Birinchi qism



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/146
Sana14.01.2022
Hajmi1,38 Mb.
#363827
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   146
Bog'liq
U-48rWGvQqHDkHwehLGsrZ-dclnIyRGf

Savol va topshiriqlar
1. O‘qituvchingiz yordamida G‘afur G‘ulomning «Sog‘inish» she’ri yozilishiga 
sabab bo‘lgan hayotiy faktni bilib oling.


184
2.  Nima  deb  o‘ylaysiz:  agar  shoirning  o‘z  farzandi  urushga  ketmaganida  bu 
she’r yozilmasligi mumkinmidi?
3.  «Zo‘r  karvon  yo‘lida  yetim  bo‘tadek,  Intizor  ko‘zlarda  halqa-halqa 
yosh»,  –  misralarida  tasvirlangan  manzarani  ko‘z  oldingizga  keltirib,  sinfdosh-
laringizga aytib bering.
4. Ota o‘g‘lini yilning qaysi faslida urushga kuzatganini aniqlash mumkinmi?
5. «Hasharchi – qo‘shni qiz»ning holatini izohlab bering-chi. Nega u «ma’yus 
odim bosadi?»
6. Nima deysiz, «Yayov, ko‘ksim ochiq, boshda shaftoli» satrlarida ifoda etilgan 
ota siymosini «o‘zbek otasi» siymosi sifatida qabul qilish mumkinmi?
7.  She’rning  qaysi  bandlarida  avlodlararo  azaliy  davomiylik  o‘z  ifodasini 
topgan?
8.  «Sog‘inish»  she’rining  umidbaxshligi,  shoirning  kelajakka  bo‘lgan  sobit 
ishonchi to‘g‘risida mulohaza yuriting.
9.  «G‘afur  G‘ulom  she’riyatida  milliy  ruh  ifodasi»  mavzusida  uy  inshosi 
yozing. O‘qituvchingiz yordamida insholar muhokamasini uyushtiring.
VAQT
G‘uncha  ochilguncha  o‘tgan  fursatni 
Kapalak  umriga  qiyos  etgulik, 
Ba’zida  bir  nafas  olgulik  muddat 
Ming  yulduz  so‘nishi  uchun  yetgulik.
Yashash  soatining  oltin  kapgiri 
Har  borib  kelishi  bir  olam  zamon. 
Koinot  shu  damda  o‘z  kurrasidan 
Yasab  chiqa  olur  yangidan  jahon.
Yarim  soat  ichida  tug‘ilib,  o‘sib, 
Yashab,  umr  ko‘rib  o‘tguvchilar  bor. 
Ko‘z  ochib-yumguncha  o‘tgan  dam  –  qimmat, 
Bir  lahza  mazmuni  bir  butun  bahor.
Bir  onning  bahosin  o‘lchamoq  uchun 
Oltindan  tarozu,  olmosdan  tosh  oz. 
Nurlar  qadami-la  chopgan  sekundning 
Barini  tutolmas  ayhannos  ovoz.
Yigit  termiladi  qizning  ko‘ziga, 
Kiprik  suzilishi,  mayin  tabassum... 


185
Qo‘sha  qarimoqqa  muhr  bo‘ladi 
Hayotda  ikki  lab  qovushgan  bir  zum.
Yashash  darbozasi  ostonasidan 
Zarhal  kitob  kabi  ochilur  olam, 
Tiriklik  ko‘rkidir  mehnat,  muhabbat, 
Fursatdir  qilguvchi  aziz,  mukarram.
...Reyxstag  ustiga  g‘alaba  tug‘in 
Qadashda  otilgan  jangchining  o‘qi 
Yalt  etgan  umri-la  barqaror  qildi 
Basharning  muqaddas,  oliy  huquqin.
G‘alaba  amri-la  mag‘lub  nemisning 
Generali  qo‘l  qo‘ydi.  Uch  sekund  faqat... 
Shu  mal’un  imzoda  odamlar  o‘qir 
Million  yil  fashistning  umriga  la’nat.
Aziz  asrimizning  aziz  onlari 
Aziz  odamlardan  so‘raydi  qadrin. 
Fursat  g‘animatdir,  shoh  satrlar-la 
Bezamoq  onidir  umr  daftarin.
Shuhrat  qoldirmoqqa  Gerostratdek 
Diana  ma’budin  yoqmoq  shart  emas. 
Ko‘plarning  baxtiga  o‘znikin  jamlab 
Shu  ulug‘  binoga  bir  g‘isht  qo‘ysak,  bas.
Har  lahza  zamonlar  umridek  uzun, 
Asrlar  taqdiri  lahzalarda  hal. 
Umrdan  o‘tajak  har  lahza  uchun 
Qudratli  qo‘l  bilan  qo‘yaylik  haykal.
Hayot  sharobidan  bir  qultum  yutay, 
Damlar  g‘animatdir,  umrzoq  soqiy. 
Quyosh-ku  falakda  kezib  yuribdi, 
Umrimiz  boqiydir,  umrimiz  boqiy.
1945


186
Urushda  qozonilgan  g‘alaba  to‘g‘risida  har  kim  har  xil  yozi-
shi  tabiiy  hol.  Kimdir  bu  g‘alabani  ko‘tarinki  ohang,  ko‘tarinki 
so‘z  bilan  ifoda  qiladi.  Kimningdir  ichiga  sig‘magan  quvonchi 
g‘alabani  olqishlash  shaklida  qog‘ozga  to‘kiladi.
G‘afur  G‘ulom  ijodiy  tafakkuriga  faylasufona  mulohazakor-
lik,  kichik  tuyulgan  hayotiy  detallardan  katta  umumlashmalar 
yasay  olish  xos  edi.  Bu  noyob  fazilatlar  shoirning  1945-yilda 
fashizm  ustidan  qozonilgan  g‘alaba  munosabati  bilan  yozgan 
«Vaqt»  she’rida  yaqqol  ifodasini  topdi.
Shoir  mazkur  she’rda  lahza(sekund)ning  mohiyatiga  nazar 
tashlaydi.
Darhaqiqat,  yuzaki  qaraganda,  lahza  nima?  Ko‘z  ochib  yum-
guncha  o‘tadigan  fursat.  Go‘yo  e’tiborga,  diqqatga  arzimaydi. 
O‘z  umrini  poyonsiz  deb  o‘ylaydigan  aksariyat  odamlar  uchun 
lahzaning  sariq  chaqalik  qimmati  bo‘lmasligi  ham  mumkin.  Bi-
roq...
Biroq  shoir  ijodiy  tafakkuri  butun  insoniyat  hayoti  –  uning 
quvonch-u  tashvishlari,  hatto  qismati  ham  mana  shu  lahzalarga 
jo  ekanini  favqulodda  misollar  bilan  isbotlab  beradi:
Bir  onning  bahosin  o‘lchamoq  uchun 
Oltindan  taroz-u,  olmosdan  tosh  oz.
Hayotning  abadiy  qonuniyatlarini  anglagan,  his  qilgan  odam 
uchun  behuda  lahzaning  o‘zi  yo‘q  va  bo‘lishi  ham  mumkin 
emas.  Zero,  inson  necha  yil  umr  ko‘rishidan  qat’i  nazar,  bu 
umrning  asosini  mana  shu  lahzalar  tashkil  qiladi.  Buyuk  qah-
ramonliklar  ham,  isnodli  sharmandaliklar  ham  ayni  lahzalar 
oralig‘ida  ro‘y  beradi.  O‘zini,  o‘zligini  unutgan  odam  bir  lahza-
da  yo‘l  qo‘ygan  xatosi,  qo‘rqoqligi,  shijoatsizligi  tufayli  umrbod 
yuzi  qora  bo‘lib  qolishi  hech  gap  emas.  Va  aksincha,  Amir 
Temurdek,  Jaloliddin  Manguberdidek,  Bobur  Mirzodek  bobola-
rimizning  shon-shavkati  aynan  bir  lahzada  qabul  qilgan  qat’iy 
qarorlari,  biror  lahza  unutmaganlari  –  yurtga  sadoqatlari  tufayli 
abadiyatga  daxldor  bo‘ldi.
Endi  ayting-chi,  ular  kabi  jo‘mard  insonlarning  umri,  faoliyati, 
millat taraqqiyotiga qo‘shgan hissalarini oltindan yasalgan tarozi-yu 
olmosdan qilingan tosh bilan o‘lchab bo‘ladimi?!


187
G‘alaba  amri-la  mag‘lub  nemisning 
Generali  qo‘l  qo‘ydi.  Uch  sekund  faqat... 
Shu  mal’un  imzoda  odamlar  o‘qir 
Million  yil  fashistning  umriga  la’nat.
Yanagi  o‘quv  yilida  Siz  Ikkinchi  jahon  urushining  barcha 
tafsilotlari, u keltirgan  kulfatlar to‘g‘risida  batafsil ma’lumot olasiz. 
Hozir esa  shuni  eslatib o‘tamizki,  insoniyat  tarixidagi eng dahshatli 
hodisa  bo‘lgan  bu  urush  70  milliondan  ortiq  kishining  umriga 
zavol  bo‘ldi.  Minglab  shahar  va  qishloqlar,  Yevropa, Afrika,  Osiyo 
qit’asining eng noyob madaniy yodgorliklari shu urush olovida kuyib 
kulga  aylandi.  Qanchadan-qancha  bolalar  o‘z  ota-onalaridan,  ota-
onalar esa farzandlaridan ajrab, hayotlari sarson-sargardonlikda o‘tdi. 
Bu  urush  yetkazgan  jarohatlar  o‘rni  hali-hamon  bitgani  yo‘q.  Hali-
hamon  Yaponiyaga  tashlangan  atom  bombalarining  zahri  avlodlar 
tan-u joniga, atrof-muhitga ozor bermoqda...
Holbuki...
Holbuki,  fashizmning  o‘z  mag‘lubiyatini  tan  olib,  german 
armiyasining  so‘zsiz  taslim  bo‘lishi  to‘g‘risidagi  hujjatga  imzo 
chekishi  uchun  uch  sekund  vaqt  talab  qilindi,  xolos.  Biroq  shu 
uch  sekundga  yetib  kelish  insoniyatga  qanchalar  qimmatga  tush-
ganini  bir  tasavvur  qilib  ko‘ring-a.
Darvoqe,  1939-yil  1-sentabrda  Ikkinchi  jahon  urushini  bosh-
lash  –  Polshaga  hujum  qilish  to‘g‘risidagi  qarorni  qabul  qi lishga 
ham,  balki  uch  sekund  kifoya  qilgandir.
Shoir  dunyoda  shuhrat  qozonmoqning  yo‘llari  ko‘p  ekani,  bi-
roq  bu  yo‘llarning  biri  odamni  sharmandali  shuhratga  olib  kelsa, 
boshqasi  abadiyatga  olib  borishini  quyma  satrlarda  eslatadi:
Shuhrat  qoldirmoqqa  Gerostratdek 
Diana  ma’budin  yoqmoq  shart  emas. 
Darhaqiqat,  o‘z  davrining  buyuk  mutafakkirlari  goh  ilm-fan, 
goh  san’at,  goh  falsafada  ulkan  natijalarga  erishayotganidan  ichi 
kuygan  Gerostrat  degan  kimsa  odamlar  uni  ham  doimiy  yodlab-
yo‘qlab  turishlarini  xohlab  qoladi.  Bunga  arzirli  biror  ish  qo‘lidan 
kelishiga  ko‘zi  yetmay,  ulkan  buzg‘unchilik,  vahshiylikka  qo‘l 
uradi.  Dunyo  arxitekturasining  noyob  namunalaridan  biri  bo‘lgan 


188
Diana  ma’badi  –  ibodatxonasiga  o‘t  qo‘yadi.  Qarabsizki,  hali-
hamon  Gerostratning  nomini  ham  insoniyat  eslashga  majbur.
Lekin  bu  eslov-yo‘qlovning  qimmati  va  ahamiyati  qanchalik? 
Hamma  gap  mana  shunda!
Shukrki,  insoniyatga  xotira  degan  ulkan  saboq  –  xazina  ato  etil-
gan.  U  o‘zining  baxt-u  iqboli  yo‘lida  kurashgan  ulug‘lar  bilan  birga, 
odamzod  tirikligiga  xavf-u  qo‘rqinch  solgan  yovuz  kimsalarni  ham 
unutmaydi.  Ularning  qilmishlari  takrorlanishidan  ogoh  turadi.
Faylasuf  shoir  G‘afur  G‘ulom  o‘zining  mo‘jazgina  asari  – 
«Vaqt»  she’ri  bilan  lahzaga  abadiy  haykal  qo‘ydi,  deb  be malol 
aytsak  bo‘ladi!  Bu  she’r  bag‘riga  jo  bo‘lgan  mantiq  va  ma’no, 
san’at  va  sayqal  ko‘lamini  anglamoq  uchun,  qarangki,  asrlar  tal-
ab  qilinmoqda.  Chinakam  she’riyatning,  adabiyotning  mo‘jizaviy 
qudrati,  balki  mana  shundadir.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish