Nikoh ahdi risoladagi arab tilida talaffuz etilishi lozim.
Faqat istisno tariqasida
nikoh ahdini boshqa tilda aytishga yo’l qo’yiladi.
Ahdni o’qiydiganlar baloјat yoshiga yetgan va aqli
raso bo’lishlari kerak.
Qoidani talaffuz etishda qalliq va erning nomi aytilishi darkor.
Er va qalliq nikoh tuzishga rozi bo’lishlari va ularni biror kishi bunga
majbur etmasligi kerak.
www.arxiv.uz
Islom davlat dini hisoblangan mamlakatlarda nikoh tuzishda, odatda, erning arizasi avvalo "muxtor" - shariat qonunshunosi tomonidan tasdiqlanib, fuqarolik holatini qayd etish idoralarida ro’yxatdan o’tkaziladi. Bu idorada hokimiyat vakili ishtirokida nikoh shartnomasi tuziladi.
Qalin (turk.) - kuyov, uning ota-onasi yoki boshqa qarindoshlari tomonidan kelin uchun to’lanadigan haq. Islom dinini qabul qilgan xalqlarda qadim zamonlarda yuzaga kelgan qalin to’lash odati islom-huquqiy instituti - maіr ta'sirida muayyan darajada o’zgargan va u bilan qisman mos keladi.