Kazus Sabirova yakshanba kuni viloyat qon quyish bo‘limida qon topshirdi. Dushanba kuni u ishga chiqmadi, seshanba kuni esa, ishga 4 soatga kechikib keldi. Direktor bu xolatni mexnat intizomining buzilishi deb hisoblab, undan tushuntirish xati yozishni talab qildi. Sobirova yakshanba kuni qon topshirganligi sababli dushanba va seshanba kunlari ishga chiqmaganligini, seshanba kuni esa faqatgina esdan chiqarib qoldirgan jurnalni olib ketish maqsadida ish joyiga kelganligini tushuntirdi va direktorga tibbiy muassasa tomonidan berilgan ma'lumotnomani tiaqdim etdi. Direktor Sabirova dushanba kuni ishga chiqmaganligini asosli deb topib, seshanba kuni ishga kechikib kelganligini progul deb hisoblab, unga xayfsan intizomiy jazo chorasini qo‘lladi.
Vaziyatga O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi asosida huquqiy baho bering.
Javob:
Bizga berilgan yuqoridagi vaziyatga huquqiy jihatdan baxo berar ekanmiz avvalo o’z oldimizga bir necha savollarni qo’yib olishimiz kerak.
Birinchidan, qon topshirgan xodim ishga chiqmasligi huquqiy asosga egami?
Ikkinchidan, xodim keltirgan vajlar o’rinlimi?
Uchinchidan ish beruvchini xaysan berish haqidagi qarori huquqiy asosga egami?
Yuqorida keltirilgan savollarga birin-ketin javob berar ekanmiz avvalo birinchi savolga to’xtalib o’tsak, xodimni qon topshirgandan keyin ishga chiqmaslik huquqi bormi? Albatta, bor. Mehnat kodeksining 167-moddasi 2-qismida Tibbiy tekshiruvdan o‘tadigan kuni va quyish uchun qon topshiradigan kuni xodimlarga sog‘liqni saqlash muassasalariga borishlariga ish beruvchi moneliksiz ruxsat berishi shart. Donorlik qiluvchi xodimlarga har safar quyish uchun qon topshirgan kunning albatta ertasiga dam olish uchun bir kun beriladi. Shunday ekan xodimning qon topshirgan kunning ertasiga ishga chiqmasligi huquqiy asosga ega, lekin bizdagi asosiy muammo xodim qon topshirgan kundan keyin ikkinchi kun ham ishga kech kelishi bo’lmoqda. Xodim qolib ketgan hujjatlarini olib kelish uchungina 4 soat kechikkanini vaj qilb keltirmoqda, lekin ish beruvchi uning vajlariga quloq solmay unga xayfsan intizomiy jazosini qolladi. Aslida qonunchiligimiz bo’yicha intizomiy jazoni faqatgina ish beruvchi qo’llay oladi, bu holatda yana bir narsaga e’tibor qaratishimiz kerak ish beruvchi intizomiy jazo qo’llash to’grisida qaror chiqarish uchun ichki mehnat tartib qoidalarida aynan xodimning ichga muoyyan vaqtda kechikib kelsa, unga intizomiy jazo chorasi qo’llaniladi deb yozilsagina Ish beruvchi intizomiy jazo qo’llashi huquqiy asosga ega bo’ladi. MKning 174-modda. Korxonada mehnat tartibi
Korxonada mehnat tartibi ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlaydigan ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi. Xodimga intizomiy jazo qollashda yana bir narsaga e’tibor qaratishimiz kerak, yani MKning 184-moddasi 2-qismida Mehnat nizosini ko‘rib chiqayotgan organ sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakat qanday vaziyatda yuz berganligini, xodimning oldingi xulq-atvorini, mehnatga bo‘lgan munosabatini, intizomiy jazoning sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakatning og‘irlik darajasiga qanchalik mos kelishini, ish beruvchining intizomiy jazo berish tartibiga rioya qilganligini hisobga olib, xodimga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazoni g‘ayriqonuniy deb topish va uni bekor qilish to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli. Demak demak xodimning avvalgi xulq-atvoriga, bu ish avval sodir etilgan yoki etilmaganiga qarab ish beruvchi unga intizomiy jazo qo’llamasigi ham mumkin. Yuqoridagi holatlarni xisobga olib, birinchidan agar xodim ishga kechikib kelishi ichki mehnat tartib qoidalarida ko’rsatilgan bo’lsa, ish beruvchi barcha holatlarni hisobga olib unga intizomiy jazo qollashi mumkin. Yuqoridagi fikrlarni inobatga olib xulosa qilar ekanmiz xodimga intizomiy jazo qo’llash ish beruvchining huquq hisoblanadi. Xodimga intizomiy jazo qo’llashdan oldin xodimning avvalgi xulq-atvori, korxonadagi faolligini va boshqa holatlarni inobatga olib ish beruvchi o’z huquqidan foydalanmsaligi yoki kam darajada foydalanishi mumkin(masalan, xodimga 1% miqdorda jarima qo’llash).