Birinchi qism



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/146
Sana14.01.2022
Hajmi1,38 Mb.
#363827
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   146
Bog'liq
U-48rWGvQqHDkHwehLGsrZ-dclnIyRGf

Nazariy ma’lumot
TRAGEDIYA (FOJIA)
Tragediya  adabiyotning  dramatik  tur  janrlaridan  biri  bo‘lib, 
uning  lug‘aviy  ma’nosi  yunoncha  tragos  –  echki,  ode  –  qo‘shiq; 
tragediya  –  echki  qo‘shig‘i  ma’nosini  anglatadi.  Echki  qayoqda-
yu,  fojiali  sahna  asari  qayoqda,  deb  o‘ylashingiz  mumkin.  Asli-
da,  yuqoridagi  so‘zlarning  zamirida  haqiqatga  yaqin  ma’no  bor: 
qadim  yunonlarda  hosil  xudosi  Dionis  shara

 ga  xalq  bayram-
lari  o‘tkazilgan.  Bu  bayramlarda  echkilar  so‘yilib  dasturxonga 
tortilgan.  Qiziqchilar  esa  echki  terilarini  yopinib,  turli  sahna  to-
moshalarini  ko‘rsatishgan.  Bunday  jaydari  qiziqchilarni  tragoslar 
deyishgan.  Keyinchalik  bu  so‘z  oqibati  fojia  bilan  tugaydigan 
sahna  asarlariga  nisbatan  qo‘llanila  boshlagan.
Tragik  asar,  ya’ni  tragediyaning  boshqa  sahna  asarlari  (ko-
mediya,  drama,  monodrama,  intermediya)dan  farqi  shundaki,  u 
qahramonlar  o‘rtasidagi  kuchli  ziddiyatlar  asosiga  quriladi,  qah-
ramonlar  taqdiri  fojia  bilan  yakun  topadi,  ular  o‘rtasidagi  ziddi-
yat  shiddatli  va  keskin  tus  oladi.  Fojiiy  asar  qahramonlar  xarak-
terining  yorqinligi,  ichki  kolliziya  (qarama-qarshilik,  to‘qnashuv) 
kuchliligi,  personajlar  o‘rtasidagi  kon

 iktning  o‘ta  kuchli  ekan-
ligi  bilan  farqlanadi.  Tragediya  murosasiz  kurash,  g‘oyatda  kes-
kin  ziddiyat  zaminiga  quriladi.  Bunday  asar  asnosida  kishilar 
qismati  shiddatli,  suronli  siyosiy  voqealar,  turli  ijtimoiy,  shaxsiy 
qarashlar  kurashi  fonida  ko‘rsatiladi.


25
Siz  o‘qib-o‘rgangan  “Mirzo  Ulug‘bek”  fojiasidagi  voqealarni 
esga  olsak,  bunga  ishonch  hosil  qilamiz.  Asar  buyuk  olim  va 
hukmdor  Mirzo  Ulug‘bekning  o‘limi  bilan  tugasa-da,  undagi 
optimistik  ruh  kishiga  dalda  beradi.  Ali  Qushchining  trage-
diya  nihoyasidagi  kelajak ka  ishonch,  yaxshi  kunlar  umidi  bilan 
yo‘g‘rilgan  quyidagi  so‘zlari 

 krimizning  dalilidir:
Koinotning  chamaniga  ochgan  yo‘limiz 
Yo‘lchilarsiz  qolmas,  biling,  aziz  muallim! 
Orta  borar  yulduz  soni  jadvalingizda, 
Qoningizdan  o‘sib  chiqar  shodlik  gullari.
Yevropada  tragediya  uyg‘onish  va  undan  keyingi  davrlar-
da  ham  keng  rivojlandi.  Ispan  dramaturglari  Lope  de  Vega, 
Kalderon,  ingliz  yozuvchisi  V.  Shekspir,  nemis  dramaturglari 
Gyote,  Shiller,  rus  shoiri  A.S.  Pushkin  kabilar  bu  sohada  sa-
marali  qalam  tebratdilar.  Ular  yaratgan  “Otello”,  “Gamlet”,  “Ro-
meo  va  Julyetta”,  “Boris  Godunov”  kabi  tragediyalar  bugungi 
kunda  jahon  teatrlari  sahnalarida  qayta-qayta  o‘ynalmoqda.
O‘zbek  adabiyotida  tragediyaning  go‘zal  namunalari  Mah-
mud xo‘ja  Behbudiy  –  “Padarkush”  (1911),  Abdurauf  Fitrat  – 
“Abulfayz xon”  (1926),  Maqsud  Shayxzoda  –  “Jaloliddin  Man-
guberdi”  (1944),  “Mirzo  Ulug‘bek”  (1961)  tomonidan  yaratildi. 
Ushbu  asarlar  o‘zbek  sahna  madaniyatining  haqiqiy  durdona-
lariga  aylandi.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish