Birinchi qism o‘tmishimdan saboqlar



Download 94,89 Kb.
bet24/31
Sana29.12.2021
Hajmi94,89 Kb.
#77188
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
Bog'liq
og mandino dunyoning eng buyuk sav

O‘N TO‘RTINCHI QOIDA

Yaxshi yashash uchun ...

Agar ulkan orzuingiz sari kundan-kunga to‘xtovsiz intiladigan bo‘lsangiz, unga albatta erishasiz. Shuning uchun har kuni oldingizga yengil va uzoq muddatga mo‘ljallangan, lekin zarur ishlarni bajarishni maqsad qilib qo‘ying. Ular sizni qadamma-qadam orzuingiz cho‘qqisiga olib chiqadi. Agar sizga shu qulay bo‘lsa, ularni yon daftaringizga yozib boring, biroq ro‘yxatni shunday tuzingki, bugungi tugallanmagan ishlarni ertaga qoldirishga to‘g‘ri kelmasin. Ulkan ehromni bir kunda qurib bo‘lmasligini unutmang. Sabr-toqatli bo‘ling. Ish soatlarini asosiy maqsaddan chalg‘itadigan o‘tkinchi narsalar bilan to‘ldirmang. Hamma ishlarni maromiga yetkazib bajaring, bu kunni xursandchilik bilan o‘tkazing va amalga oshirgan ishlaringizdan katta qoniqish hosil qiling.

Oldimizga maqsad qo‘yishimiz juda oson. Istalgan birimiz kelgusida bajarishni mo‘ljallagan ishlarning uzun ro‘yxatini tuzishimiz, keyin esa... uni bir chekkaga surib qo‘yib, avvalgidek yashashda davom etishimiz mumkin.


Keling, bu muammoni hal qilishingizga yordam beray, zero u ba’zan juda ko‘p odamlar uchun katta to‘siqqa aylanadi. Lekin oldin sizni bir narsa haqida ogohlantirib qo‘yay. Sizni kundan kunga, yildan yilga uzoq va tinim bilmay mehnat qilishga majburlaydigan, o‘zingiz va suygan odamlaringiz uchun ham vaqt qoldirmaydigan har qanday maqsad — bu maqsad emas, balki hukmdir. U sizni — moddiy farovonlik va muvaffaqiyatga erishasizmi yo yo‘qmi, qat’i nazar — baxtsiz turmush kechirishga mahkum etadi.
Bizga ko‘pincha: «Hayot — bu darbadarlik», deb uqtirishadi. Sotsiologiya sohasidagi mutaxassislar bu iborani huda-behuda qo‘llayveradilar, uni katta-katta harflar bilan kitoblarning muqovalariga joylashtiradilar, o‘nlab audiokassetalardan ham shu so‘zlar jaranglaydi: «Hayot — bu darbadarlik!» Shu qadar chiroyli jaranglaydiki, eshitgan odam unga laqqa ishonadi.
Aslida bu ahmoqona ibora muvaffaqiyatning birinchi pog‘onasiga yetish uchun har qanday yo‘qchiliklarga chidashingiz, holi-joningiz qolmaguncha tinmay ishlashingiz kerakligini anglatadi. Ammo shuning o‘zi kifoya qilmaydi. Hayot — bu darbadarlikmi? Unda chuqur tin oling-da, suygan odamlaringizdan yo‘lingizdan qochishlarini so‘rab, so‘ng kundan kunga, toki ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilguningizga qadar ishlab, zahmat chekishda davom eting. Qoyil! Xo‘sh, endi tinchlansak bo‘lar? E yo‘q, kechirasiz. Buni darbadarlik deydilar, do‘stim. Yana bir chuqur tin olasiz-da, toki keyingi pog‘onaga, so‘ng esa — keyingisiga ko‘tarilgunga qadar zahmat chekaverasiz.
Nihoyat, ajoyib kunlarning birida...
Buyuk rus yozuzchisi Lev Tolstoy odamlar aslida baxt-saodat keltirmaydigan allaqanday maqsadlarga erishishga urinib, har doim mag‘lubiyatga uchrashlari haqida ajoyib bir rivoyat yozib qoldirgan. Paxom ismli bir dehqon agar menda ham, xuddi boylardagidek, juda ko‘p yerim bo‘lganida, ulkan muvaffaqiyatga erishgan bo‘lardim, degan ishonch bilan yashaydi. Buni o‘z hayotining birdan-bir maqsadi deb hisoblaydi. Nihoyat, bir kuni kelib unga taklif qilishadi: tong-dan shomga qadar qancha yerni yugurib bosib o‘tsang, hammasi seniki bo‘ladi, degan shart qo‘yishadi.
Paxom bu ajoyib taklif qilingan olis o‘lkaga ko‘chib borish uchun o‘zining bor bud-shudini sotadi. Yo‘lda ko‘p azob-uqubatlarni boshdan kechirib, manzilga yetib keladi va ertagayoq o‘zining ulkan orzusini amalga oshirishga tayyor ekanligini bildiradi.
Erta tongdan Paxom ikki oyog‘ini qo‘liga olib, shitob bilan yugurishga tushadi. U oldida faqat o‘z maqsadini ko‘radi va unga erishish uchun atrofga ham, jazirama issiqqa ham qaramay, olg‘a intiladi. Kun bo‘yi u tezlikni pasaytirmay, yeb-ichish yoki dam olish uchun ham to‘xtamay yuguradi. Uning yer-suvi dam sayin ko‘payib boradi. Nihoyat, quyosh ufq ortida ko‘zdan yo‘qolib, yerga qorong‘i tushgach, Paxom marraga yetib keladi. G‘alaba! U o‘z maqsadiga erishdi! Muvaffaqiyat!
Biroq... so‘nggi qadamni tashlab, Paxom sillasi qurib yerga yiqiladiyu, joni uziladi. Endi unga kerak bor narsa — faqat olti fut qora yer, xolos...
Bu kun ham, xuddi boshqa kunlar singari, Tangrining sizga qilgan alohida in’omi. Oldingizga shunday maqsadlar qo‘yingki, ularga erishish kun oxirida sizga quvonch baxsh etsin. Ularning ayrimlari sizga kun davomida quvonch va taskin baxsh etsa ham mayli. Kundalik vazifalaringizni shunday rejalashtiringki, ular siz o‘z orzularingizga erishish sari tashlagan alohida qadamlar bo‘lsin. Muvaffaqiyatga erishish uchun bor imkoniyatingizni ishga soling. Bordi-yu, bugun muvaffaqiyat qozona olmasangiz, urinishlaringizni ertasiga davom ettiring.
Rim faylasufi Seneka shunday degan edi: «Bugungi kunidan quvongan, o‘tmishga qaram bo‘lmagan va kelajakdan qo‘rqmaydigan odam chinakam baxtlidir. Umid va xavotirlar bilan o‘zimizni aldamay, boriga qanoat qilmog‘imiz darkor, zero shukr qilgan odam hech narsa istamaydi. Insoniyatning eng buyuk ne’mati insonlarning o‘zida. Dono odam o‘z qismatiga — u qanday bo‘lmasin shukr qiladi va o‘zida yo‘q narsaga ega bo‘lishga intilmaydi».
Uzoq va mazmunli hayot yo‘lini bosib o‘tgan, o‘z iste’dodi va mehnati bilan moddiy farovonlikka erishib, butun dunyoda tan olingan amerikalik buyuk bir komik yaqinda bergan intervyularidan birida o‘z muvaffaqiyatiga doimo shubha qilganini tan oldi. «Ba’zan ertaga ertalab uyg‘onaman-u, hammasi g‘oyib bo‘ladigandek, kimdir kelib: «Bo‘ldi, og‘ayni. Sen uchun hammasi tugadi», deydi-yu, men unga ishonadigandek bo‘lib tuyuladi», dedi u. Yoshi oltmishdan oshganiga qaramay, bu har tomonlama qobiliyatli odam xuddi Paxomga o‘xshab yugurishda — teatrlar, tungi klublar, kino va televidenieda paydo bo‘lishda davom etmoqda. Uning muxlislari bundan, albatta, xursandlar. Biroq, men uning ba’zida to‘xtashi va atirgullarning so‘nggi gulbargi to‘kilib tushmasidan, ularning atridan bahra olishini istardim.
Biz hammamiz hayot girdobida aylanamiz. Shopengauer aytganidek, agar inson yiqilishni istamasa, xuddi dorboz yanglig‘ arqonda muvozanatni saqlab, tinimsiz olg‘a intilishi kerak. Bu naqadar achinarli! Ammo, ishonchim komilki, bundan yaxshiroq yashash ham mumkin.


Download 94,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish