XULLAS, O‘N TO‘RTINCHI QOIDA:
Agar ulkan orzuingiz sari kundan-kunga to‘xtovsiz intiladigan bo‘lsangiz, unga albatta erishasiz. Shuning uchun har kuni oldingizga yengil va uzoq muddatga mo‘ljallangan, lekin zarur ishlarni bajarishni maqsad qilib qo‘ying. Ular sizni qadam-baqadam orzuingiz cho‘qqisiga olib chiqadi. Agar sizga shu qulay bo‘lsa, ularni yon daftaringizga yozib boring, biroq ro‘yxatni shunday tuzingki, bugungi tugallanmagan ishlarni ertaga qoldirishga to‘g‘ri kelmasin. Ulkan ehromni bir kunda qurib bo‘lmasligini unutmang. Sabr-toqatli bo‘ling. Ish soatlarini asosiy maqsaddan chalg‘itadigan o‘tkinchi narsalar bilan to‘ldirmang. Hamma ishlarni maromiga yetkazib bajaring, bu kunni xursandchilik bilan o‘tkazing va amalga oshirgan ishlaringizdan katta qoniqish hosil qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |