan u to‘liq foydalanadi. Gibsh va Forverglarning tahlillariga ko‘ra, bunday boshliq rahbarlik qilgan jamoalarda maʼnaviy-ruhiy muhit juda yaxshi, ishchilar jamoadan, ishdan qoniqish hosil qilganlar, ishdan ketish hollari kam bo‘ladi, lekin ishlab chiqarish zo‘rg‘a norma holatida bo‘lar ekan.
Liberal uslub - (loqayd) uslubda ishlaydigan rahbarning kayfiyatini, ishga munosabatini, ishdan mamnun yoki mamnun emasligini bilish qiyin. Unda taqiqlash, po‘pisa bo‘lmaydi, uning o‘rniga ko‘pincha ishning oxirgi oqibati bilan tanishish bilan cheklanadi, xolos. Jamoada hamkorlik yo‘q boshliq jamoaning muammolari, ishning baland-pasti bilan qiziqmaydiganday, go‘yoki boshqa“koinotda” yurganga o‘xshaydi. Aniq ko‘rsatmalar bermaydi, uning o‘rniga norasmiy liderlar yoki o‘ziga yaqin kishilar orqali qilinishi lozim bo‘lgan topshiriqlar bajaruvchilarga yetkaziladi. Uning asosiy vazifasi, uning nazarida, xodimlar uchun ish sharoitini yaratish, ishdagi kamchiliklarni bartaraf etish, kerakli mahsulot, xom-ashyo kabilarni topib kelish, majlislarda qatnashish va hokazolardan iborat. Xodimlar bilan muloqotda bo‘lishga to‘g‘ri kelganda, u doimo xushmuomala bo‘lib, odob, ahlok normalarini buzmaslikka harakat qiladi, lekin hech qachon ular bilan tortishmaydi. Majlislarda agar biror muammo munozarani keltirib chiqarsa, u bevosita jarayonga aralashmay, oxirgi so‘znio‘ziga qoldiradi. Shunday qilib, xodimlarga fikrlash va hatti-harakatlar erkinligi berib qo‘yilgan, bular yuzasidan boshliqning fikri so‘ralgan taqdirda ham, undan aniq gap chiqmaydi, chunki u xodimlarni yaxshi bilmaydi, qolaversa, ularni xafa qilib qo‘yishdan qo‘rqadi. Uning fazoviy-psixologik holati guruh tashqarisida. Olimlar fikricha, bunday rahbar ishni olib borgan jamoalarda barcha ko‘rsatkichlar doimo orqada, qo‘nim ham yo‘q. Liberal rahbar ishda o‘zboshimchalikka yo‘l qo‘yib, ko‘p turmay, boshqa yerdan ish qidirishga harakat qiladi. Yuqorida baho berilgan boshqarish uslublari ko‘proq liderlikka emas, balki rahbarlikka taalluqli, lekin ilmiy adabiyotlarda bu ikkala ibora, ko‘pincha sinonimday ishlatiladi. Aslida, eng yaxshi rahbar o‘zida barcha liderlik sifatlarini ham mujassamlashtirgan bo‘ladi. Chunki sof ijtimoiy psixologik maʼnodagi liderning turlari turli sharoitlarda o‘zida ko‘proq namoyon etadigan shaxsiy sifatlariga ko‘ra tabaqalanadi. Masalan, lider-tashkilotchi, lider-tashabbuskor, lider-erudit, jamoa hissiy-emotsional holatni boshqaruvchi lider, lider-bilag‘on va hokazo. Yaxshi rahbar ana shu lider sifatlarini bilgan holda, ularni o‘zida tarbiyalashi va jamoasidagi liderlar bilan hamkorlikda ishlay olishi kerak. Oxirgi yillarda Moskva va boshqa yirik ilmiy markazlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida shunday xulosaga kelindiki, aslida hayotda sof demokrat yoki sof avtoritar rahbarni uchratish qiyin, lekin uchragan paytda ham ular bir jamoani uzoq muddat boshqara olmasligi maʼlum buldi. Shuning uchun ham ular vaziyatga bog‘liq, konkret jamoa, unda qabul qilingan hatgi-harakat normalari, shaxslararo munosabatlar tipi liderning ham, rahbarning ham ish taxnikasi va uslubini belgilaydi, degan g‘oya qabul qilinmoqda. Lekin bu rahbarlik uslublarining psixologik mazmun va mohiyatini bilishning amaliy ahamiyati shundaki, har bir uslubda o‘ziga xos ijobiy tomon bor, mohir rahbar o‘zini-o‘zi tarbiyalar ekan, o‘shalarning eng maʼquli, ayniqsa o‘zi rahbarlik qilayotgan jamoaga moslarini tarbiyalashi maqsadga muvofiqdir.

XULOSA
Boshqaruv psixologiyasida zamonaviy rahbarga qo‘yiladigan talablardan biri shuki, u hozirgi zamon psixologiyasining o‘zi uchun maʼqul barcha uslublaridan foydalangan holda, eng avvalo o‘zi to‘g‘risida, qolaversa, qo‘l ostidagilarning shaxsi to‘g‘risida bilimlar va maʼlumotlarga ega bo‘lishi kerak.
Hulosa qilib shuni taʼkidlash joizki, Boshqaruv psixologiyasi fani quyidagi tamoyillarga binoan:

  1. Mehnatga nisbatan ehtiyoj tug‘ilishi;

  2. Masʼuliyat va javobgarlik hislarining mavjudligi;

  3. Tartib-intizomlik (har bir xodim uchun) majburiy ekanligi;

  4. Boshqaruv jarayoniga yakkaboshchilik;

  5. Hamkorlik faoliyati harakatiningyaxlitligi;

  6. Shaxsiy va tashkilot manfaatlarining o‘zaro uyg‘unligi;

  7. Shaxslararo munosabatni amalga oshirishning markazlashuvi;

  8. Qaror qabul qilishda va munosabat bildirishda adolatlilik;

  9. Hamkor faoliyati ishtrokchilari tarkibining barqarorligi;

  10. Individual va guruhiy tashabbusni rag‘batlantiruvchi zaruriyati.

Hamkorlikda korporativ ruhni shakllantirish orqali har qanday boshqaruv (ko‘lami, vazifasi, mulkiy shakli va shu kabilardan qatʼiy nazar) jarayonining o‘zagi sifatda, uning murakkab, o‘zaro bog‘liq funksiyaslarini yo‘lga qo‘yishning ijtmoiy psixologik asoslarini ishlab chiqishga qaratladi.
Boshqaruv jamiyatdagi muhim resursdir. Shunday qilib, yig‘ilishlarda rahbar qo‘l ostidagilarning hisobotlari bo‘yicha boshqariladigan obʼektning holatini o‘rganadi, shu asosda yangi harakat dasturlarini shakllantiradi yoki oldingilarini aniqlaydi, qarorni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi.

Download 157,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish