Oʻlchov birligi — muayyan kattalikni miqdoran baholash uchun asos qilib olinadigan kattalik (qarang Birliklar tizimi, Xalqaro birliklar tizimi). Boshqa kattaliklarni oʻlchash uchun kiritilgan birliklar (nyuton, joul, volt va boshqalar) hosila birliklardir. Xalqaro birliklar tizimiga kirmaydigan oʻlchov birliklari ham qoʻllaniladi. Mas, milya, angstrem, rad, rentgen, kyuri va boshqalar
Ayvon – Oʻrta Osiyoda iqlimiy sharoit (asosan yozfasli)ga moʻljallab qurilgan usti yopiq, 1, 2 yoki 3 tomoni ochiq bino. Ayvonning shimolga qaratib solinadigan (ters ayvon) va janubga qaratib solinadigan (oʻng ayvon, kungay ayvon) xillari boʻladi. Tuzilishi jihatidan Ayvonning dahliz-ayvon, ustunli ayvon, ravokli ayvon. kabi turlari bor. Ravoqli ayvonning eng murakkabi peshtoq shaklida quriladi. Ayvon sahni koʻpincha sufa(supa) deb ataladi. Ayvon, odatda, chiroyli qilib bezatiladi. Shifti va devorlari boʻyaladi, yogʻochustunlariga oʻyma naqshlar solinadi. Ayvon oʻzbek milliy me’morligida qadimgidan turar joy va jamoat binolarining muhim qismi boʻlib kelgan. Ayvon hovli, masjid, madrasa, doʻkon va saroylarda yozgi bino sifatida qurilgan. Ayvon joyning iqlimiy sharoitiga qarab turli shaklda quriladi. Masalan, Fargʻona vodiysida ayvon imorat oldiga qurilib, peshayvon deb yuritiladi. Buxoroayvonlari baland va kambar (past) boʻladi. Toshkent va Samarqand ayvonlari koʻpincha xonalar oldi va oraligʻiga quriladi. Xorazm (koʻproq Xiva) ayvonlari atrofdagi xonalardan balandroq va shimoliy tomonga qaratib quriladi. Bunday ayvonlarni xorazmliklar ullu ayvon(katta yoki shoh ayvon) deyishadi. Xiva hovlilarida kambar (ters) ayvonlar ham boʻlib, ular koʻpincha xoʻjalik binolari oldiga quriladi. Ba’zi shevalarda (Qashqadaryova Surxondaryo viloyatlarida) bostirma shaklidagi binolarni ham ayvon deb ataydilar. Xalq tilida (oʻzbekchada) binoning balkon, veranda kabi qismlari ham ayvon deb yuritiladi.
Interyer (frans. interieur — ichki) — 1) meʼmorlikda — bino va in-shoot (turar joy, jamoat va sanoat)larning badiiy bezatilgan va jihozlangan ichkari qismi. Vazifasiga koʻra, I.ning meʼmoriy yechimi (koʻrinishi, hajmi, shakli, bezaklari va b.)ga, jihozlar xususiyati (mebel jihozlari va b.)ga, binoning qanday maqsadga moʻljallanganligiga, oʻzaro mos mujas-somotda yaratilishiga bogʻliq (qarang Sito-rai Mohi Xosa, Navoiy teatri, Xalqlar doʻstligi saroyi, Oliy mazklis binosi I.lari). 2) rangtasvir janri, 17-asrda golland va flamand rangtasvirida, 19-asrda Rossiyada taraqqiy etgan. Oʻzbek rangtasvirida I. maishiy-tarixiy janrdagi asarlarning ajralmas qismi sifatida namoyon boʻlad
Do'stlaringiz bilan baham: |