Birinchi prezidenti, buyuk davlat va siyosat


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/41
Sana23.02.2022
Hajmi1,33 Mb.
#136694
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41
Bog'liq
Islom Karimov Mustaqil Uzbekiston davlati asoschisi (1)

Foydalanilgan adabiyotlar. 
1. Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat–yengilmas kuch. –Toshkent: 
Ma’naviyat. 2008. 
2. I.Karimov’’ O’zbekiston duyno xaritasida o’ziga munosib joy oldi’’.B-22 
T. 2011 
I.A.KARIMOV QALBIMIZ VA XOTIRAMIZDA ABADIY QOLAJAK 
Nuritdinov A., 
SamDCHTI talabasi  
“Savob ishni har kim qilishi kerak, savob ishni har kun qilish kerak” degan 
da’vatga bir umr amal qilib yashagan bu ulug‘ insonning xotirasi, ayni paytda 
Hazrati Xizr majmuasida barpo etilayotgan tabarruk ziyoratgohlari barchamizni 
ezgu va xayrli ishlarga chorlab turadi. Milliy mustaqilligimizning asoschisi 
muhtaram Islom Abdug‘aniyevichning so‘nmas xotirasiga qo‘yilgan eng buyuk 
haykal -bu mustaqil va suveren, erkin va ozod O‘zbekiston davlatidir, desak, ayni 
haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Islom Karimov dunyo miqyosida “Rimning tengdoshi” 
deb tan olingan Samarqanddek buyuk shaharning sha’nu shavkatiga, o‘ziga tuz-
nasiba bergan bu zamin ahliga, uning ishonchiga doimo munosib bo‘lib yashadi.
Biz el-yurtga sadoqat, chinakam vatanparvarlikning oliy namunasini hurmatli 
Yo‘lboshchimizning o‘z ona shahriga cheksiz muhabbatida, buning amaliy 
namoyoni bo‘lgan katta-katta ishlarida ko‘ramiz. Jonajon Vatanimiz - 
O‘zbekistonimizni, mustaqilligimizni, tinch va obod hayotimizni sevish va 
qadrlashni, o‘z yurtimizga mehr-muhabbatni biz ulug‘ Yurtboshimizdan 
o‘rganganmiz. Birinchi Prezidentimiz mustaqillik yillarida Samarqand shahrini 


94 
tubdan obod qilish, uning tarixiy va zamonaviy qiyofasini uyg‘unlashtirishga 
qaratilgan ulkan ishlarga bevosita rahbarlik qildi.
26
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov yurtimizni nafaqat mustaqillikka olib 
chiqdi, balki uni mustahkamlash yo‘lida butun borlig‘ini baxshida qildi. 
Yurtboshimiz rahnamoligida barcha ma’naviy va madaniy qadriyatlar qayta 
tiklandi. Dinu diyonatimiz o‘zimizga qaytdi. Bunday savobli ishlari bilan Islom 
Karimov hayotligidayoq o‘ziga boqiy haykal o‘rnatgandi.
I.A.Karimov jahon siyosat olamida hamisha ilgʻor fikrlarni ilgari suradigan, 
tashabbuskor, oʻz nuqtai nazarini qatʼiy himoya qilib, oldiga qoʻyilgan maqsadga 
erisha oladigan shaxs sifatida tanilgan. Bobomiz sobitqadamlik bilan tinchlik va 
hamjihatlik siyosatini yuritib keldi. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov yuksak 
xalqaro uchrashuvlarda birinchilardan boʻlib XXI asr vabosi hisoblanmish 
terrorchilikka va u bilan chambarchas bogʻliq giyohvandlim savdosiga qarshi faqat 
hamjihatliqda kurashish zarurligini, mazkur dahshatli tahdid manbalarini bartaraf 
etish va Markaziy Osiyo mintaqasida "xavfsizlik kamari"ni shakllantirishga 
qaratilgan chora-tadbirlar tizimini yaratish kerakligini taʼkidlab keldi. Xalqaro 
maydonda Oʻzbekistonning obroʻ-eʼtiborini yuksaltirish, uning qadimgi boy 
madaniyati va bugungi ulkan salohiyatini dunyoga tanitishda buyuk xizmat qildi. 
Oʻzbekiston BMTga aʼzo boʻlib kirdi (1992 yil, 2-mart), deyarli barcha nufuzli 
xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy uyushmalarga qabul qilindi, 120 dan ortiq davlat 
bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi, oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. 
U kishini nafaqat biz yoshlar, balki yuzlaridan nur yog’ib turgan
qariyalarimiz ham yuksak ehtirom bilan xotirasida saqlaydi. 
Mustaqillik tufayli xalqimiz o‘zligini topdi, dunyoda o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. 
Bugun bayrog‘imiz xalqaro maydonda, jahon arenalarida hilpiraganda ko‘ksimiz 
g‘ururga to‘ladi ko’zlarimizga faxrdan quvonch yoshlari keladi. 
Bularning barisida dono davlat rahbarimiz birinchi prezidentimiz Islom 
Karimovning xizmatlari beqiyos. Hozir yuraklarimizda shunday cheksiz qayg‘u 
26
“Birinchi Prezidentga qo‘yilgan eng buyuk haykal — bu mustaqil va suveren, erkin va ozod 
O‘zbekistondir”. Shavkat Mirziyoyevning Samarqanddagi Islom Karimov haykali ochilishidagi nutqi 


95 
borki, bularni so‘z bilan ifoda etish qiyin. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 
xalqimizning har bir vakilini chin yurakdan yaxshi ko‘rardi. Buni barchamiz 
yurakdan his qilganmiz, biz ham uni doim yaxshi ko‘rganmiz, qadrlaganmiz. 
Ayniqsa, millatlararo totuvlik muhitini yaratgani, bu masalaga yuksak darajada 
doim e’tibor qaratgani mamlakatimizda tinchlik, osudalik, hamjihatlikni 
mustahkamladi. Yuzdan ortiq millatni bir bayroq ostiga birlashtirdi, bir maqsad sari 
boshladi. Bu borada Islom Karimov boshlab bergan xayrli an’analarni davom 
ettirish, ularning “O‘zbekiston – umumiy uyimiz!” degan da’vatini avlodlardan-
avlodlarga yetkazish bizning burchimiz. 
Xalqimiz mustaqillik yillarida erishilgan barcha yutuqlarni haqli ravishda 
birinchi prezidentimiz I.A.Karimov nomi va faoliyati bilan bogʻlaydi. U sobiq 
sovet tuzumidan keyin paydo boʻlgan beqaror, notinch davrda Oʻzbekiston 
jamiyatida barqarorlik va ishonchni paydo qila oldi, xalqi oldiga millatni 
yuksaklarga koʻtaradigan ulkan maqsad va vazifalar qoʻydi. I.A.Karimov 
Vatanimizda amalga oshirilgan ulkan ishlar, tarixiy oʻzgarishlarning tashabbuskori 
va rahnamosi, mamlakatning istiqol dasturini ishlab chiqqan va milliy taraqqiyot 
yoʻlini belgilab bergan atoqli davlat arbobidir. 
«Islom Abdug‘aniyevich butun hayoti va faoliyatining mazmuni bo‘lgan 
„Bizdan ozod va obod Vatan qolsin!“ degan ezgu g‘oyani ilgari surdilar va bu 
da’vat barcha vatandoshlarimi qalbidan chuqur joy oldi. U kishi „Elim deb, yurtim 
deb, yonib yashash kerak“ degan o‘zining g‘oyasiga doim amal qilib, kelajak 
avlodlar uchun buyuk ibrat maktabini yaratdilar. Birinchi Prezident millatning 
haqiqiy yetakchisi sifatida go‘zal Vatanini jonidan ham ortiq sevar edi, xalqining 
manfaatlarini himoya qilish va ro‘yobga chiqarishni o‘z hayotining bosh maqsadi, 
deb bilar edilar. Xalqimiz ham Islom Abdug‘aniyevichni cheksiz mehr bilan sevar 
va o‘zining ulug‘ rahbari sifatida u kishi bilan haqli ravishda faxrlanar edi».
27
I.A.Karimov demokratik talablar va xalqaro mezonlarga toʻla javob 
beradigan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy muallifi va uni 
27
Prezident Shavkat Mirziyoyev 31 avgust kuni Toshkentdagi Oqsaroy qarorgohida o‘rnatilgan 
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykalining tantanali ochilish marosimi dagi nutqi.


96 
hayotga tatbiq etishning kafolatidir. U kishi markaziy hokimiyat va uning 
joylardagi boʻgʻinlarini isloh qilish, davlat, jamiyat va inson munosabatlarini 
uygʻunlashtirishga qaratilgan yangi siyosiy-ijtimoiy tizim tamoyillarini ishlab 
chiqdi va amalga oshirdi. Xalqimizning oʻziga xos xususiyatlari hamda ilgʻor jahon 
tajribalarini mujassamlashtirgan iqtisodiy islohotlarning yangi modelini ishlab 
chiqdi. Bu rivojlanish yoʻli iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi, 
oʻtish davrida davlatning bosh islohotchilik roli, islohotlarni bosqichma-bosqich 
amalga oshirish, kuchli ijtimoiy himoyadan iborat 5 tamoyilni oʻz ichiga oladi va u 
dunyoda "oʻzbek modeli" deb eʼtirof etilgan. 
Birinchi prezidentimiz O‘zbekistonni dunyoda tenglar ichra teng qilish bilan 
birga, bu tabarruk zaminda istiqomat qilayotgan barcha elu elatlarni birdek 
qadrladi, e’zozladi. Xalqi og’ir muammolar girdobida qolgan yurtimiz istiqlol 
tufayli e’tibor topdi, gullab-yashnadi. Bu yerda tug‘ilib o‘sgan iste’dodlar jahon 
sahnalariga, sport arenalariga chiqdi. Bu yo‘lda qilingan xayrli ishlari hech qachon 
unutilmaydi, asrlar osha yashaydi. 
Yurtboshimiz har bir o‘g‘il-qizga otalarcha mehr-e’tibor ko‘rsatgani, ularga 
dunyoda tengi yo‘q shart-sharoitlarni yaratib bergani tarix zarvaraqlariga mangu 
muhrlanadi. Chunki mustaqilligimizning yigirma besh yili davomida bu yo‘lda 
qo‘yilgan mustahkam poydevor yillar o‘tgani sari o‘z samarasini beraveradi. 
Farzandlarimiz xalqaro fan olimpiadalari, olimpiada o‘yinlarida o‘nlab medallarni 
qo‘lga kiritmoqda, bu muvaffaqiyatlarimizning salmog‘i bundan keyin yanada 
oshib boraveradi. Xalqimizning nafaqat bugungi, balki kelajakda erishajak 
g‘alabalari ham birinchi prezidentimiz Islom Karimov nomi bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Birinchi prezidentimiz bizga doim aziz farzandlarim, deb murojaat qilganlari 
qalbimizdan chuqur joy olgan. Biz buyuk Yurtboshimizga o‘xshashga, u kishining 
ishonchini oqlashga harakat qilganmiz. Bizning kelajagimiz yo‘lida doim kuyingan, 
barcha sharoitni muhayyo etgan Prezidentimiz boshlagan ishlarning munosib 
davomchilari bo‘lishga intilamiz. 
Imom Buxoriy, Imom Motrudiy yodgorlik majmualarini barpo etish, Shohi 
Zinda ziyoratgohi, Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi, Hazrati Xizr 


97 
masjidini ta’mirlash, obod qilish, yangi uy-joylar, maydon va xiyobonlar, ijtimoiy 
va madaniy ob’yektlar qurish ishlarida birinchi prezidentimizning beqiyos hissasi 
borligini biz avlodlar hech qachon unutmaymiz. 
I.A.Karimov mustaqil Oʻzbekiston davlati va davlatchiligini barpo qilish, 
demokratik fuqarolik jamiyati qurish asoslarini yaratdi, yangi asrda mamlakatimiz 
taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqdi, yorugʻ istiqbol yoʻlida xalqni 
birlashtirib, uni ulugʻ maqsadlar sari boshlab borgan. Birinchi prezidentimiz 
I.A.Karimov huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni 
taʼminlash, tarixiy adolatni tiklash ishiga qoʻshgan ulkan hissasi hamda bu borada 
matonat va jasorat koʻrsatganligi uchun "Mustaqillik" (1996), Amir Temur (1998) 
ordenlari bilan taqdirlangan. Shuningdek, u kishi bir qancha xorijiy davlatlarning 
va nufuzli xalqaro tashkilotlarning orden va medallari bilan mukofotlangan. 
I.A.Karimov Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi (1994), shuningdek, iqtisod, fan, 
taʼlimni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun oʻndan ortiq xorijiy 
mamlakat universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori, professor hamda 
akademikligiga saylangan. Uning 
1. "Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli" (1992), 
2. "Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang" (1993), 
3. "Oʻzbekiston — bozor munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos yoʻli" 
(1993), 
4. 
"Bizdan ozod va obod Vatan qolsin" (1994), 
5. 
"Istiqlol va maʼnaviyat" (1994), 
6. 
"Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir" (1995), 
7. 
"Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik 
shartlari va taraqqiyot kafolatlari" (1997), 
8. 
"Barkamol avlod orzusi" (1998), 
9. 
"Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari" (1998), 
10. "Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq" (1998), 
11. "Olloh qalbimizda, yuragimizda" (1999), 


98 
12. "Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz" 
(2000), 
13. "Tinchlik uchun kurashmoq kerak" (2001), 
14. "Oʻzbekistonda demokratik oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish va 
fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yoʻnalishlari" (2002) va 
boshqa asarlarida iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning dolzarb masalalari 
tadqiq qilingan, Oʻzbekistonning ichki va tashqi siyosati ilmiy asoslab berilgan, 
hozirgi va istiqboldagi vazifalar koʻrsatib oʻtilgan. Uning asarlari ingliz, rus, 
fransuz, ispan, nemis, hind, xitoy, arab, koreys, turk va boshqa xorijiy tillarga 
tarjima qilinib, bir necha bor nashr etilgan. Islom Abdug‘aniyevich Karimovning 
tashabbusi asosida, eski qolip va mezonlardan butunlay voz kechgan holda, keng 
miqyosdagi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ta’lim-tarbiya tizimini eng 
zamonaviy xalqaro standartlar bo‘yicha tubdan o‘zgartirishga qaratilgan islohotlar 
dasturi ishlab chiqildi va hayotga joriy etildi. Islom Abdug‘aniyevich Karimov 
mamlakatimizning bugungi va ertangi kunining hal qiluvchi kuchiga aylanib 
borayotgan yoshlarimizning ongu tafakkuri va dunyoqarashini butunlay 
o‘zgartirgan, navqiron avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishning yangi prinsipial 
tizimini tashkil qilish va uni hayotga joriy etish ishlariga bevosita rahbarlik qildi. 
Mamlakatimiz rahbari milliy-ma’naviy qadriyatlarimizga hurmat-ehtirom bilan 
munosabatda bo‘lish, muqaddas dinimiz, urf-odatlarimiz, bebaho tarixiy 
merosimizni asrab-avaylash va rivojlantirishni davlat siyosati darajasiga ko‘tardi, 
xalqaro maydonda O‘zbekistonning obro‘-e’tiborini oshirishga katta hissa qo‘shdi. 
U fuqarolik jamiyati institutlari, avvalo, mahallaning davlat va jamiyat 
boshqaruvidagi nufuzini oshirish, ularning vakolat va huquqlarini kengaytirish 
masalasiga alohida e’tibor qaratdi. 
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-
yanvardagi qaroriga
asosan, quyidagilar: 

2016-yil oktabr oyida Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat 
fondi tuzildi; 


99 

Toshkent shahri, Yashnobod tumanining Farg‘ona yo‘li ko‘chasida 
joylashgan jome masjidga “Islom ota jomeʻ masjidi” deb nom berildi; 
Shuningdek: 

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich 
Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovni 
tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. 

Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi 
Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish chora-tadbirlari rejasini 
o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqildi. 
Shu munosabat bilan: 

Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik 
majmuasini barpo etish; 

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich 
Karimov siymosini yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovda g‘olib deb topilgan 
haykallarni Toshkent shahrida, Samarqand shahrida va u kishi birinchi rahbar 
bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida o‘rnatish; 

Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida (O‘zbekiston ko‘chasi, 45) Islom 
Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasini tashkil etish va Islom 
Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondini ham ushbu manzil bo‘yicha 
joylashtirish; 

Samarqand shahrida Islom Karimov muzeyini tashkil etish; 
quyidagi muassasa va obyektlarga: 

Toshkent davlat texnika universitetiga; 

Asakadagi avtomobil zavodiga; 

Farg‘ona shahridagi San’at saroyiga; 

Toshkent xalqaro aeroportiga; 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy 
ko‘chalarga (mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflari asosida) Islom Karimov 
nomini berish; 


100 

har yili 30-yanvar kunini keng nishonlash, 2-sentabr kunini Xotira kuni 
sifatida yod etish; 

oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun Islom Karimov nomidagi davlat 
stipendiyasini joriy etish; 

Islom Karimovning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar, hujjatli 
va badiiy filmlar yaratish; 

Islom Karimov siymosi aks ettirilgan maxsus pochta markalarini chiqarish 
haqida koʻrsatmalar berildi. 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish