Birinchi qism



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/146
Sana14.01.2022
Hajmi1,38 Mb.
#363827
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   146
Bog'liq
U-48rWGvQqHDkHwehLGsrZ-dclnIyRGf

“CHINOR” ROMANI
Asqad  Muxtor  romanlari  ichida,  ayniqsa,  “Chinor”  asari 
muallifga  katta  shuhrat  keltirgan.  Bu  asar  o‘ziga  qadar  yaratil-
gan  o‘zbek  romanlaridan  bir  necha  jihatlari  bilan  ajralib  turadi.
Avvalo,  romanning  kompozitsion  tuzilishi  –  asar  voqea-
hodisa larining  o‘zaro  shaklan  joylashuvi  boshqa  asarlardan  kes-
kin  farq  qiladi.  Unda  go‘yo  bir-biri  bilan  bog‘lanmaydigan  qator 
hikoyalar,  rivoyatlar,  hatto  qissalar  aralash  tartibda  kelaveradi. 
Ularda  tasvirlangan  voqea-hodisalar  ham  zamon,  vaqt  nuqtayi 
nazaridan  izchil  tizimga  bo‘ysunmaydi.  Masalan,  roman  yaratil-
gan  davr  (o‘tgan  asrning  60-yillari)  hodisalari  hikoya  qilib  bo-
rilib,  birdaniga  asrning  boshida  yuz  bergan  fojialar  tafsilotiga 
o‘rin  beriladi.
Aytishimiz  kerakki,  bu  “g‘alatilik”  faqat  tashqi  tomondan  – 
yuzaki  qaragandagina  shundaydir.  Aslida,  romanga  jalb  etilgan 
barcha  katta-kichik  insoniy  taqdirlar  asar  markazida  turuvchi 
obraz  –  93  yoshli  Ochil  bobo  taqdiriga  borib  bog‘lanadi.
Romanning  boshida  butun  yurtga  tarqab  ketgan  uzoq-yaqin 
qarindoshlaridan  xabar  olgani  otlangan  Ochil  boboga  qo‘shilishib 
muallif  (demak,  o‘quvchi  ham!)  olis  safarga  chiqadi.  Mana  shu 
o‘ta  qiziqarli  va  ibratli  safar  asnosida  bobo  peshanalaridagi 
ajinlar  singari  bir-biriga  ulanib  ketgan  insoniy  taqdirlar  haqidagi 
goh  shirin,  goh  achchiq  hikoyalarga  oshno  tutinasiz.
Bu  taqdirlar  bir-birlari  bilan  Ochil  bobo  orqali  bog‘lanib, 
yagona  shajarani  –  azim  Chinorni  vujudga  keltiradi.


44
Bu  romandan  o‘rin  olgan  hikoya  va  qissalar,  ko‘p  asarlarda 
bo‘lgani  singari,  albatta,  yaxshilik  bilan,  ezgulikning  yovuzlik 
ustidan  qozonadigan  g‘alabasi  bilan  tugayvermaydi.  Asarda  o‘nlab 
insonlar  taqdiri  borki,  shafqatsiz  va  chigal  hayot  bo‘roni  ularni 
xuddi  cho‘ldagi  bir  uyum  xashak  singari  sarson-sargardon  qiladi.
Adib  qahramonlar  taqdiriga  behuda  aralashish,  ularni  “to‘g‘ri 
yo‘lga  solib  yuborish”dan  o‘zini  tiyadi.  Ortiqcha  hayajon, 
chuchmal  emotsionallik  Asqad  Muxtor  uslubiga  mutlaqo  yot 
ekani  “Chinor”  romanida  yaqqol  o‘zini  ko‘rsatgandi.  Bu  jihat-
dan,  yozuvchi  yosh ligidan  o‘qib-o‘rgangani  rus  va  g‘arb  ada-
biyoti  tamoyillarini  milliy  adabiyotimiz  maydonida  ham  dadil 
qo‘llashdan  cho‘chimaganiga  guvoh  bo‘lamiz.  Hozirgi  paytda 
o‘zbek  adabiyotshunosligida  ko‘p  tilga  olinayotgan  “shafqatsiz 
realizm”  ko‘rinishlarini  Asqad  Muxtor  o‘tgan  asrning  60-yillari-
dayoq  romanchiligimizga  olib  kirgani  ham  uning  ijodiy  tashab-
buskorligi  (novatorligi)dan  yana  bir  nishonadir...
Endi,  Ochil  bobo  –  Chinor  shajarasida  unib  qolgan  ana 
shunday  “mo‘rt  bir  barg”  –  Akbarali  ismli  konchi  yigit  taqdiri-
dan  hikoya  qiluvchi  mungli  qissani  birgalikda  o‘qiylik-da,  keyin 
suhbatimizni  davom  ettiraylik.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish