Nazariy savol-1 To‘liq moddiy javobgarlik va cheklangan moddiy javobgarlik o‘rtasida o‘nta farqni toping?
Javob Moddiy javobgarlik - mehnat huquqi fanida mehnat shartnomasi taraflarining bir-birlariga yetkazgan zararlari qonunda belgilangan miqdor va tartibda qoplash majburiyatidir. Xodim O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida qat'iy belgilangan chegaralar doirasida cheklangan javobgarlikka tortiladi. Mehnat kodeksi me'yorlariga ko’ra to’liq yoki cheklangan moddiy javobgarlik aniqlash kerak. O’zbekiston Respubliksi Mehnat kodeksining 201 va 202-moddalari bilan ikki turdagi javobgarlikni aniqlab olsak bo’ladi. Agar ish beruvchi o'rtacha daromad miqdoridan ko'proq pul undirishni istasa, u sudga murojaat qilish huquqiga ega. Agar tomonlar o'zaro tushunishga erishgan bo'lsa, bo'lib-bo'lib to'lash orqali zararni qoplash mumkin, ammo to'lovlarni amalga oshirish shartlarini belgilovchi shartnomani imzolash kerak. Ikkala tomonning huquqlari hurmat qilinishi uchun hamma narsani tartibga solish muhimdir.
Qounga ko’ra ish beruvchining mulkiga xodim tomonidan zarar yetkazilganda xodim shu zarar uchun moddiy javobgar bo’ladi.O’zbekiston Respublikasining 201-moddasiga ko’ra zarar yetkazgan xodim qoida tariqasida cheklangan moddiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Cheklangan moddiy javobgarlik xodining aybi bilan yetkazilgan zarar qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan eng ko’pidan ortiq bo’lmagan miqdorda zararni qoplashi tushuniladi.Cheklangan moddiy javobgarlikda xodim tomonidan yetkazilgan zararga to’lanadigan pul miqdori xodimning uch oyligidan oshib ketmasligi kerak. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksning 202-moddasida xodimning to’liq moddiy javobgarlik bayon etilgan. Unga ko’ra:
shartnoma asosida xodimga yuklatilgan qimmatliklarning saqlanishini ta’minlamaganlik uchun
bir gallik hujjatlar asosida olingan qmmatliklarning saqlanishini ta’minlamaganlik uchun
Agar xodim ehtiyotizlik qoibatida zarar yetkazgan lekin bu zarar yetkazishda xodim mast holatlarda yoki boshqa holarlarda zararga yetkazilgan bo’lsa xodim to’liq moddiy javobgarlikka tortiladi.Mehnat qonunchiligida voyaga yetmagan xodimlarning moddiy javobgarligini belgilashda qo’shimcha qonun hujjatlar nazarda tutadi.Misol uchun yana bitta farqini aytadigan bo’lsak agar 18 yoshga to’lmagan xodim zarar yetkazsa cheklangan moddiy javobgaarlikka tortiladi, lekin shu zarar yetkazganda xodim mast yoki giyohvand moddalar ta’sirida bo’lgan taqdirda to’liq moddiy javobgarlikka tortiladi. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 202-moddasiga ko’ra voyaga yetmagan xodimlarni ( 18 yoshga to’lmagan xodimlar ) korxona mulkiga zarar yetkizganlik uchun to’liq moddiy javobgarlika tortilishi mumkin bo’lmagan holatlar mavjud, lekin voyaga yetmagan xodimlar to’liq moddiy javobgarlik haqidagi yozma shartnomaga ko’ra,bir gallik hujjat asosida va hamda tijorat sirini oshkor qilganligi uchun to’liq moddiy javogarlikka tortilishi mumkin emas. Cheklangan moddiy javobgarlikning 2 turi mavjud: a) yetkazilga zararga xodimning oʻrtacha oylik ish haqidan oshmaydigan miqdordagi moddiy javobgarlik; b) xodimning ish haqidan oshmaydigan miqdordagi moddiy javobgarlik Toʻliq doddiy javobgarlikda esa xodim tomonidan yetkazilgan zararlar hech qanday cheklashlarsiz toʻliq qoplanadi.