Birinchi qism



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/146
Sana14.01.2022
Hajmi1,38 Mb.
#363827
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   146
Bog'liq
U-48rWGvQqHDkHwehLGsrZ-dclnIyRGf

SOG‘INISH
Zo‘r  karvon  yo‘lida  yetim  bo‘tadek, 
Intizor  ko‘zlarda  halqa-halqa  yosh. 
Eng  kichik  zarradan  Yupitergacha 
O‘zing  murabbiysan,  xabar  ber,  quyosh.
Uzilgan  bir  kiprik  abad  yo‘qolmas, 
Shunchalar  mustahkam  xonayi  xurshid, 
Bugun  sabza  bo‘ldi  qishdagi  nafas, 
Hozir  qonda  kezar  ertagi  umid.
Xoki  anjir  tugab,  qovun  g‘arq  pishgan, 
Baxtli  tongotar  chog‘  uni  kuzatdim, 
Bir  mal’un  gulshanga  qadam  qo‘ymishkan, 
Joni  bir  jondoshlar  qolarmidi  jim.
Unda  yetuk  edi  meros  mard  g‘urur, 
Ostonani  o‘pib,  qasamyod  qildi. 
Ukalarin  erkalab  o‘zimday  mag‘rur, 
Ya’ni  obod  uyimni  u  dilshod  qildi.
Iblisning  g‘arazi  bo‘lgan  bu  urush 
Albatta,  yetadi  o‘zin  boshiga. 
O‘g‘lim  omon  keladi,  g‘olib,  muzaffar, 
Gard  ham  qo‘ndirmasdan  qora  qoshiga.
Ne  qilsa  otaman,  meros  hissiyot... 
Jondan  sog‘inishga  uning  haqqi  bor, 
Kutaman  uzoqdan  ko‘rinsa  bir  ot, 
Kelayapti,  deyman  ko‘rinsa  g‘ubor.
...Kechqurun  osh  suzsak,  bir  nasiba  kam, 
Qo‘msayman  birovni  –  allakimimni. 
Doimo  umidim  bardam  bo‘lsa  ham, 
Ba’zan  vasvasalar  bosar  dilimni.
Balki  bir  g‘alat  o‘q  yo  xavf-u  xatar 
Xazinai  umrimdan  yo‘qotdi  olmos... 


180
Yo‘q,  u  o‘lmas,  qadami  olam  yaratar, 
Hayotiy  bu  olam  siz-u  bizga  xos.
Tong  otar  chog‘ida  juda  sog‘inib, 
Bedil  o‘qir  edim,  chiqdi  oftob. 
Loyqa  xayolotlar  chashmaday  tindi, 
Pok-pokiza  yurak  bir  qatra  simob.
O‘rog‘-u  gulqaychi,  istak  ko‘tarib, 
Hovrimni  bosishga  boqqa  jo‘nadim. 
Hasharchi  qo‘shni  qiz  –  uning  sevgani, 
Ma’yus  bosar  edi  orqamdan  odim.
...Dur  bo‘lib  taqilar  yoring  bo‘yniga, 
Sadafday  ko‘zimda  behuda  bu  yosh, 
Ikkoving  ikki  yosh,  labing  labiga 
Qo‘yar.  Vasvasamdan  kuladi  quyosh.
...Sizlarni  keldi,  deb  eshitgan  kuni 
O‘zing  to‘qib  ketgan  katta  savatda 
To‘latib  shaftoli  uzib  chiqaman, 
G‘alaba  kunlari  yaqin  albatta.
Yayov,  ko‘ksim  ochiq,  boshda  shaftoli, 
Xuddi  mo‘ylovingdek  mayin  tuki  bor. 
Har  bitta  shaftoli  misoli  kulgu, 
Shafaqday  nimpushti,  sarin,  beg‘ubor.
Suyganing  labida  reza  ter  kabi, 
Unda  titrab  turar  sabuhiy  shabnam. 
Munchalik  mazani  topa  olmaydi 
Uyquda  tamshangan  chaqaloqlar  ham.
Ye,  o‘g‘lim,  jonginang  salomat  bo‘lsin, 
O‘z  bog‘ing,  o‘z  mevang  danagin  saqla. 
Shu  meros  bog‘ingni  o‘z  qo‘lingga  ol, 
Menga  topshirilgan  merosiy  haq-la.
Bog‘da  tovus  kabi  xiromon  bo‘lib, 
Umid  danagini  birga  ekingiz. 


181
G‘olib  kelajakni  sayr  qilaylik 
Mush

 q  onaginang  bilan  ikkimiz.
1942
Siz  «o‘zbek  onasi»  degan  ibora  anglatadigan  mazmun-mohi-
yatni,  har  qalay,  yaxshi  anglaysiz.  Uni  eshitganingizda  farzandi 
uchun  jonini  berishga  tayyor,  butun 

 kr-zikri  bolasining  baxt-u 
iqboliga  qaratilgan  munis  ayol  qiyofasi  ko‘z  oldingizda  gavda-
lanadi.
Yaxshi  bilasizki,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tashab-
busi  bilan  poytaxt  Toshkentdagi  Mustaqillik  maydonida  Ikkinchi 
jahon  urushi  qurbonlari  xotirasiga  so‘lim  xiyobon  barpo  etilgan. 
O‘zbekona  ayvonlar  bilan  o‘ralgan  Xotira  xiyobonining  to‘rida 
urushga  ketgan  bolasini  intizor  kutayotgan  ona  siymosi  gavda-
lantirilgan.  «O‘zbek  onasi»  tushunchasining  ko‘z  o‘ngimizda 
aniq  reallashuvida  bu  siymo  beqiyos  rol  o‘ynaydi.
Endi  shunga  yaqin  boshqa  bir  tushuncha  to‘g‘risida  o‘ylab 
ko‘raylik.  Bu  –  «o‘zbek  otasi»  tushunchasidir.
Albatta,  bu  iborani  eshitishingiz  bilan  ko‘z  oldingizda  o‘z 
padari  buzrukvoringiz  siymosi  gavdalanishi  bor  gap.  Otangizning 
Sizga  bo‘lgan  e’tibori,  Sizni  boqib  katta  qilish  yo‘lida  qilayot-
gan  mehnatlari,  kun-u  tun  oila  tashvishlari  bilan  band  yurishi... 
bularning  bari  mana  shu  tushunchada  jamuljamdir.
Biroq 
«o‘zbek 
otasi»ning 
bo‘rtma, 
umumiy, 
hamma 
uchun  tanish,  yaxlit  siymosini  aynan  G‘afur  G‘ulom  hozirgi-
na  o‘qiganimiz  «Sog‘inish»  she’rida  aks  ettirgan  desak,  hech 
mubolag‘a  bo‘lmaydi.
Bu  she’rda  otalarimizga  xos  bo‘lgan  jamiki  fazilatlar  o‘zining 
yorqin  ifodasini  topgan.  Ularning  samimiyligi,  jonsarakligi,  har 
doim  ham  oshkor  qilinavermaydigan  farzandga  mehr-u  muhab-
bati,  kuzatuvchanligi,  tantiligi,  andishasi...  barcha-barchasi  shu 
she’rda  namoyon  bo‘ladi.
Asar  misralari  ichra  urushga  ketgan  o‘g‘lidan  bir  mujda  – 
nedir  yaxshi  xabar  kutayotgan  Otaning  bezovta  yuragi  gupil-
lab  urib  turibdi.  Uning  ko‘ngliga  goh  vahima-vasvasa  ko‘lanka 
soladi.  Atrofga  har  kuni  yuzlab  «qoraxat»  qo‘nayotgan  tahlikali 


182
kunlarda  bu  bezovtalikka,  albatta,  o‘rin  bor  –  «Ne  qilsa  ota-
man,  meros  hissiyot...»
Ko‘pchiligingizga  sog‘inch  hissi  hozircha  bir  qadar  uzoqroq 
bo‘lishi  tabiiy.  Negaki,  hozir  ota-onangiz,  aka-ukalaringiz  yoni-
dasiz  –  har  kuni  ularni  ko‘rish,  diydoridan  bahramand  bo‘lish 
imkoniyatingiz  bor.  Lekin  harbiy  xizmatdami,  uzoqroq  xizmat 
safaridami  bo‘lgan  otangiz  yoki  boshqa  qarindoshlaringiz  suh-
batiga  quloq  solsangiz,  ular  uyni,  yaqin  qarindoshlarni,  Vatanni 
qanchalar  qo‘msaganliklarini  hikoya  qilishadi.  Ayniqsa,  tunlari 
oyga  qarab,  «uyimdagi  ota-onam  ham  uni  ko‘rishayotgandir, 
men  ham  qarab  turibman,  demak,  bir-birimizni  ko‘rgandek 
bo‘lyapmiz»,  –  degan  ilinj  mana  shu  sog‘inch  taftini,  biroz 
bo‘lsa-da,  bosadi...
«Sog‘inish»  she’rining  lirik  qahramoni  –  Otaning  sog‘inchi 
shunchalar  zo‘rki,  u  har  bir  narsadan  umidlanadi,  najot  so‘rab 
to  quyoshga  qadar  zorlanadi:
Eng  kichik  zarradan  Yupitergacha 
O‘zing  murabbiysan,  xabar  ber,  quyosh.
She’rning:
Tong  otar  chog‘ida  juda  sog‘inib, 
Bedil  o‘qir  edim,  chiqdi  oftob. 
Loyqa  xayolotlar  chashmaday  tindi, 
Pok-pokiza  yurak  bir  qatra  simob.
degan  bandiga  e’tibor  bering.  Nima  uchun  Ota  sog‘inch  o‘rtagan 
paytlari  aynan  Bedilni  o‘qiydi?  Nega  uni  o‘qigach,  «loyqa  xayo-
lotlar  chashmaday»  tinadi?
Gap  shundaki,  asli  nasli  turkiylardan  bo‘lgan  fors  shoiri 
Bedil  she’riyati  o‘zining  falsa

 y  chuqurligi,  o‘quvchini  o‘tkinchi 
dunyo  g‘am-tashvishlaridan  yuqoriroq  turib 

 krlashga  undashi 
bilan  ajralib  turadi.  Bedil  mutolaasi  Otaga  abadiy  haqiqatlardan, 
o‘lmas  va  yuksak  tuyg‘ulardan  saboq  beradi.  Abdulqodir  Bedil 
she’riyatida,  jumladan,  shunday  misralarni  uchratamiz:


183
Maqomi  zolim  oxir  bar  zaifonast  arzoniy, 
Agar  otash  furu  aftad  baxokistar  dehad  jaro...
(Mazmuni:  Zolimning  maqomi  –  qudrati,  zulmi  oxir-oqibat 
zai

 ashib,  kuchdan  qoladi.  Lovullab  yonayotgan  olov  ham  bir 
kun  kelib  kulga  aylanadi.)
Endi  bu 

 krning  G‘afur  G‘ulom  she’ridagi  ifodasiga  e’tibor 
beraylik:
Iblisning  g‘arazi  bo‘lgan  bu  urush 
Albatta,  yetadi  o‘zin  boshiga... 
Bedilning  Otaga  –  shoirga  bergan  daldasi,  yupanchi,  loyqa 
xayolotlarini  chashmaday  tindirishi  shu  emasmi?
Aytadilarki,  shoirlar  yarim  avliyodirlar.  Bu  qarashning  naqa-
dar  to‘g‘riligini  G‘afur  G‘ulomning  «Sog‘inish»  she’ri  ham  to‘la 
isbotlaydi.
Qarang,  bu  she’r  1942-yilda  yozilyapti.  Urushning  tugashiga 
hali  uch  yil  bor.  O‘zbek  otasi  esa:
...Sizlarni  keldi,  deb  eshitgan  kuni 
O‘zing  to‘qib  ketgan  katta  savatda 
To‘latib  shaftoli  uzib  chiqaman, 
G‘alaba  kunlari  yaqin  albatta.  –
deydi.  Urush  esa  1945-yilning  mayida  tugagan,  unda  tirik  qol-
gan  jangchilar  ayni  shaftoli  pishig‘ida  uylariga  qayta  boshlagan-
lar...
Xulosa  qilib  aytganda,  G‘afur  G‘ulomning  «Sog‘inish»  she’ri 
nafaqat  urush  davri  va  nafaqat  o‘zbek  she’riyati,  balki  insoniyat 
badiiy  tafakkurining  eng  yuksak  cho‘qqilarida  turishga  arzigulik, 
o‘zida  eng  pokiza  insoniy  hislarni  badiiy  mukammal  tarzda  mu-
jassam  etgan  noyob  badiiy  asardir.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish