Birinchi prezidenti, buyuk davlat va siyosat


Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/41
Sana23.02.2022
Hajmi1,33 Mb.
#136694
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41
Bog'liq
Islom Karimov Mustaqil Uzbekiston davlati asoschisi (1)

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 
1. И.А. Каримов. Ватан ва халқ мангу қолади – Т.: Алишер Навоий 
номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси, 2010. –136 б. 
2. Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 
2008.– 174 б.
3. I.A Karimov, "Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo'lida xizmat 
qilish -- eng oliy saodatdir. –T.: "O'zbekiston". 2015. 
4. O'zMTRK arxivi 


81 
5. Wikipedia elektron kutubxonasi 
6. Lex.uz
7. President.uz 
 
 
MUSTAQIL O’ZBEKISTON ASOSCHISI 
Bobonazarova A., 
SamDCHTI talabasi 
Ushbu maqola mamlakatimizning eng og’ir vaqtda va murakkab burilish 
davrida unga rahbarlik qilishga o’zida kuch topa olgan inson haqidadir. Maqolada 
ushbu shaxsning buyuk tarixga va madaniyatga ega xalqni mustaqillik sari 
yetaklagani, mamlakat tinchligi va osoyishtaligi yo’lida amalga oshirgan ishlari, 
O’zbekistonni hech kimdan kam bo’lmagan yurtga aylantirishi, qolaversa, bugungi 
yorug’ kunlarga eltishdagi sobitqadamligi va jasorati haqida so’z boradi. Bularning 
bari oddiy emas. Chunki bu umr buyuk ishlar uchun yaralgan umrdir. 
Inson hayotda yashar ekan, uning bajargan ezgu amallari, atrofidagilarga 
keltirgan foydasi, rejalari, orzu-umidlari, mulohazalari orqali uning yashab o’tgan 
umriga, jamiyatdagi o’rniga baho berish mumkin.
Birinchi 
Prezidentimiz, 
buyuk 
davlat 
va 
jamoat 
arbobi 
Islom 
Abdug’aniyevich Karimov Vatanimiz va xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlari, 
fidoyiligi, vatanparvar va erkparvarligi, yosh avlod uchun yaratib bergan qulay 
shart-sharoitlari, insoniyligi bilan xotiramizdan mangu o’chmaydigan yorqin 
Shaxsdir. Ushbu Zotning davlat tepasiga kelishi Vatanimiz tarixida ochilgan yangi 
sahifa bo’ldi. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng Vatanimizda tarixiy 
o’zgarishlar, yangilanishlar, islohotlar ro’y berdi. Mustabid tuzum davridagi bo’m-
bo’sh peshtaxtalar, birlamchi mahsulotlarning yo’qligi, uzundan-uzun navbatlar 
odamlarni boshi berk iqtisodiy tanglik ko’chasidan yurishga mahkum etdi. 
Mustaqilllik tufayli holdan toygan xalqimizning ko’ksiga shamol tegdi. 1994-yili 
22-sentabrda parlament minbaridan yaqin tariximizda boshimizdan kechirgan 


82 
voqealar haqida quyidagi dardli-iztirobli fikrlar bildirilgan va ba’zi bir g’oyat qiyin, 
ammo tabiiy savollar o’rtaga tashlangan edi: 
-“O’zingiz 
o’ylab 
ko’ringlar, 
aziz 
do’stlar, 
mustabid 
tuzum, 
mustamlakachilik davrida biz kim edik? 
-Taqdirimiz, erkimiz kimlarning qo’lida edi? 
-Ka’ba deb qayerga sig’inar edik? Har tong “Assalom!” degan madhiya 
ohanglari ostida kimlarga qulluq qilib uyg’onardik? 
-Tilimiz, dinimiz qay ahvolda edi? Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja 
Bahouddin Naqshbandlarning muqaddas xoklariga e’tibor bormidi? Amir Temur, 
Bobur Mirzo va boshqa ulug’ bobokalonlarimizning buyuk nomlari qaysi 
tuproqlarda qorishib yotgan edi? 
-Milliy 
g’ururimiz, 
insonlik 
sha’nimiz, 
urf-odatlarimiz 
qanday 
tushunchalarga almashtirilgan edi? 
-Xo’sh, o’zimiz-chi? O’zimiz o’zligimizni bilarmidik? Qanday mo’tabar 
zamin, ulug’ ajdodlarimizning o’lmas meroslari bilan oziqlangan elning farzandlari 
ekanimizni anglarmidik? 
-Aytinglar, o’sha kezlari O’zbekistonni dunyoda birov bilarmidi? Birov biz 
bilan hisoblasharmidi? 
-Yurtimiz qanday va qancha beqiyos boyliklar xazinasi ekanidan qay birimiz 
xabardor edik? 
-Go’yo milliy iftixor bo’lmish paxta, haqiqatda milliy g’urur o’rniga
bo’yinturuq bo’lib, xalqimizni yalangoyoq qilishdan, boshimizga azob-uqubat, 
ta’na-malomatdan boshqa nima keltirardi?” 
Darhaqiqat, Islom Karimovning davlatimiz tarixida tutgan o’rni beqiyos. 
Endigina mustaqillikka erishib tetapoya qilayotgan davlatni rivojlangan 
mamlakatlar qatoriga qo’shish, o’z dini, tili, madaniyati, urf-odatlari tiklanishiga 
erishish, jahon hamjamiyatida o’z o’rniga ega bo’lish, o’zligini topayotgan davlat 
mafkurasini yaratish, tinchligini saqlash, millatlararo totuvlikni ta’minlash kabi 
ishlarni bu Inson umrining oxiriga qadar sharaf bilan bajarib keldi. Islom Karimov 
rahbarligida mamlakatimiz o’z konstitutsiyasiga ega bo’ldi, BMT a’zosiga aylandi, 


83 
MDH davlatlari oldida teng huquqqa ega bo’ldi. Ta’lim tizimi siyosat darajasiga 
ko’tarildi, sportni rivojlantirishga katta e’tibor berildi. Bu haqda Birinchi 
Prezidentimiz shunday degan: “Dunyoda hech narsa davlatni sportchalik tezda 
dunyoga tanita olmaydi”. Haqiqatan ham, mustaqillik yillaridagi sport sohasiga 
berilgan yuksak e’tibor natijasida o’zbek sportchilari jahon arenalarida yurtimiz
sharafini munosib himoya qildi, Vatanimiz bayrog’i sport arenalarida eng baland 
ko’tarildi, madhiyamiz dunyo bo’ylab yangradi. Qanchadan-qancha o’zbek 
sportchilari Osiyo va jahon chempioni, dunyo rekordlari muallifi, nufuzli tanlovlar 
sovrindoriga aylanishdi. 
Mustabid tuzum davrida xalqimiz uchun islom diniga sig’inish, diniy 
amallarni bajarish, marosimlar o’tkazish taqiqlangan, ateizm g’oyalari targ’ib 
etilgandi. Mustaqillik yillarida esa xalqimiz uchun vijdon erkinligi ta’minlab 
berildi. Prezidentimiz boshchiligida masjidlar, cherkovlar, sinagogalar faoliyati 
yo’lga qo’yildi, 130 dan ortiq millat va elat vakillarini hamjihatlikda bir yerda 
birlashtirdi, 16 ta diniy konfessiya faoliyati tashkil etildi. Bunday bag’rikenglik 
g’oyalarini biz Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan 
qabul qilingan 2017—2021-yillarga mo’ljallangan “Harakatlar strategiyasi” 
Dasturining oxirgi bandi - “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy 
bag’rikenglikni ta’minlash” strategiyasining mazmun-mohiyatida ham ko’rishimiz 
mumkin. Shuningdek, muqaddas dinimiz tiklandi, diniy marosimlarni o’tkazish, 
Iyd bayramlari – Ramazon va Qurbon hayitlari qayta nishonlana boshlandi. 
Quvonarlisi, minglab hojilar Ka’ba ziyoratiga borib, haj amallarini bajarib 
qaytishdi.
Ana shunday yondashuv asosida mamlakatimizning mustaqillik yillarida 
bosib o’tgan tarixiy yo’li teran tahlil qilinsa, |Muhtaram Birinchi Prezidentimizning 
xizmatlari, fidoyiligi oldida ta’zim qilsak, arziydi. Ayniqsa, biz, yoshlar uchun 
yaratib bergan yuqori darajadagi shart-sharoitlar, shinam va sifatli o’quv binolari, 
ta’lim maskanlari, kerakli uskunalar bilan jihozlangan sport inshootlari, “Bolalar 
sportini rivojlantirish” jamg’armasining tashkil etilganligi, shuningdek, tayinlangan 
qator davlat mukofotlari, tadbirlar, tanlovlar yosh avlodga bo’lgan yuksak e’tibor 


