NIL VA RIM
(Tarix kitobidan)
I
Lampam yonur... Yaralangan qanotday og‘ir
O‘y bosadi. Yuragimda go‘yo sel yog‘ir.
Qiynalaman. Tirishaman. Hushim parishon
O‘tmish, hozir va kelajak ko‘rinur har on.
Tirishaman, butun kuchim ko‘zimga kelar,
Chirog‘imga parvonadek urinar yillar –
To‘rt atro
m to‘lib ketar kuygan qanotga...
Xayolimda: katta sahro, men minib otga –
Shamoldan tez, bulutlardan yengil chopaman;
Kuyib tushgan har qanotdan bir jon topaman.
Termilaman o‘lik ko‘zga (nega qo‘rqayin?).
Barchasidan o‘yib olib ko‘zining oyin –
Termilaman: qichqiradi yillar, odamlar,
Eshitilar menga ular bosgan qadamlar...
32
II
Sariq qumlar orasidan qon rangli quyosh —
Ko‘tarilar. Nil oqadir – qullar to‘kkan yosh.
Faryodlarga chidolmaydi yer bilan osmon,
Ro qayerda? Azirisa? Qiynaydi Tifon!
1
Kimga yig‘lab, kimdan madad kutsin bemor qul?
Erki qulfdir, hayoti qulf, bor xudolar qulf!
Kosasida suv yo‘q, quruq xaltasi: non yo‘q!
Botayotgan quyosh kabi rangida qon yo‘q.
Ko‘zida ko‘z yo‘q, belida bel yo‘q, hayhot!
Fir’avn
2
uni chumoliday ezadi: voy dod!..
Fir’avnning hukmi qattiq,
r’avn – xo‘jayin,
Xudolarga u manzurdir, hayoti tayin.
Neki qilsa, o‘zi bilur, o‘zi hukmron,
Misr bo‘ylab Nil oqadur – “qullar to‘kkan qon!”
III
To Minisdan Ramzesgacha, Ramzesdan nari
“Malika qiz” – Kleopatra
3
hukmron davri.
Undan tortib... yana uzoq, yana ko‘p yillar
Xarsang bilan yotqizilgan necha ming yo‘llar.
Ko‘zyoshidan, dil toshidan qurilgan haykal
Mag‘rur turar, mag‘rur boqar; hech biron mahal
Na odamdan, na zamondan qo‘rqmas asti u.
G‘azabini yutib o‘lgan qullar dasti bu!
Qullar... (Menman u qullarning o‘lmas avlodi,
Mana menman, u qullarning hech so‘nmas yodi,
Mana menman, falaklarga lov-lov o‘t qo‘yib,
Otalarimning boshidan poydevor uyib,
Ozodligim obidasin qurgan insonman!
O‘sha jonman, o‘sha qonman va o‘sha shonman!)
IV
Otim uchar (xayolimda) oldinga doim,
Avval bahor osmonidek
4
yig‘lar gado Rim.
Emchagida bir tomizim suti yo‘q ona
1
Ro, Azirisa, Tifon – qadimgi misrliklar tushunchasidagi xudolar nomi.
2
Fir’avn – qadimgi Misr davlatini boshqargan hukmdor.
3
Minis, Ramzes, Kleopatra – quldorlik davri Misr hukmdorlari.
4
Avval bahor osmonidek... – erta bahor osmonidek.
33
Go‘dagini tosh ostiga bostirdi, ana!
O‘lim yaxshi, odam agar shunday xor bo‘lsa!
Bir parcha non nima o‘zi! Shunga zor bo‘lsa!
Nahot, chaqmoq yondirmaydi butun ochunni?
1
Kul gardiday umr – tog‘day kulfat uchunmi?
Javob bergin menga, zakki qadimgi Homer
2
,
Ko‘zyoshi-yu qonga rostdan tashnami bu – yer?
Qo‘y, yaxshi chol! Ko‘nglim to‘ldi, gaplashamiz so‘ng,
Bu nimasi? Eshitasanmi, og‘ir, hazin mung?
Hamon yig‘lar yalang‘och Rim, hamon dil ezar,
Hamon tilla qadahda qon ichar Sezar!
3
V
Rim ustida shamsiyadek tumanli osmon,
Katta sirkka sig‘ishmasdan qaynar olomon:
“Odam bilan hayvon o‘yin ko‘rsatar emish...”
(Bunday qiliq bizning uchun qandayin erish!..)
Tishlarini irjaytirib bo‘kirgan yo‘lbars
To‘rt tarafga tashlanadi, talpinib lars-lars.
Och ko‘zlari qonga to‘lgan, sakrab o‘ynaydi...
O, bechora, qoch! U seni tirik qo‘ymaydi!
Ana! Ana, tirnog‘ini nishlab kelar u,
Changal soldi! Xalq o‘rnidan birdan turdi duv...
Chapak chaldi. “Ey, ahmoq Rim, sevinma qonga!
Bundan boshqa xo‘rlik bormi, axir, insonga?” –
Dedi, parcha-parcha bo‘lgan gladiator.
Rim – o‘yindan o‘lim kutgan jinni teatr!
VI
Issiq izlar... hamon u isyondan is bordek,
Bulutlarning orasinda yurar Spartak
4
.
Osmon – qalqon, kamon yoyi – chaqmoq, yonar o‘t,
Zulm uchun yig‘i,
g‘on va erksizlik sud.
5
1
Ochun – dunyo, olam.
2
Homer – qadimgi yunon shoiri, ko‘zi tug‘ma ojiz bo‘lgan.
3
Sezar – Rim imperiyasini boshqargan hukmdor.
4
Spartak – Rim quldorlik tuzumiga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonning
rahbari, o‘zi ham qul bo‘lgan.
5
Sud – ma’no, mohiyat.
34
Javob bersin. A
otunmi
1
, Vergiliymi
2
, yo –
Boshqa biri, qani kim? Kim mard? Kim guvoh?
Ki, tun qancha qora bo‘lsa, oy shuncha yorug‘!
Spartakning lashkarlari hali ham borur.
Mana menman, u isyonning o‘lmas avlodi,
Mana menman, u qullarning hech so‘nmas yodi.
Mana menman, falaklarga lov-lov o‘t qo‘yib,
Otalarimning boshidan poydevor uyib,
Kelajagim obidasin qurgan insonman!
O‘sha jonman, o‘sha qonman va o‘sha shonman!!!
1935
Avvalo, Usmon Nosir bu she’riga nima uchun “Nil va Rim”
deb sarlavha qo‘ygani bilan qiziqaylik.
Avvalgi sin
arda “Jahon tarixi” darslaridan quldorlik davriga
oid voqealarni o‘rgangan edingiz. Yodingizda bo‘lsa, markazi
hozirgi Italiya davlatining poytaxti Rim shahrida bo‘lgan ulkan
imperiya jahonning ko‘plab mamlakat larini bosib olib, ularning
xalqini qul qilgan edi. Misrda bo‘lsa,
r’avnlar o‘zlarini yerdagi
Xudo hisoblab, o‘z xalqi va atrof-javonibdagi odamlarga uy hay-
vonlaridek mu no sabatda bo‘lishni odat qilgandilar. Bu quldorlik
davlatlarida inson umrining sariq chaqalik qadri bo‘lmay, o‘n
minglab, yuz minglab kishilar umri imperiyalarning o‘zaro be-
samar urushlari oloviga tashlanardi. Bu urushlarda asir tushgan
odamlar qul bozorlarida sotilar, ularning keyingi taqdiri bilan
hech kimning ishi – tashvishi bo‘lmasdi. Qul egasi uni xohla-
gancha ishlatar, xo‘rlar, ko‘ngilochdi olishuvlarga solar, yoqmay
qolsa, o‘ldirib yuborish ham uning ixtiyorida bo‘lar edi.
Har qalay, ko‘pchiligingiz G‘arb kinoijodkorlari tomonidan
yaratilgan “Spartak”, “Kleopatra” (bir necha variantlari bor!),
“Gladiator” singari
lmlarni tomosha qilgansiz. Ko‘rgansizki, bir
tomonda oltin va durlarga ko‘milib yotgan hukmronlar, ularning
sut va gul suviga cho‘milayotgan o‘nlab ayollari. Boshqa to-
monda bo‘lsa, janglarda olgan jarohatlari qurtlab ketgan, och-
1
A
otun (Platon) – qadimgi yunon faylasu
.
2
Vergiliy – qadimgi yunon lirik shoiri.
35
likdan va xorlikdan labi gezarib, “Non!” deya, “Non!” deya
surinib kechayotgan” (G‘afur G‘ulom), gardaniga temir zanjir
quyilgan o‘n minglab qullar...
Tarix hikoyalarini qalbdan his qilib o‘qigan va o‘z zamonasi-
da ham qullikning, inson xo‘rligining turli ko‘rinishlarini kuza-
tayotgan 23 yoshli shoir tasavvurida goh qullar ko‘zyoshidan
to‘lgan Nil, goh “o‘yindan o‘lim kutgan jinni teatr” – Rim
gavdalanaveradi:
Chirog‘imga parvonadek urinar yillar –
To‘rt atro
m to‘lib ketar kuygan qanotga...
Bu tarix kitobida zarvaraq bir yoqda tursin, oq varaq ham
yo‘q. Milt etgan yorug‘likka tashna bu yillar parvonadek o‘zini
chiroqqa uradi, baribir qismati yo‘qlik – kul...
Asarning II qismidagi tasvirlarga e’tibor beraylik. Uning
birinchi misrasida “Sariq qumlar orasidan qon rangli quyosh –
ko‘tarilar”, deyiladi. Boshqa bir misrada esa “Botayotgan qu-
yosh kabi rangida qon yo‘q”, – degan o‘xshatish ishlatiladi.
Agar tabiatga – yozda quyoshning chiqishi va botishiga
razm solsak, aslida, buning aksiga guvoh bo‘lamiz. Quyosh
ko‘tarilayotganda anchagina rangsiz, botayotganida esa qip-qizil
rangga bo‘yaladi. (Bundan keyin mutolaa qiladiganimiz “Mono-
log” she’rida shoir, darhaqiqat, “Ufqdan botar quyoshni Shart
kesilgan boshga o‘xshatdim”, – deydi!)
Endi savol tug‘iladi: nima, Usmon Nosir “Nil va Rim”da
mantiqsizlikka, noaniqlikka yo‘l qo‘yganmi?
Mutlaqo!
Hamma gap shundaki, shoir o‘zi la’natlayotgan davrda ha-
yot, tiriklik mantig‘i, insoniy turmush tarzining oyog‘i osmon-
dan kel tirilganini mana shu “g‘alati o‘xshatish”lar orqali ham
bo‘rttirib ifo dalaydi.
Fir’avnlarning qabri bo‘lmish Misr ehromlari, bu mamlakat-
dagi ulkan tosh haykallari, mana necha asrlarki, “na odamdan,
na zamondan qo‘rqadi”. Ular shu qadar mustahkam, shu qadar
chidamli.
36
Holbuki, shoir nazarida, bularning bari “G‘azabini yutib
o‘lgan qullar dasti”dir. Xo‘rlik, nochorlik, alamli hayot og‘riq-
lariga qarshi mahkam tugilgan inson mushti ular!
Usmon Nosirning sevimli ustozi, safdoshi Cho‘lpon insonga
murojaat etib: “Bo‘yin egma, kishan kiyma, ki, sen ham hur
tug‘ulg‘onsen!” – degan edi.
Darhaqiqat, inson bolasi yaralibdiki, qullikka, erksizlikka,
mutelikka qarshi kurashib keladi. Tabiatan erk farzandi bo‘lgan
shoir uchun o‘zidan minglab yillar ilgari o‘tgan insonlar qis-
mati ham begona emas. U erksizlikning har bir qurbonini o‘z
tug‘ishganiday ko‘radi, zolimlardan ularning xunini so‘raydi.
Asarda naqarotdek ikki bor qaytarilgan, “Mana menman, u
isyonning o‘lmas avlodi...” – deya boshlanuvchi
doyi hayqiriq,
go‘yo Usmon Nosirning o‘zini kutayotgan og‘ir erksizlik, sur-
gun zulmatlariga oldindan ko‘tarilgan isyondek yangraydi!
Do'stlaringiz bilan baham: |