Bitiruv malakaviy ishi O‘zbekiston florasida “Tulipa L.” turkumi turlari haqidagi mobil ilova ishlab chiqishga bag’ishlangan bo’lib, yaratilgan dasturiy vosita o'simlik namunalarini identifikatsiyashga bag’ishlangan. Ishda namunalarni identifikatsiyalashda turlarning morfologik belgilariga asoslanadi.
Ushbu dasturiy vosita Java dasturlash tilida mobil ilova sifatida ishlab chiqilgan va ma’lumotlarni saqlash uchun MySQL ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimidan foydalanilgan.
Аннотация
Дипломная работа по флоре Узбекистана «Tulipa L.» посвящена разработке мобильного приложения о видах этого рода, а созданное программное обеспечение предназначено для идентификации образцов растений данного рода. Исследование основано на морфологических характеристиках вида при идентификации особей.
Программное средство было разработано как мобильное приложение на языке программирования Java и использует систему управления базами данных MySQL для хранения данных.
Annotation
The graduate work on the flora of Uzbekistan "Tulipa L." is dedicated to the development of a mobile application about species of this genus, and the created software is designed to identify plant samples of this genus. The work is based on the morphological characteristics of the species when identifying individuals.
The software was developed as a mobile application in the Java programming language and uses the MySQL database management system to store data.
KIRISH
Ishning dolzarbligi. Bugungi kunda mamlakatimiz biologik mavjudotlarini kompyuterli identifikasiyalash masalasi oqsoqlanib kelmoqda. Undagi turli tuman obyektlarni o‘rganish uchun intellektual tahlil qiluvchi, tanib oluvchi kompyuter tizimlarini ishlab chiqish muhim hisoblanadi. Biologik mavjudotlarning katta olami hisoblangan o‘simliklarni o‘rganish uchun ularning botaniklar tomonidan tadqiq etilgan morfologik belgilarini ajratish va ularni tanib olish tizimlarida obyekt sifatida foydalanish orqali ularni intellektual tahlil qilish dolzarb masaladir.
Axborot texnologiyalari barcha sohalarga izchil kirib kelayotganligi sababli mamlakatimizda ham axborotlashtirilgan jamiyat qurish bo‘yicha xalq xo‘jaligi sohalarida, ishlab chiqarish va taʼlim tizimida keng miqiyosda islohatlar olib borilmoqda. Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni rivojlantirish istiqboli va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llash” bo‘yicha 8 iyul 2005 yil № PP-117 Qarorining axborot resurslarining havfsizligini taʼminlash qismi bo‘yicha chora va tadbirlarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi PQ-1730 sonli “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yana-da joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 dekabrdagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasini yana-da rivojlantirish va uning mablag‘laridan samarali foydalanish to‘g‘risida”gi 356-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son Qarori doirasida ishlab chiqiladigan “Elektron hukumat” tizimi bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish, “Tahlil va bilimlarni hosil qilish hamda mashinali o‘qitish” istiqbolli yo‘nalish doirasida shakllantirilgan 2008-2015 yillarda O‘zbekistonda axborot-kommunikatsion texnologiyalar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish dasturining qabul qilinishi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sohalarga singdirish va ularni rivojlantirish borasida jadal qo‘yilgan qadamlar hisoblanadi.