84 
namunasidir. Birinchi Prezidentimizning ta’limga tarbiyaga, malakali kadrlar 
tayyorlashga qaratgan e’tibori va e’tirofini 1997-yil qabul qilingan “Ta’lim 
to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash” Milliy Dasturi misolida ko’rishimiz 
mumkin. Bugungi murakkab va tahlikali, tobora globallashayotgan dunyoda buyuk 
ustozimiz Islom karimovning g’oyalari yoshlarimiz tarbiyasiga katta hissa 
qo’shadi. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “O’zbekiston o’qituvchi va 
murabbiylariga tabrik”larida aytganidek, “Islom Abdug’aniyevich Vatanimizni 
buyuk muhabbat bilan sevish, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish, bu yo’lda bor 
bilim va tajribamiz, butun borlig’imizni safarbar etish borasida biz uchun yuksak 
ibrat maktabini yaratib ketdilar”. 
Birinchi Prezidentimiz yoshlarimiz haqida shunday degan: “Nima uchun 
fashist gazandalarga men o’zimning farzandimni berib qo’yishim kerak? 
O’zbekistondagi million-million yoshlar o’zimning bolam, o’zimning farzandim”. 
Muhtaram Zot yana shunday deydi: “Barchamiz bugun chuqur anglab oldik – 
faqatgina zamonaviy asosda ta’lim-tarbiya olgan, jahonning manaman degan 
mamlakatlaridagi tengdoshlari bilan bellasha oladigan, jismoniy va ma’naviy 
jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi 
bosqichga ko’tarishga qodir bo’ladi. 
Shu sabali yurtimizda yangi-yangi maktablar, litsey va kollejlarni, 
madaniyat, san’at va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, zamonaviy 
talablar asosida jihozlash ishlariga bundan buyon ham ustuvor e’tibor qaratiladi”. 
Bundan tashqari, butun O’zbekiston yoshlarini qamrab olgan, ularni 
birdamlikka, hamjihatlikka va faollikka chorlaydigan tashkilot – “Kamolot” yoshlar 
ijtimoiy harakati va uning faoliyati yoshlarimizning qanchalik ilmga tashna, 
tirishqoq, intiluvchan va faol ekanligidan dalolat beradi. Bu tashkilot Yurtboshimiz 
– Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan hozirda “O’zbekiston 
Yoshlar ittifoqi” nomi bilan yuritiladi. Davlatimiz rahbari ham bugungi kunda 
mamalakatimizning har bir sohasiga yuksak e’tibor qaratmoqda, O’zbekistonni 
mustaqil, rivojlangan va o’z yo’liga ega davlat qilish yo’lida juda katta izlanishlarni 
olib bormoqda. 


85 
Bunday yuksak e’tibor va g’amxo’rlikni oqlash va unga munosib bo’lish 
uchun biz, yoshlar, Vatanimiz, xalqimizga, ota-bobolarimiz, ajdodlarimizga, 
Birinchi prezidentimiz va Yurtboshimiz – Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga 
munosib farzand bo’lishimiz, o’z bilimimiz, aqlimiz, kuchimiz, intilishimiz, 
Vatanimizga keltiradigan foydamiz, uning ravnaqi yo’lida qo’shadigan hissamiz 
bilan chinakam yosh avlod, munosib farzand ekanligimizni ko’rsatishimiz, munosib 
javob berishimiz zarur.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish