Uyg'unlik lotin tilidan keladi garmoniyagarchi uning uzoqroq kelib chiqishi yunoncha so'zni anglatadi "Kombinatsiya" yoki "O'zgartirish". Ushbu atamani nomlash uchun ishlatilishi mumkin birikmasi ning tovushlar bir vaqtning o'zida, har xil bo'lsa ham, izchil. Kontseptsiya shuningdek mos yozuvlar uchun ishlatiladi turli xil tovushlar, o'lchovlar va pauzalar yaxshi tartibga solingan
Kompozitsiya (lotincha: compositio — tuzilish, birlashish, bogʻlanish) — badiiy asarning mazmunan, harakteri va maqsadi jihatidan bogʻlangan qismlarining joylashishi.
Kompyuter grafikasi — grafik displey (monitor) ekranida tasviriy informatsiyani vizuallash („koʻrinadigan“ qilish). Tasvirni qogʻozda, fotoplyonkada, kinolenta va boshqalarda aks ettirish usulidan farqli ravishda Kompyuter grafikasida kompyuterda hosil qilingan tasvirni darhol oʻchirib tashlash, unga tuzatish kiritish, istalgan yoʻnalishda toraytirish yoki choʻzish, yaqinlashtirish va uzoqlashtirish, rakurenn oʻzlashtirish, burish, harakatlantirish, rangini oʻzgartirish va boshqa amallarni bajarish mumkin. Kitoblarni bezash, rasm va chizmalarni tayyorlashda buyumlarni loyihalash va modellarini yasashda, telereklamalar yaratishda, televizion eshittirishlar „qistirmalari“ (zastavkalari) ni, multfilmlarniyaratishda, kinofilmlarda qiziqarli kadrlar hosil qilish va boshqa koʻp sohalarda qoʻllaniladi.
Pandus (frans. pante douce— nishab, qiyalik) — binoning eshigi, darvoza-siga kiriladigan nishab maydoncha; baʼzan zinapoya vazifasini oʻtaydi. Oʻrta Osiyo hududidagi qad. shahar qalʼa va koʻshklarga P.lar orqali koʻtarilgan. Togʻlar orasida joylashgan turar joylarga maxsus P.lar ishlangan (Samarqanddagi Xoʻja Doniyor maqbarasida, Qashqadaryo viloyati Gʻilon qishlogʻida, Nurota togʻ etaklaridagi qoʻrgʻon va qalʼalarga chiqishda, Surxondaryodagi "Bibishoy" koʻprigi, Bu-xoro arki darvozasi oldidagi P.lar va boshqalar). Zamonaviy meʼmorlikda jamo-at, sanoatbinolari, transport in-shootlari, garaj kabilar qurilishidaP.dan foydalanilmoqda.
Tom — binoning ustini yopib turuvchi qismi. Devorlar va binoning ichini yogʻinsochindan asraydi. Yuk koʻtaruvchi (ferma, sarrov, stropila, xari va boshqalar) hamda tunuka, shifer, tol singari yopuvchi qismlardan iborat. Shakliga koʻra, tomlar bir nishabli, ikki nishabli, toʻrt nishabli, koʻp nishabli, shatr (qubba) shaklli, chordoqliyoki chordoqsiz (yassi), baland chordoqli mansardakoʻrinishida boʻlishi mumkin. Eni keng sanoat binolarida tabiiy yoritish va havo almashtirish maqsadlarida tom oʻrtasiga fonar (oynavand tuynuk) ishlanadi. Bundan tashqari tomlarning gumbazli, piramidasimon, konussimon va qobiqsimon xillari ham boʻladi.
Tarh (arab.) — meʼmorlikda bino, inshoot, bogʻ va boshqa loyihassh. Amaliy bezak sanʼati (naqqoshlik va boshqalar)da bezak — naqshning xomaki chizmasi, loyihasi. Mas., naqqosh bezatiladigan sirtga moslab naqshning shakli (axtasi)ni oldin qogʻozga ishlaydi, keyin uni devorga koʻchiradi (devor sathini boʻlaklarga boʻlib chiqadi, qaysi gul qayerga tushishini aniklaydi). Bu jarayon naqsh Tarhini tayyorlash jarayoni hisoblanadi. Tajribali naqqoshlar Tarhni birdaniga devorning oʻziga chizib tayyorlashlari ham mumkin.
Beton (frans. beton va lot. bitumon— togʻ smolasi)—boglovchi modda (mas, sement), suv, toʻldirgichlar (mas, shagal, qum), ayrim hollarda qoʻshilmalar qoʻshib tayyorlanadigan qorishmaning zichlashib qotishi natijasida hosil boʻladigan qurilish material i. Qadimda B.dan gumbaz, qubbalar, ravoqlar, katta inshootlar qurishda ishlatishgan. Bunda boglovchi material sifatida loy, gips, ohak, asfaltdan foydalanishgan. B. texnologiyasining takomillashuvi sement ishlab chiqarilishi bilan bogʻliq. 19-asrda temirbetonning ixtiro qilinishi B.ning keng tarqalishiga olib keldi. Hajmiy massasiga (kgGʻm3 larda hisoblanadi) koʻra, B.ning juda ogir (2500 dan yuqori), ogʻir (1800 dan 2500 gacha,) yengil (500 dan 800 gacha) va alohida yengil (500 dan past); boglovchi moddaning turiga koʻra, sementli, silikatli, gipeli, asfaltbetonlar, polimerbetonlar va boshqa xillarga; vazifasiga kura, oddiy (sanoat, fuqaro qurilishi uchun ishlatiladigan), gidrotexnika, yoʻl qurilishi, issiqlik izolyatsiyasi, manzarali ishlarga, maxsus ishlarga (kimyoviy turgun, olovbardosh, yadro nurlanishlaridan himoya qmlish va boshqa uchun) moʻljallangan xillari bor. B.ning asosiy sifat koʻrsatkichi siqilishga mustahkamligi hisoblanadi va shu xususiyati bilan uning markalari belgilanadi.
Shagʻal — togʻ jinslarining nurashidan hosil boʻladigan qattiq qurilish materiali. Paydo boʻlishiga koʻra, daryo, dengiz, koʻl, togʻ va jar toshlariga boʻlinadi. Shakliga koʻra, qirrador, tuxumsimon, nayzasimon va yassi xillari farqlanadi. Daryo va dengiz Sh.lari toza hamda silliq, togʻ, qoʻl va jar Shlari qirrador, turli aralashmalar bilan ifloslangan boʻladi. Oʻlchamiga qarab, mayda (5—20 mm), oʻrtacha (20—40 mm) va yirik (40—150 mm) toshlarga boʻlinadi. Oʻlchami 150 mm dan katta boʻlgan toshlar harsangtosh deb ataladi. Sh.lar yoʻl qurilishida, beton quyish ishlarida qoʻllaniladi. Beton quyish uchun eng maqbul xom ashyo qirrali Sh. hisoblanadi. Bu tosh ezilgan tosh, qazib olingan xom ashyolardan yoki toshdan yasalgan tosh bloklarni ezish orqali ishlab chiqariladi. Tabiiy kuchlar tomonidan togʻ jinslari vaqti-vaqti bilan chayqatib yuborilganda shagʻalni yaratishi mumkin. Shagʻal yoki ohaktosh, sayoz, oʻrta yoki yirik qismlar. Eng koʻp talabga ega boʻlgan shagʻal oʻrta kattalikdagi, kichik va katta boʻlganlar esa kam talabga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |