24
25
Asosiy mavzu:
TABIIY OFATLARNING XAVFINI KAMAYTIRISH
Tabiiy ofatlar dunyoning barcha mintaqalarida so-
dir bo‘lishi mumkin. Biroq bunday ofatlarga tayyor
bo‘lgaman mamlakatlar eng katta talafot ko‘rishini
yaxshi bilamiz. O‘zbekiston zilzila va boshqa tabiiy
ofatlardan eng ko‘p aziyat chekkan mamlakatlar
qatoriga kiradi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Marka
-
ziy Osiyoning eng faol seysmik hududlaridan biri
bo‘lmish O‘zbekiston Respublikasida tez-tez zilzila-
lar sodir bo‘lib turadi. Yer silkinishlaridan tashqa
-
ri O‘zbekistonda mavsumiy suv toshqinlari va
qurg‘oqchilik kabi tabiiy hodisalardan ham xoli emas-
dir. Qolaversa, sel, tog‘lardagi qorlarning ko‘chishi,
chigirtkalarning yopirilib kelishini kab tabiiy hodisala-
rni aytib o‘tish mumkin.
BMTTD o‘zining O‘zbekistondagi faoliyati doirasida
mamlakatdagi taraqqiyot jarayonlari turli tabiiy ofat
-
larga bardosh beraolishini ta’minlash, respublika bun-
day ofatlarga qarshi turaolishini ta’minlash borasida
ham keng ko‘lamdagi ishlarni amalga oshiradi.
BMTTD hokimiyat idoralari va boshqa hamkorlari bi-
lan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda
vaziyatlar vazirligi va tabbiy ofatlar xafv-xatarlarini
bartaraf etishga mas’ul bo‘lgan boshqa muassa
-
salarning salohiyatini oshirishga harakat qiladi.Fa
-
vqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda BMTTD
O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Arxitektura-
qurilish instituti, mahalla faollari, maktabchi va mak
-
tab direktorlari, kasb-hunar kollej direktorlari uchun
bir qator o‘quv mashg‘ulot va treninglar o‘tkazdi.
Yangi tashabbus doirasida “Android” va “IOS” asosida
ishlab chiqilgan mobil telefonlar uchun maxsus das-
tur-ilova taqdimoti o‘tdi. Mazkur dastur aholini turli
ofatlar xavfi haqida xabardor qiladi,favqulodda vazi
-
yatlarda nima qilish kerakligi hamda birinchi tibbiy
yordam ko‘rsatish bo‘yicha batafsil ma’lumot beradi.
Shuningdek, dasturda “SOS” tugmachasi mavjud
bo‘lib, favqulodda vaziyat yuzaga kelgan joydan turib
eng yaqin qutqaruv-qidiruv xizmatlarini yordamga
chorlash imkonini beradi.
Bundan tashqari, BMTTD Yevropa Komissiyasi Gu
-
manitar masalalari boshqarmasining dasturi bilan
birgalikda Toshkentda zilzilalarni simulyatsiya qil-
ish majmuasini yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu
majumua ofatlarning xafv-xatarini bartaraf etish
uchun mas’ul bo‘lgan tashkilotlar hamda keng ja
-
moatchilikning zilzila haqidagi tasavvuri, bilimini boy-
itish, zilzila yuz berganida nima qilish lozimligi haqida,
bunday ofatlarning xavfi, salbiy ta’sirini kamaytirish
haqidagi tushunchalarini yaxshilashga yordam be-
radi.
Mazkur majmua zilziladan aziyat chekkan aholi
va qutqaruvchilarga psixologik yordam ko‘rsatish
xonasi, seysmologiya fanining rivojlanishi tarixi,
O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng kuchli zilzilalar haqi-
da ma’lumot beruvchi zilzila muzeyini o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari, zilzila muzyida zilzila natijasida zara
-
rlangan inshootlarning modellari ham mavjud bo‘lib,
bular zilzila yetkazishi mumkin bo‘lgan zarar qanday
bo‘lishi haqida tasavvur hosil qilishga yordam beradi.
Shuningdek, O‘zbekistonning o‘ta muhim trans-
port yo‘li bo‘lmish “Qamchiq” dovonidagi
trassadao‘rnatilgan maxsus tizim bu dovondagi ob-
havo va tabiiy ofat xavflarini nazorat qilib turish
hamda muayyan vaziyatdan kelib chiqqan holda tez
va samarali qarorlarni qabul qilib, katta talafotlarning
oldini olishga yordam beradi. Mazkur dovon bo‘ylab
kuniga 15 mingacha avtoo‘lov yuradi, qolaversa, u
mamlakat poytaxtini Farg‘ona vodiysida joylashgan
uchta aholisi zich viloyat bilan bog‘laydigan muhim
yo‘l hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |