(Hammada hayajon.)
Ammo, hanuz sulton ekanman,
Saltanatning muhri mening qo‘limda ekan,
Buyurishga hali borkan salohiyatim,
Bu mansabda qilib qo‘yay so‘nggi yaxshilik.
Aziz o‘g‘lim, Ali Qushchi, olgin qalamni,
Farmoyish yoz!
Sakkokiy
(o‘z-o‘ziga)
O‘g‘illardan yalchimagan, benasib padar,
O‘z shogirdin o‘g‘il deya topar tasalli.
U l u g‘ b e k
Amir Temur himmatidin Ulug‘bek so‘zim:
Avaxtadan bo‘shatilsin Piri Zindoniy!
Tayyorlab ber!
Abdurazzoq
Kim ekan bu Piri Zindoniy?
(Sekin)
Shayxulislom hazratlari, siz bilasizmi?
10
Shayxulislom
Bunda yotgan eng ashaddiy sarbadorlardan...
Abdurazzoq
Davlatpanoh, sarbadorlar qissasin o‘zim
Eshitganman tarixnavis Ho
z Abrudan.
Sohibqiron o‘zi unga naql etgan emish.
O‘ylashimcha, sarbadorlar chin inson bo‘lgan.
Haq yo‘lida, xalq yo‘lida bosh qo‘ygan ular,
Halol, rostgo‘y fuqarolar ekan hammasi.
U l u g‘ b e k
Bu gaplar rost... Ammo taxtga dushman ekanlar.
Shu tufayli bandda ko‘rib uni, tanishib –
Avaxtada qolsin dedi sulton Ulug‘bek.
Hozir esa, men qutulib taxt havasidan,
U odamga ozodlikni qaytib beraman.
Shohlar zulmin toki, olim qilolgay bekor...
Ali Qushchi, farmoyishni yozib bo‘ldingmi?
Bergin menga!
(Ko‘zdan kechirib)
Farmonlarga oxirgi imzom!
(Farmonga imzo va muhr qo‘yadi.)
Ali Qushchi, Abdurazzoq, mehribon do‘stlar!
(Farmonni ularning qo‘liga berib)
Siz zindondan olib chiqing u bechorani.
Qarorimni men g‘animga aytishim bilan
Samarqandning qurshovi ham tugatiladi.
Hayallamay, Xurosonga yo‘lga chiqingiz.
Ali Qushchi, to‘plab mening asarlarimni –
11
Hirotga elt. Zindon pirin topshirgaysizlar
Jomiy bilan shoir Lut
y panohlariga.
Sizga ruxsat, tez va puxta tayyorlaningiz.
Zamonada inobat-u ishonch qolmadi,
Mendan keyin bu shaharda sizlarga kun yo‘q.
Sizga hamroh bo‘lib borgay bizning Berdiyor.
U ko‘p jasur, sadoqatli, yo‘l bilag‘on, sho‘x.
Qismat bo‘lsa ko‘rishgaymiz!
Qabulxonaga Devonbegi ketidan Abdullatif,
Xo‘ja Ahror, Qozi Miskin va yana bir necha imom va muftilar
kirib kelib parda orqasida to‘xtaydilar. Devonbegi ichkari kiradi.
U l u g‘ b e k
Amir Temur himmatidin Ulug‘bek so‘zim:
Mamlakatning oromini nazarda tutib,
Nizolarga barham bermoq niyati bilan...
Qaror qildik: Amir Temur poytaxtida biz
Uning bizga meros qo‘ygan oltin tojini
Boshimizdan bilkulliya olib qo‘ymoqqa!
(Boshidan oltin tojni olib mahram tutgan oltin barkashga qo‘yadi.)
Bir zamonlar yetti iqlim xazinalari
Xiroj bergan bu toj endi hukmin yo‘qotdi!
Abdullatif guruhida bosiq holda quvonch holatlari ko‘rinadi. Xo‘ja
Ahror qo‘llarini osmonga ko‘tarib, Xudoga hamd-u sano qiladi.
Ammo, buning shartlari bor. Eshitasizmi?
Qozi Miskin
Eshitamiz.
U l u g‘ b e k
Mamlakatda
tna-yu fasod
Butunicha tugatilishi, bitishi lozim.
Rozimilar bu shartimga?
12
Qozi Miskin
Rozimiz, ma’qul.
U l u g‘ b e k
Qo‘ni-qo‘shni o‘lkalarga bosqinlar qilib,
Naslimizga yog‘ilmasin qarg‘ish va la’nat.
Bu shartimga ahli parda rozimi?
Qozi Miskin
Do'stlaringiz bilan baham: |