TUYUQLAR
Ko‘ngluma har yonki boqsam,
dog‘i bor,
Har necha dardimni desam,
dog‘i bor
.
Qilcha tanga bori ishqing yor edi,
Bir sori bo‘ldi
roqing,
dog‘i bor
.
Tuyuqni tushunib, undan zavq olish uchun, avvalo, mis-
ralar zamiridagi ma’nolarni obdon anglab olish lozim. Chunki
qo
yalar da kelgan bir shakldagi so‘zlar yoxud so‘zlar turkumi
anglatgan ma’nolar bir-biridan farq qilgani sababli tajnis yuzaga
kelgan. Agar o‘quvchi aynan bir xil shakldagi so‘zlar yoxud
so‘zlar turkumidagi ma’nolarni ajratib ola bilmasa, asar o‘z
vazifasini o‘tamagan, muallifning maqsadi amalga oshmay qol-
gan bo‘lib chiqadi.
Shu jihatdan ushbu tuyuqning qo
yalarida quyidagi ma’nolar
yashirin:
– dog‘i bor – dog‘i bor;
– dog‘i bor – otashi bor;
– dog‘i bor – yana
(tag‘in)
bor.
Natijada tuyuqdan mana bunday talqin kelib chiqadi:
Ko‘nglimga har tarafdan boqsam, dog‘i bor, har qancha
dardimni aytsam, otashi bor. Qildekkina tanamga bori ishqing
yor edi,
roqing
(sendan ayriliq)
bir taraf bo‘ldi, yana bor.
Uchinchi misrada ham
«bori»
so‘zi bekorga ishlatilmagan.
1
K a l o m – so‘z.
2
Sh a b g i r – tong, sahar.
88
* * *
Men sening ilkingdin, ey
dil, bandamen,
Vah, qachon yetkaymen ul
dilbanda men.
Bevafolarg‘a meni qilding asir,
Sen menga sultonsen, ey
dil, banda men.
Ushbu tuyuqda, odatdagidek, tajnisli so‘zlar qo
ya bo‘lib
kelgan va ular quyidagi ma’nolarni anglatadi:
– dil, bandamen – yurak,
(men)
bandaman
(bog‘lanib qol-
ganman);
– dilbanda men – dilbandga men;
– dil, banda men – yurak, banda men
(man)
.
Misralar talqin etilsa, quyidagicha ma’no kelib chiqadi:
– Men sening dastingdan, ey dil, bandaman
(bog‘lanib qol-
ganman), vah, men qachon u dilbandga yetgayman?
Meni bevafolarga asir qilding, sen menga sultonsan, ey dil,
banda
(fuqaro) –
men
.
* * *
Charxi kajraftor elidin
yozamen,
Chiqmadim hijron qishidin
yoza men.
Bir meni yorliq bila yod etmas ul,
Har necha ul shahg‘a qulluq
yozamen.
Bu tuyuqda quyidagi tajnislarga duch kelamiz:
– yozamen – yozg‘iraman
(shikoyat qilaman);
– yoza men – yozga men;
– yozamen – yozaman
(bitaman).
Satrlar ketma-ketligi asosida talqin etilganda quyidagicha
krlar ilgari surilgani ma’lum bo‘ladi:
Charxi kajraftor
(egri aylanuvchi charx, zamon)
elidan noro-
ziman,
(Chunki)
hijron
(ayriliq)
qishidan yozga chiqa olmadim.
Har qancha u shohga qulluq
(iltifotli maktub)
yozganim bilan
(to‘rtinchi misra)
, meni bir yorliq
(maktub)
bilan u yod etmay-
di
(uchinchi misra)
.
89
Do'stlaringiz bilan baham: |