Birinchi qism o‘tmishimdan saboqlar



Download 94,89 Kb.
bet26/31
Sana29.12.2021
Hajmi94,89 Kb.
#77188
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
og mandino dunyoning eng buyuk sav
Siyosat, 2 5373203670131279774, Baxtiyor.uz-Madhiya-matni
O‘N BESHINCHI QOIDA

Yaxshi yashash uchun ...



Hech kimga kayfiyatingizni buzib, kelayotgan kunga tushkunlik va omadsizlik soyasini solishiga yo‘l qo‘ymang. Shuni unutmangki, birovning xatosini topish uchun qobiliyat ham, mardlik ham, teran aql ham kerak emas. Agar o‘zingiz bunga yo‘l qo‘ymasangiz, hech qanday tashqi sharoitlar sizga o‘z hukmini o‘tkaza olmaydi. Vaqtingiz oltinga teng, shuning uchun ham siz uni nafrat, rashk va hasadning qora kuchlari bilan olishib, behuda sarflay olmaysiz. Umringiz omonat. Uni ko‘z qorachig‘ingizdek asrab-avaylang. Gulni yolg‘iz Parvardigor yaratmoqqa qodir. Biroq har qanday esi yo‘q bola uni sindirishi mumkin.
Monten aytganidek, hayot juda nozik, uning maromini buzish juda ham oson. Nimadir o‘zimiz istagandek kechmasligi mumkin. Ko‘pincha mayda ko‘ngilsizliklar, xuddi mayda harflar ko‘zimizni charchatganidek, turmushimizni g‘am-tashvishlarga to‘ldiradi.
Umuman olganda, inson — juda nozik mavjudot. Biz yaxshi kayfiyat, mehnat qilishga katta rag‘bat bilan uyg‘onishimiz, biroq ikki og‘iz qo‘pol gap, kiyimimizga to‘kilgan qahva yoki tiqilinch avtobus kayfiyatimizni butun kunga buzishi mumkin.
Hech kim va hech narsa sizni muvozanatdan chiqarishiga yo‘l qo‘ymang. Sizga, sizning iste’dodingiz, ishingiz yoki turmush tarzingizga hasad qiluvchi tanqidchi, g‘iybatchi yo beor odamlar har doim topiladi. Ularga e’tibor bermang: it hurar — karvon o‘tar. Vaqtingiz oltinga teng, uni insonda birorta ham yaxshi xislatni ko‘ra olmaydigan, ammo kamchiliklarini doston qilishdan lazzatlanadigan bir to‘da hasadgo‘ylar bilan olishishga sarflamang. Ular — kechasi ko‘rib, kunduzi so‘qirga aylanadigan odam qiyofasidagi boyo‘g‘li. Bunday odamlar sichqonning shitirini ezgu intilishlardan ajrata olmaydi.
Mabodo, siz mayda ko‘ngilsizliklar va har kuni eshitishingiz mumkin bo‘lgan turli fisq-fasod gaplarni ko‘nglingizga oladigan bo‘lsangiz, o‘zingizga katta zarar yetkazasiz. Agar bunday gaplarni pisand qilmay, o‘zingizdan nari haydasangiz, ular sekin-asta o‘z kuchini yo‘qotadi. G‘iybatchilar hamma yerda topiladi. Shuni unutmangki, hasad ham xuddi qurtga o‘xshab, doim eng shirin olmani qidiradi. O‘z kuchi va iqtidori bilan muvaffaqiyatga erisha olmagan odamlar boshqalarni ham o‘zlariga tenglashtirishdan lazzatlanadilar, degan edi Franklin.
Agar tarki dunyo qilib yashaydigan bo‘lsangiz, muvaffaqiyatga erisha olmaysiz. Shuning uchun o‘zingizni qurshagan olam bilan, demakki, undagi barcha ko‘ngilsizliklar va o‘zingizga nisbatan tanqidiy munosabat bilan ham muomala qilishingizga to‘g‘ri keladi. Biroq, agar o‘zingiz bunga izn bermasangiz, hech qanday tanqid kayfiyatingizni buza olmaydi. Hasadgo‘ylardan yuz buring.
Ularning g‘alamisliklariga hech qachon jahl va qiziqqonlik bilan javob bermang. Bu bitta kalamushdan qutulaman deb o‘z uyiga o‘t qo‘yish bilan barobar. Hech qachon ularga teng bo‘lmang. Qullik va tushkunlik botqog‘idan buyuklik toqiga ko‘tarilgan Buker T. Vashington: «Men hech kimga o‘zimni undan nafratlanishga majburlab, qalbimni tahqirlashiga yo‘l qo‘ymayman», deya bizga hayotdan qimmatli saboq beradi. Kelgusi safar sizni birov xafa qilmoqchi bo‘lsa, shu so‘zlarni eslang va ularning mag‘zini chaqing.
“Tashqi hech narsa menga o‘z hukmini o‘tkaza olmaydi“. Uolt Uitmenning2 bu shiori sizning ham shioringizga aylansin. Shunda turmushingiz tinchlik va osoyishtalikka to‘ladi.
Ko‘p yillar muqaddam, yakshanba kuni ertalab, men Texas shtatining El-Paso shahri yaqinidagi qahvaxonada tamaddi qilib, mijozlar bilan hazillashgancha stoldan stolga qatnab o‘z ishini bajarayotgan chaqqon va shaddod xizmatchi qizni kuzatib o‘tirardim. U o‘z ishini bajonidil bajarar, hayotdan bor bo‘yi lazzatlanar, kayfiyati beixtiyor atrofidagilarga ham o‘tmoqda edi. Shu qiz tufayli biz hammamiz o‘zimizni jinday yaxshiroq his qilmoqda edik.
Chinni idishdan qahva ho‘plab, meni oldinda kutayotgan uzoq safar haqida o‘ylab o‘tirardim. Shu payt qo‘shni stulga og‘ir jomadon ko‘targan keksa bir kishi kelib o‘tirdi. U taomnomaga shoshilinch ko‘z tashlab, so‘ng xizmatchi qizimizni qo‘li bilan imlab chaqirdi. Qiz ildam yurib unga yaqinlashdi, Texasdagi eng chiroyli tabassum bilan jilmaydi va:
Bugun ajoyib kun, shunday emasmi? — dedi. Kishi ensasi qotib aftini burishtirdi.
— Nimasi ajoyib ekan? — deb to‘ng‘illadi u.
Qiz hech narsa bo‘lmagandek jilmayishda davom etdi.
— Shunday kunlardan bir nechtasini o‘tkazib ko‘ring, ser, o‘shanda bilasiz, — dedi u.
Siz o‘z turmushingizning sohibisiz. Kimdir kayfiyatingizni buzib, dilingizni xira qilayotgan ekan, bunga o‘zingiz sababchisiz. Chunki bunday qilishiga o‘zingiz yo‘l qo‘yyapsiz. Boshqa yo‘l qo‘ymang, xo‘pmi!


Download 94,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
guruh talabasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
toshkent davlat
tashkil etish
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
bilan ishlash
O'zbekiston respublikasi
matematika fakulteti
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
ta’limi vazirligi
fanining predmeti
saqlash vazirligi
moliya instituti
haqida umumiy
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
fanidan tayyorlagan
umumiy o’rta
samarqand davlat
ishlab chiqarish
fanidan mustaqil
Toshkent axborot
universiteti fizika
fizika matematika
uzbekistan coronavirus
Darsning maqsadi
sinflar uchun
Buxoro davlat
coronavirus covid
Samarqand davlat
koronavirus covid
sog'liqni saqlash