Savol va topshiriqlar
1. Fitrat va unga zamondosh ijodkorlarning millatparvarlik ruhidagi asarlar
yozishiga sabab bo‘lgan tarixiy hodisalar to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
2. Sho‘ro (sovet) tuzumining dastlabki yillarida o‘zingiz istiqomat qiladigan
hududlarda ro‘y bergan hodisalar to‘g‘risida keksalardan so‘rab, bilib olishga
harakat qiling.
3. O‘z oilangiz taqdirida bu tuzum qanday iz qoldirganini bobo va buvilaringiz
esdaliklari asosida hikoya shakliga keltirib, sinfda o‘qib bering.
4. «Mirrix yulduziga» she’rini yozib e’lon qilish bilan Fitrat qanday maqsadni
ko‘zlagan, deb o‘ylaysiz?
5. «Ikki yuzli ishbuzarlar, shaytonlar» faqat Fitrat zamoniga xos kimsalar edi,
desak, to‘g‘ri bo‘ladimi? Yaqin va uzoq tarixdan olingan misollar bilan
kringizni
isbotlashga harakat qiling.
6. Shoir kimlarni «Qardosh etin to‘ymay yegan qoplonlar»ga o‘xshatyapti?
169
7. Nega bir o‘lka yonsa, kimlarningdir qozoni qaynaydi? Dunyodagi shunday
«tartib»ni adolatli deb hisoblaysizmi? Sizningcha, chinakam adolatli tartib qanday
bo‘ladi?
8. Bugungi kunda ham dunyoning qay bir burchidagi o‘lkalarga o‘t qo‘yib, o‘z
qozonini qaynatishga urinishlar bo‘lyaptimi? Misollar bilan isbotlang-chi!
9. XX asrning 20
–
30-yillarida yaratilgan asarlar orasida «Mirrix yulduziga»
she’riga mazmunan yaqin turadigan yana qanday asarlarni o‘qigansiz?
10. «Mirrix yulduziga» she’rini o‘qishli qilib turgan jihatlar nimalardan iborat?
11. Badiiy asar pafosi deganda nimalar tushunilishi to‘g‘risida o‘qituvchin-
gizdan so‘rab, bilib oling.
O‘GUT
Og‘ir yigit, sening go‘zal, nurli ko‘zingda
Bu millatning saodatin, baxtin o‘qudim.
O‘ylashingda, turishingda hamda o‘zungda
Bu yurt uchun qutulishning borlig‘in ko‘rdim.
Turma – yugur, tinma – tirish, bukilma – yuksal,
Hurkma – kirish, qo‘rqma – yopish, yo‘rilma
1
– qo‘zg‘al!
Yel yo‘lini to‘sib turgan eski bulutlarni
Yondirib qo‘y, yirtib tashla, barchasin yo‘q et.
Qilolmasang shu ishlarni,
Sening uchun xo‘rlikdir bu...
Yiqil, yo‘qol, ket!
Shoirning «O‘gut» she’ri bundan oldin tahlil qilingan «Mir-
rix yulduziga» asarining mantiqiy davomidek yangraydi.
Xo‘sh, buni nimalarda ko‘ramiz?
Guvohi bo‘ldikki, «Mirrix yulduziga» she’rida Turkiston
o‘lkasi XX asr boshlarida tushib qolgan g‘oyat achinarli holat
o‘z ifodasini topgan. Jafokash Vatan vujudiga joylashib olib,
qonini zulukdayin so‘rgan kimsalar kirdikoridan ozorlangan lirik
qahramon xayolan Mirrix yulduziga murojaat etadi. Bu murojaat
boshdan-oyoq achchiq savollardan tashkil topgan. Afsuski, «yeri-
mizning eng qadrli tuqg‘ani» – go‘zal Mirrix ham bu holdan
lol qotgan – sira gapirmaydi, gapirolmaydi. Tabiatan o‘t-olovga
1
Y o‘ r i l m a
–
charchama, o‘tirma.
170
qiyos beriladigan shu yulduz ham yer yuzida bo‘layotgan ado-
latsizliklardan bezib uzoqlarga qochgan...
Shoir «O‘gut»da o‘zi va millati dardlariga najotni topganday
bo‘ladi. Bu najot – xalqning og‘ir-vazmin, mulohazakor, biroq
ko‘zlari yoniq farzandlari – yigitlaridir!
Bu yigitlarning nurli ko‘zlarida shoir millatning ertangi kuni-
ni, baxt-u iqbolini ko‘radi. Zero, har qanday xalqning kelajagi
uning bag‘ridan yetishib chiqajak avlodga, bu avlodning millat
orzularini qanchalik chuqur anglashiga bog‘liqdir. Oradan yil-
lar o‘tib, o‘zbekning boshqa bir iste’dodli ijodkori «Yigitlarga»
degan mashhur she’rni yozadi. Bu she’rdan shunday hikmatli
misra ham o‘rin oladi:
Yigit omon bo‘lsa, xavf-u xatar yo‘q...
(G‘afur G‘ulom)
Yigitning omonligi esa faqat uning sog‘ligi, to‘rt muchasi
butligi bilan o‘lchanmaydi. «Yigitning omonligi» degan tushun-
cha o‘z bag‘riga nihoyatda ko‘p mazmunni, talabni jamlaydi.
Devday yigitlari bo‘laturib, yovga yengilgan – do‘stga zor,
dushmanga xor, nomardga muhtoj bo‘lgan xalqlarni ham juda
ko‘p ko‘rdi bu olam.
Yigitning omonligi – uning imoni butligi, millatga
doyili-
gi, mush
qlarga shafqati, do‘stlarga sadoqati, yorga vafodorligi,
dush manga nafratidir!
Bunday yigitning nigohi ma’nosiz va so‘lg‘in emas, bal-
ki nurga, yog‘duga to‘la bo‘ladi! Bunday o‘g‘lonning tili
ming‘irlashga, g‘iybat-u mayda gapga aylanmaydi. U so‘zlaganida
xalq jon-u dilini berib tinglaydi, uning ortidan ergashadi.
Jo‘mard farzand o‘z or-u nomusini o‘zgaga toptatib, bu
holga bahona izlab o‘tirishdan o‘limni afzal biladi. Chinakam
xalq farzandi uchun millat va mamlakat taqdiri har narsadan
muhimroqdir!
Shoir ayni shunday avlodni ko‘rgandek – najotni topgandek
bo‘ladi. Va yuragi orziqib, bu avlodni shiddatga – harakatga
undaydi:
171
Turma
–
yugur, tinma
–
tirish, bukilma
–
yuksal,
Hurkma
–
kirish, qo‘rqma
–
yopish, yo‘rilma
–
qo‘zg‘al!
Zero, shoirning shoshganicha, shoshtirganicha bor edi. Uni
muvozanatdan chiqargan, qo‘liga qalam, ko‘ngliga olov ber-
gan hodisalar zarracha vijdoni bo‘lgan insonni befarq qoldirishi
mumkin emas! Bu hodisalarning ayrim manzaralari, aytgani-
mizdek, uning «Mirrix yulduziga» she’rida jonli ifodasini top-
gan.
«O‘gut» she’rining sarlavhasi zamirida «pand», «nasihat»,
«maslahat» ma’nolari emas, balki ko‘proq «chaqiruv», «da’vat»,
«uyg‘otish» ma’nolari yotibdi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.
Qolaversa, «og‘ir yigit»ga qaratilgan bu murojaatda bir shoir
iltijosi, da’vatigina emas, bu haroratli ovozda kamida bir mil-
latning asriy istagi, qalb chaqirig‘i eshitilmayaptimi?!
...Qilolmasang shu ishlarni,
Sening uchun xo‘rlikdir bu...
Yiqil, yo‘qol, ket!
Do'stlaringiz bilan baham: |