INTERYER (frans. interieur — ichki) — 1) meʼmorlikda — bino va in-shoot (turar joy, jamoat va sanoat)larning badiiy bezatilgan va jihozlangan ichkari qismi. Vazifasiga koʻra, Interyerning meʼmoriy yechimi (koʻrinishi, hajmi, shakli, bezaklari va b.)ga, jihozlar xususiyati (mebel jihozlari va b.)ga, binoning qanday maqsadga moʻljallanganligiga, oʻzaro mos mujas-somotda yaratilishiga bogʻliq (q. Sito-rai Mohi Xosa, Navoiy teatrы, Xalqlar doʻstligi saroyi, Oliy mazklis binosi Interyer lari).
Plita (geologiyada) — Yer poʻstining platformalardoirasidagi qis-mi; unda burmalangan asos nisbatan choʻkkan va uning ustini gorizontal yotgan yoki bir oz burmalangan choʻkindi jinslarning qalin qatlami (1—16 km) qoplagan boʻladi. "P." terminini avstriyalik olim E. Zyuss taklif kilgan. P. platformalarning koʻtarilgan strukturasi — kalkonnpnt aksidir.
Kottej (ing. cottage — dehqon uyi) — bir oilaga moʻljallangan, asosan, ikki qavatli qilib qurilgan hovlili uy. K.ning 1-qavatida mehmonxona, oshxona va boshqa, 2-qavatida yotoqxona, dam olish va yuvinish xonalari joylashadi, ikkala qavat oʻzaro ichki zina bilan birlashtiriladi. Asosan, 16-asr oxiri 17-asr boshlarida Angliyada qurila boshlagan, keyinchalik Skandinaviya, AQSH va boshqa joylarda keng tarqalgan. Oʻzbekistonda 1940-yillardan qurila boshlagan. Toshkentda K. qurilishi, asosan, 1966-yildagi zilziladan soʻng avj oldi.
Koshin, parchin, kafel — biyolar, kaminlar va pechlar sirtiga qoplash uchun maxsus pishirilgan sirkor yupqa sopol pint skichipni taxtacha. K. maxsus loylan qoliplarga quyib tayyorlanadi, xumdonda 1150° gacha temperaturada pishiriladi; turli vaqsh, vaqsh qismlari tushirilgach. sir beriladi, soʻng maxsus xumdonda pishirilali. K.larning silirga, vaqshli, turli tasvirlar tushirilgan xillari bor. Sirtga puxta yopishishi uchun K.niig orqa tomoni gʻadir-budir yoki chuqurcha-chuqurcha qilib yasaladi. Oʻngi oqyoki har xil rangli, silliq, boʻrtma, silliqlanmagan; shisha, polistirol xillari bor. Meʼmoriy bezak sifatila kepg qoʻllanali, binolarni tashqi taʼsir (yogʻin-sochin)lardan ham saqlaydi. Dastlab, Qad. Sharq (Misr, Ossuriya va boshqalar) da. asosan, binolarni bezashda keng tarqalgan, 9-asr dan Yevropa (Germaniya, Shveysariya, keyinroq Rossiya) da pechka va kaminlarni bezashda ham ishlatilgan. Oʻrta Osiyoda 12-asr oxiri — 13-asr boshlarida paydo boʻlgan. Ilk bor Samarqand, Buxoro, Koʻhna Urganch va b. joylardagi yodgorliklarda, bino poydevorlarini bezashda ishlatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |