Birinchidan, fuqaro Azimov va “Goodzone” MCHJ o’rtasida ta’lim kredit shartnoma rasmilashtirishi huquqiy asosga egami?
Ikkinchidan, “Goodzone” MCHJ fuqaro azimov bilan tuzilgan shartnomaning foyizini 30% qilib belgilashi asoslimi?
Uchinchidan, ta’lim kredit shartnomasini rasmilashtirish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?
To’rtinchidan, taraflar tomonidan shartnom majburiyatini bajarmasligi qanday huquqiy oqibat kelib chiqadi.
\ Ushbu kazusga yechim berish uchun zarur bo’ladigan quyidagi manbaalarga murojaat qilamiz;
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “ Oliy o’quv yurtlarida to’lov-kontirakt asosida o’qish uchun ta’lim kreditlarini berish to’g’risida” Qaror.
O’zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to’g’risida” Qonuni
Fuqarolik huquqi darslik.
Yuqoridagi muammoli vaziyatga huquqiy yechim berishdan oldin, avvalo, biz kredit shartnomasi tushunchasiga tarf bersak. O’zbekiston respublikasi Fuqorolik kodeksining 744-moddasida quydagicha keltirilgan. Krеdit shartnomasi bo‘yicha bir taraf – bank yoki boshqa krеdit tashkiloti ikkinchi tarafga shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablag‘lari bеrish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to‘lash majburiyatini oladi. Yuqoridagi vaziyatda fuqaro Azimov qarz oluvchi hisoblansa, “Goodzon” kreditor hisoblanadi.
Yuqoridagi muammoli vaziyatga to’xtaladigan bo’lsak, fuqaro Azimov va “Goodzone” MCHJ o’rtasida tuzilgan ta’lim kredit shartnomasi FK 744-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga asoslanadigan bo’lsak, kredit berish bank yoki qonun hujjatlariga muvofiq kredit tashkilotlari bo’lmagan tijorat tashkilotlarining kreditlashini amalga oshirishga yo’l qo’yilgan hollarda kredit shartnomasi qoidalari qo’llaniladi deyilgan. Ushbu normadan ko’rinib turibdiki, bankdan boshqa tijoratchi tashkilotlar kredit bera oladi. Fuqarolik kodekisining 58-moddasida xo’jalik shirkatlari va jamiyatlari to’g’risidagi asosiy qoidalar keltirib o’tilgan. Bunga ko’ra ma’suliyati cheklangan jamiyatlar tijoratchi tashkilotlar deb e’tirof etilgan. Biz yuqoridagi normalarga asoslanadigan bo’lsak, “Goodzone” MCHJ tijoratchi tashkilot qatoriga kiradi. Agar “Goodzone” MCHJ ning ustavida kredit berish vakolati keltirilgan bo’lsa, kredit bera oladi. Ammo, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy o’quv yurtlarida to’lov-kontirakt asosida o’qish uchun ta’lim kreditlarini berish to’g’risida” Qarorining ikkinchi bandiga asosan, ya’ni tijorat banklari tomonidan ta’lim kreditlarini berish ularni qaytarish, to’lovning ta’minlanganligi muddatliligi va ulardan maqsadli foydalanish shartlari asosida amalga oshiriladi deyilgan . Yuqoridagi qarorning uchinchi bandida esa ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo’limlariga to’lov-kontirak asosida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan talabalarning oqishi uchun talabalarning o’zlariga, ularning ota-onalariga yoki vasiylariga berilishi mumkun deyilgan.
Yuqoridagi normativ huquqiy hujjatga asoslanadigan bo’lsak, “Goodzone” MCHJ va fuqaro Azimov o’rtasidagi shartnomani rasmilashtirish huquqiy asosga ega emas. Chunki yuqoridagi normativ huquqiy hujjatda ta’lim kreditini berish tijoratchi banklar tomonidan amalga oshiriladi deyilgan. Shu o’rinda, tijorat bank tushinchasiga oydinlik kiritib ketsak, “Banklar va bank faoliyati to’g’risida” Qonunning 1-moddasiga ko’ra bank — tijorat tashkiloti bo'lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir. Bundan ko’rinib turibdiki, “Goodzone” MCHJ tijoratchi bank emas, FK 62-moddasiga asosan ma’suliyati cheklangan jamiyat shaklidagi tijorat kredit tashkilotdir.
Shu o’rinda, kredit shartnomasi foiz miqdori qanday tartibda hal qilinishiga to’xtaladigan bo’lsak, Fuqarolik kodekisining normalariga asoslanadigan bo’lsak. Krеdit munosabatlari krеdit bеruvchi va krеdit oluvchi o‘rtasida vujudga kеladi. Krеdit munosabatlari quyidagi tamoyillarga amal qiladi:
olingan pul yoki tovarlarning qaytarilishi;
muayyan muddatning bеlgilanishi;
shartnomada bеlgilangan foizlarni to‘lash.
Qonun hujjatlariga muvofiq krеdit tashkilotlari bo‘lmagan tijorat tashkilotlarining krеditlashni amalga oshirishiga yo‘l qo‘yilgan hollarda krеdit shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar bunday tijorat tashkilotlari amalga oshiradigan krеditlash munosabatlariga nisbatan qo‘llanadi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to’g’risida” Qonuning 28-moddasida banklar kredit stavkalari va vositachilik haqqi miqdorini belgilash huquqlari keltirilgan. Bunga ko’ra, bank operatsiyalari bo’yicha foiz stavkalari va vositachilik haqqi miqdaori banklar tomonidan mustaqil belgilanishi aytib o’tilgan. Biz bu normaga asoslanadigan bo’lsak, bank va kredit beruvchi tijoratchi tashkilotlar kredit berish foizini o’zlari mustaqil belgilashni tushunishimiz mumkun. Bundan tashqari, FK 734-moddasiga ko’ra, agar qonunda yoki qarz shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarz beruvchi qarz oluvchidan qarz summasiga shartnomada belgilangan miqdorda va tartibda foizlar olish huquqiga ega bo‘ladi.
Agar qarz shartnomasi bo‘yicha qarz oluvchiga turga xos alomatlari bilan belgilangan ashyolar topshirilsa, ularning miqdori va shakli shartnomada ko‘zda tutilgan hollarda foizlar to‘lanishi kerak.
Foizlar to‘lash tartibi va muddatlari qarz shartnomasi bilan belgilanadi. Agar foizlar to‘lash tartibi va muddatlari shartnomada belgilangan bo‘lmasa, ular asosiy qarzni qaytarish uchun shartnomada nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda to‘lanadi. Yuqoridagi muammoli vaziyatda esa ta’lim kredit shartnomasini foiz miqdorini belgilash “Goodzone’ MCHJ foiz miqdorini mustaqil belgilay olmaydi. Chunki yuqoridagi normaning birinchi qismida agar qonunda nazarda tutilmagan bo’lsa, keyin foiz miqdori belgilanadi deb belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy o’quv yurtlarida to’lov-kontirakt asosida o’qish uchun ta’lim kreditlarini berish to’g’risida” qarorning 5-bandiga asosan ta’lim kreditilari quydagicha beriladi ya’ni chin yetimlarga, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga — nol foiz stavkasida berildi. Talabalarning qolgan toifalariga — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lmagan o‘zgaruvchi foiz stavkalari belgilanadi.
Ta’lim kreditlari bo‘yicha foiz stavkasi va tijorat banklari tomonidan qo‘shiladigan foizlar uchun to‘lovlar miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o‘zgarishiga qarab o‘zgarishi mumkin, bu kredit shartnomasida qayd etilishi kerak. Bugungi kunda Markaziy bankning hisobotiga ko’ra, 2021-yil holatiga ko’ra, qayta moliyalash stavkasi 16 foiz qilib belgilangan.
Bizdagi muommoliy vaziyatda esa , “Goodzone” MCHJ fuqaro Azimov bilan tuzilgan shartnomaning foyizini 30% qilib belgilanganligi uyqoridagi narmativ huquqiy hujjatga zid hisoblanadi.
Shu o’rinda, keying masalaga to’xtaladigan bo’lsak, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy o’quv yurtlarida to’lov-kontirakt asosida o’qish uchun ta’lim kreditlarini berish to’g’risida” qarorning 9-bandiga asaosan quydagicha talqin qilishimiz mumkun. Ta’lim krediti olish uchun qarz oluvchi o’zi yashashydigan joydagi tijorat banklariga murojat qiladi. Bunda qarz oluvchi ta’lim kreditni olish to’g’risida ariza bilan birgalikda talaba va oliy ta’lim muassasasi o’rtasidagi to’lov-kontirak asosida o’qish haqida belgilangan tartibda rasmilashtirilgan shartnoma ya’ni kontirakt shartnomasi bilan taqdim etadi. Bundan tashqari kreditni qaytarishning ta’minlanishi to‘g‘risida hujjatni ham birga topshiradi. Qarz oluvchi imtiyozli ta’lim kreditlari olish uchun u muayyan talablarga mos kelishi zarur ya’ni agar u chin yetim, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi bo’lsa, I va II guruh nogironligi bo’lsa, shuningdek, kam ta’minlangan oiladan ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etsa imtiyozli kredit olishi mumkin. Qarz oluvchi yuqoridagi hujjatlarni bankka taqdim etish bilan ayni vaqtda pasportini shaxsan ko‘rsatadi.
Shuningdek, olingan kredit qaytarilmasligi xavfini oldini olish maqsadida bank qarz oluvchidan quyidagi kredit qaytarilishini ta’minlash shakllaridan birini bankka taqdim etishi lozimligini talab qiladi.
mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlarni garovga qo‘yish;
bankning kafolati;
uchinchi shaxsning kafilligi;
sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmasligi xavfi sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi;
Yuqoridagi hujjatlar taqdim etilgandan so’ng bank qarz oluvchi tomonidan kredit olish uchun taqdim qilingan ariza va boshqa hujjatlarni o‘rganib chiqadi. Agar taqdim etilgan hujjatlar bank talablariga javob bersa, bank, qarz oluvchi va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida kredit shartnomasi tuziladi. Bizga berilgan muammoli vaziyatda kredit foizi 30% qilib belgilangan bu esa yuqoridagi hujjatga asosan huquqiy asosga ega emas.
Shu o’rinda, taraflar tomonidan shartnom majburiyatini bajarmasligi qanday huquqiy oqibatlar olib kelishiga to’xtaladigan bo’lsak, bu muammoliy vaziyatga FK 744- moddas uchinchi qismi bo’yicha javob beramiz. Ya’ni agar ushbu paragirifning qoidalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa va u kredit shartnomasining mohiyatidan kelib chiqmasa, kredit shartnomasi munosabatlariga nisbatan ushbu bobning qoidalari qo’llaniladi. Bu normaga ko’ra kredit munosabatlariga qarz haqidagi qidalarni qo’llash mumkunligi aytilyabdi. Chunki bu kredit shartnomasi talablariga zid kelmaydi va uning moxiyatidan kelib chiqadi. Agar kredit shartnomasi qarz oluvchi tomonidan buzish oqibatlari yuz bersa FK ning 736-moddasi orqali javob beramiz. Agar qonun hujjatlarida yoki qarz shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarz oluvchi qarz summasini vaqtida qaytarmagan hollarda ushbu Kodeksning 734-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar to‘langan bo‘lishidan qat’i nazar, qarz qaytarib berilishi kerak bo‘lgan kundan boshlab to u qarz beruvchiga qaytarib berilgan kungacha bu summa yuzasidan ushbu Kodeksning 327-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan miqdorda foizlar to‘lanishi kerak.
Agar qarz shartnomasida qarzni qismlab qaytarish nazarda tutilgan bo‘lsa, qarz oluvchi qarzning navbatdagi qismini qaytarish uchun belgilangan muddatni buzgan taqdirda, qarz beruvchi qarzning qolgan barcha summasini tegishli foizlar bilan birga muddatidan oldin qaytarishni talab qilishga haqli.
Agar qarz shartnomasida qarz bo‘yicha foizlarni qarzning o‘zini qaytarish muddatidan oldin to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, bu majburiyat buzilgan taqdirda, qarz beruvchi qarz oluvchidan qarz summasini tegishli foizlari bilan birga muddatidan oldin qaytarishni talab qilishga haqli. Agar Azimov kiredit shartnomasini shartlarini vaqtida bajarmagan taqdirda, ushbu norma qo’llanadi, ya’ni tijorat banki qarzning qolgan barcha summasini tegishli foizlar bilan birga muddatidan oldin qaytarishni talab qilishi mumkin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |