Birlashgan Millatlar Tashkiloti


Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti



Download 30,28 Kb.
bet7/8
Sana16.06.2022
Hajmi30,28 Kb.
#675958
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Birlashgan Millatlar Tashkiloti

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti
Hozirgi kunda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti xalqaro mintaqaviy tashkilotdir. Uning ta’sis etuvchi hujjatlari 1975 yilda Xelsinkida imzolangan Yakunlovchi hujjat, 1990 yilda Parijda qabul qilingan Yangi Yevropa uchun Hartiya va o‘nta qo‘shimcha hujjat, 1992 yilda Xelsinkida qabul qilingan «O‘zgarishlar vaqti chakirigi» Deklaratsiyasi va Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining asosiy faoliyat yunalishlari va to‘zilishini belgilovchi paket hisoblanadi. Shunga muvofiq Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining asosiy faoliyat sohalari: xavfsizlik, qurolsizlanish, kelishmovchiliklarni bartaraf etish, iktisodiyot, madaniyat, ekologiya, inson huquqlari, erkinliklari va boshqa masalalarda hamkorlik qilishdan iborat.
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti — tarkibiga jug‘rofiy jihatdan Vankuverdan Vladivostokkacha bo‘lgan hudud-da joylashgan 55 mamlakat a’zo bo‘lgan xavfsizlik masalalari bilan shugullanuvchi umum Yevropa tashkilotidir.
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti tinchlik va xavfsizlik masalalariga har tomonlama yondashadi. Uning organlari va institutlari hamkorlik asosida tinchlikni mustahkamlash, qurollanish ustidan nazorat olib borish, priventiv diplomatiya, ishonch va tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlari, saylovlarda ko‘zatuvchilikni amalga oshirish, iqtisodiy va eko-logik xavfsizlik kabi keng masalalar doirasida faoliyat ko‘rsatadi.
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, shuningdek, oddiy qurollarni nazorat qilish va ishonchni mustahkamlash borasida tadbirlar qo‘llashga asos yaratadi. Bu sohada eng muvofiq-lashtiruvchi kelishuv 1994 yildagi Vena hujjatidir. U davlatlar oldiga o‘z harbiy faoliyatlarining oshkoraligi va oldindan ko‘ra-biladigan bo‘lishi majburiyatini kuyadi. Mazkur Tashkilot doirasida demokratik jamiyatda qurolli kuchlarning o‘rnini belgilovchi tamoyillar keltirilgan Faoliyat kodeksi qabul qilingan. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotida bundan tashqari tortishuvlarni xal etishning bir kancha mexanizmlari ham ishlab chiqilgan.
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Parlament Assambleyasining har yili ugkaziladigan sessiyalarida tashkilot faoliyatiga tegishli masalalar muxokama etiladi, mintakada xavfsizlik va hamkorlikni kuchaytirish borasida deklaratsiya, tavsiya va takliflar tayyorlanadi. Parlament Assambleyasi kotibiyati Kopengagenda joylashgan.
Tashkilot tomonidan Jenevada Arbitraj va yarashish sudi ta’sis etilgan. Arbitraj va yarashish konvensiyasini imzolagan davlatlar Arbitraj tribunali yoki Yarash komissiyasi doirasidagi nizolarni sudda ko‘rib chiqishi uchun takdim etishlari mumkin. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, shuningdek, Yevropa Ittifoqi tashabbusi bilan qabul qilingan Barqarorlik paktining saklovchisi hamdir.
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi 1990 yilga qadar me’yor va burchlar ishlab chiquvchi va ularning bajarilishini mo‘ntazam tekshirib boruvchi konferensiya va kengashlar sifatida faoliyat olib bordi. 1990 yil oliy darajadagi Parij uchrashuvi uning faoliyatini tubdan o‘zgartirdi. Yangi Yevropa uchun Parij hartiyasida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi oldiga Yevropadagi tarixiy jarayonlarni boshqarishga o‘z xissasini qo‘shish va sovuk urush tugaganidan keyingi davrda yuzaga kelgan yangi talablarga javob berish vazifalari qo‘yildi. Ularni bajarish maqsadida bir nechta institut va muassasalar tashkil etildi, uchrashuvlarni o‘tkazish doimiy asosga qo‘yildi
Kengash faoliyatining keyingi rivojlanshpi 1990-1999 yillar mobaynida utkazilgan bir qator doimiy uchrashuvlar shakliga kirib bordi. Ularda yangi mexanizmlar ishlab chikildi, tarkibiy bo‘linmalar tashkil etiddi va sovuk urush tugaganidan keyingi Davr Yevropasining muammolarini yechish tamoyillari ishlab chikildi.
Bugungi kunda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti hamkorlik asosida Yevropada xavfsizlikni ta’minlash jarayonida yetakchi urin tutadi. Mazkur Tashkilot o‘zining bu boradagi urinishlarini kuchaytira borar ekan, boshqa bir kancha xalqaro, mintaqaviy va nodavlat tashkilotlar bilan yakindan hamkorlik qiladi.

Download 30,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish