Birinchidan, mazkur holat yuzasidan nazariy jihatlarini yoritish. Ikkinchidan



Download 86 Kb.
bet2/4
Sana27.06.2022
Hajmi86 Kb.
#711095
1   2   3   4
Bog'liq
fpk oraliq 2-semestr

To‘rtinchidan, yuqoridagi holatlar yuzasidan qilingan qisqacha xulosalarni umumlashtirish.
Belgilab olingan yuqoridagi savollar doirasida berilgan masala mantiqiy izchillik tartibida tahlil qilinadi. Demak, masalaga huquqiy baho berishda keltirilgan bosqichlarni alohida tahlil qilgan holda yakuniy xulosaga kelamiz.
Avvalambor, yuqorida keltirilgan kazusda B.U. fuqarolik sudga ariza bilan murojaat qilib, institut rektorining B.U.ni talabalikka qayta tiklashni rad etishda ifodalangan harakatini qonunga xilof deb topish uchun murojaat qilishi, uning konstitutsiyaviy huquqi hisoblanadi. Ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga ko‘ra, “har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi”1 deb qayd etib o‘tilgan. Demak, B.U. o‘zining buzilgan huquqlari yuzasidan fuqarolik sudiga murojaat qilishi konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanmoqda. Mazkur holatdan Fuqarolik protsessual kodeksining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bilan o‘zaro bog‘likni ko‘rishimiz mumkin.
Agar fuqarolarning huquqlari buziladigan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-moddasiga ko‘ra himoya qilinadi. Ya’ni “fuqarolik huquqlari protsessual qonunlar yoki shartnomada belgilab qo‘yilganidek, ishlar qaysi sudga taalluqli bo‘lishiga qarab, sud, iqtisodiy sud yoki hakamlik sudi tomonidan himoya qilinadi” 2. Demak, mazkur holatda Fuqarolik protsessual kodeksi bilan Fuqarolik kodeksiing o‘zaro bo‘liqlik jihatlarini ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari, fuqarolarning huquqlari buzilgan taqdirda yuqorida sanab o‘tilgan sudlar tomonidan ular himoya qilinadi.
Fuqaro B.U.ning o‘zining huquqlarini tiklash uchun sudga murojaat qilish shakliga to‘xtalar ekanmiz, fuqarolik sudiga murojaat qilish shakli haqida O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik-protsessual kodeksi 4-moddasida batafsil to‘xtalib o‘tilgan. Sudga murojaat qilish:
fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha – da’vo arizasi shaklida;
buyruq tartibida ish yuritish bo‘yicha, alohida tartibda yuritiladigan ishlar bo‘yicha, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda – ariza shaklida;
apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudlariga murojaat etilganida – shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi3.
Demak, fuqaro B.U. fuqarolik sudiga ariza shaklida murojaat qilmoqda. Chunki, institut rektorining 2017 yil 22 martdagi 333-sonli buyrug‘i bilan talabalar safidan chetlashtirilgan. Yuqorida ko‘rstib o‘tilganidek, buyruq tartibida chiqarilgan rektorning harakatlaridan norozi bo‘lgan fuqaro ariza shaklidan asosli ravishda foydalangan.
Shuningdek, mazkur holatdagi taraflarga oydinlik kiritib olar ekanmiz, Fuqarolik protsessual kodeksining 39-moddasining birinchi qismida keltirilgan taraflar sifatida ko‘riladi. Taraflarning tarkibi har doim da’vogar va javobgardan iboratdir. Da'vogar — o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan yoinki manfaatini ko‘zlab ish qo‘zg‘atilgan shaxsdir. Javobgar — sud tomonidan da'vogarning buzilgan huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari yuzasidan javob berish uchun jalb qilingan shaxs4.
Demak, yuqoridagi holat bilan bog‘laydigan bo‘lsak, da’vogar sifatida fuqaro B.U.ni ko‘rishimiz mumkin. Chunki, fuqaro B.U. o‘zining buzilgan huquqlarini tiklash uchun harakat qilayotgan shaxs hisoblanadi. institut rektori esa, javobgar shaxs hisoblanadi. Chunki, da’vogarning buzilgan huquqlari yuzasidan javob berish uchun jalb qilingan shaxsdir.
Bundan tashqari, fuqaro B.U.ning arizasining predmeti haqida nazariy jihatdan tahlil qiladigan bo‘lsak, avvalambor arizaning predmetiga oydinlik kiritib olamiz. Arizaning predmeti bu arizada keltirilgan davogarning javobgardan talab qilinayotgan, so‘ralayotgan narsa hisoblanadi. Kazus bilan bog‘laydiga bo‘lsak, arizaning predmeti sifatida fuqaro B.U.ning institut rektoridan buyrug‘ini bekor qilish va o‘qishga qayta tiklash majburiyatini yuklashni so‘rashida namoyon bo‘ladi.
Yuqoridagi holat fuqarolik sudiga tegishlimi degan savolga javob topish uchun birinchi navbatda qaysi ishlar fuqarolik sudiga taalluqligiga oydinlik kiritib olish uchun O‘zbekirston Respubliokasining Fuqarolik protsessual kodeksining 26-moddasiga yuzlanamiz. Ushbu moddaga ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga quyidagi ishlar taalluqlidir:
1) fuqarolik, oila, mehnat, uy-joy, yer to‘g‘risidagi va boshqa munosabatlardan yuzaga keladigan nizolar bo‘yicha ishlar, agar taraflardan hech bo‘lmaganda bittasi fuqaro bo‘lsa, bundan qonunda shunday nizolarni hal qilish boshqa sudlarga yoki boshqa organlarga topshiriladigan hollar mustasno;
2) ushbu Kodeksning 293-moddasida sanab o‘tilgan alohida tartibda yuritiladigan ishlar;
3) ushbu Kodeksning 18-bobida ko‘rsatilgan va buyruq tartibida hal etiladigan ishlar;
4) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi va hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi ishlar;
5) chet davlat sudlarining hamda chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlar.
6) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining ma'muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar fuqarolik sudiga taalluqli deb belgilangan.
Ushbu moddaning 6-bandi 2018-yilning 11-oktabrda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga odil sudlovni amalga oshirish samaradorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi qonuni bilan kiritilgan. Chunki, mazkur o‘zgartirish kiritilishidan avval korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining ma'muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan fuqarolar aytib o‘tilgan holatlar yuzasidan murojaat qilish yuzasidan ko‘p qiyinchiliklarga duch kelishgan.
Demak, B.U. fuqarolik sudga ariza bilan murojaat qilib, institut rektorining B.U.ni talabalikka qayta tiklashni rad etishda ifodalangan harakati fuqarolik sudiga tegishli ekanligini FPKning 26-moddasining 6-bandidan ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, yana shuni aytish mumkinki, fuqaro B.U.ning arizasini fuqarolik sudining birinchi instantsiya sudida ko‘rilishi hamda hal qiluv qarori bilan institut rektorining B.U.ni talabalikka qayta tiklashni rad etishda ifodalangan harakati qonunga zid hisoblanmaydi. Birinchi instantsiya sudining harakatlari FPKning 26-moddasiga ko‘ra to‘g‘ri.
Uchinchi savolga oydinlik kiritadigan bo‘lsak, apellyatsiya instantsiyasi sudi qaror chiqarib, FPKning 124-moddasi 1-bandiga asosan birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilib, ish yuritish tugatgan. Birinchi navbatda fuqarolik sudi qanday hollarda ish yuritishni tugatishiga aniqlik kiritamiz. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 124-moddasida holatlar keltirilgan bo‘lib, ushbu moddaga ko‘ra, sud quyida hollarda ish yuritishni tugatadi, agar:

  1. ish sudga taalluqli bo‘lmasa;

  2. fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, iqtisodiy sudning yoki ma’muriy sudning yohud chet davlat vakolatli sudining ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki da’vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishni qabul qilish to‘g‘risidagi yohud taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimi mavjud bo‘lsa;

  3. da’vogar arz qilingan talablaridan voz kechgan va sud bu voz kechishni qabul qilgan bo‘lsa;

  4. taraflar kelishuv bitimi tuzgan va u sud tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa;

  5. hakamlik sudining ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa, bundan sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etgan hollarda mustasno;

  6. ish bo‘yicha taraflardan biri bo‘lgan fuqaroning vafotidan so‘ng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa;

  7. ish bo‘yicha taraflar bo‘lib qatnashayotgan tashkilot tugatilgan bo‘lsa.

Demak, yuqorida keltirilgan normaga asoslangan holda masalaga oydinlik kiritar ekanmiz, apellyatsiya instansiya sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilishi va holatni fuqarolik ishiga taalluqli emas deb ishni tugatmoqda. Lekin, uning harakatlari asossiz hisoblanadi va FPKning 26-moddasining 6-bandiga zid bo‘lgan harakatni amalga oshirgan. Bundan tashqari, fuqaro B. U. fuqarolik sudiga asosli va to‘g‘ri murojaat etgan. Chunki, oliygohda o‘qish masalalari fuqarolik huquqiga oid munosabat hisoblanadi. Fuqaro B.U. va institut o‘rtasida ta’lim shartnomasi tuzilgan.
Apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori bilan birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori bekor qilinib, arizani qanoatlantirish rad etilgan. Institut davlat ta'lim muassasasi bo‘lsa-da, u ma'muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilot bo‘lib hisoblanmaydi. Agar apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori bilan mazkur ish fuqarolik sudiga taalluqli emas deb topilgan deb, ushbu ishni ma’muriy sudga jo‘natilganda ham, sudlov hay'ati institut va talabalar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ommaviy huquqiy munosabatlar bo‘lib hisoblanmasligi bois, B.U.ning arizasidagi talablar ma'muriy sud sudloviga taalluqli emas degan xulosaga keladi va MSIYutKning 108-moddasining 1-bandiga ko‘ra, sud ish ma'muriy sudga taalluqli bo‘lmasa, ish yuritishni tugatadi5, deb hisoblaydi.
Shuningdek, apellyatsiya instantsiyasi sudining harakatlarini FPKning 377-moddasida protsessual huquq normalarini buzish yoki noto‘g‘ri qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar bilan baholasak bo‘ladi. Chunki, ushbu moddaning quyidagicha tartib belgilangan: “protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi ishning noto‘g‘ri hal etilishiga sabab bo‘lgan yoki sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan taqdirdagina hal qiluv qarorining, ajrimning yoki qarorning bekor qilinishiga asos bo‘lishi keltirilgan va 1-bandiga ko‘ra, “ish sud tomonidan g‘ayriqonuniy tarkibda yoki taalluqlilik to‘g‘risidagi qoidalar buzilgan holda ko‘rilgan bo‘lsa” holat keltirilgan.
Demak, yuqoridagi holatdan ko‘rishimiz mumkinki, apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori 377-moddaning birinchi bandiga asosan bekor qilinadi. Chunki, mazkur moddaning birinchi qismida protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi uchun bekor qilinadi.
Yuqoridagi barcha fikrlarni birlashtirgan holda yakuniy xulosa beradigan bo‘lsak, quyidagicha to‘xtamlarga kelamiz:

Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish