Foydalanilgan adabiyotlar
1. E’tirof (o’zbek, ingliz, rus tillarida), -T., 1995
2. Серия вожди народов-ХХ век, - М., 1996.
3. Google.uz. Islom Karimov-Vikipediya.
68
YURT OTASI XALQ QALBIDA YASHAYDI
Raxmonova D.,
SamDCHTI talabasi
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich
Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash arafasida turgan ekanmiz, bu
barchamizning yuragimizni junbushga keltirmay qo’ymaydi. Yurt tayanchi, xalq
panohi bo’lgan Prezidentimiz Islom Karimov endi oramizda yo’q. .Ammo aytgan
so’zlari har bir insonning, xalqning, ayniqsa biz- yoshlarning qon-qonimizga
singib, doimo quloqlarimiz ostida jaranglab turadi. Ayniqsa, Prezidentimizning
“O’zbekistonda yashayotgan million-million yoshlar-mening bolalarim, mening
farzandlarim!”- degan gaplari har bir yurt farzandining yuragidan joy oldi. U
insondagi soddalik, qalbi poklik, samimiylik, mehr-muhabbat har doim yuzlarida
namoyon bo’lardi. Islom Karimovning “Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli,
bilimli, dono va albatta baxtli bo’lishlari shart!” deb ta’kidlaganlari yoshlarga
buyuk shijoat, kelajakka umid bag’ishlar edi. O’zbekiston yoshlari bu gaplar
ta’sirida ne-ne ishlarda g’alaba va marralarga erishmadi deysiz?!
Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov Mustaqilligimiz
asoschisidir. U jannatmakon Vatanimizni, buyuk tariximizni, avliyolar yotgan
qadamjolarimizni, tilimiz, dinimiz, jamiki O’zbekiston go’zalligini dunyoga
tanitgan jasorat sohibidir. Prezidentimizning ”Toki yuragimizda o’t, bilagimizda
kuch-qudrat bor ekan, O’zbekiston jahon hamjamiyatida o’z o’rnini egallab
borayotgan bugungi kunda” Biz kimmiz,kimlarning avlodimiz?” degan da’vatga
hamisha munosib bo’ling. ”Birinchi Prezidentimizning aytgan so’zlari ham insonni,
Vatanni, xalqni naqadar ulug’lashidan dalolat beradi. U o’z farzandlariga qarata
shunday deydi:” Shuni unutmangki, kelgusida erishadigan har bir g’alabangiz-
yurtimiz g’alabasi, O’zbekiston g’alabasidir! ”
Vatan sarboni, xalq yo’lboshchisi bo’lish juda murakkab hamda sharafli
ishdir. Bunday og’ir, mashaqqatli va mas’uliyatli ishni Birinchi Prezidentimiz
Islom Abdug’aniyevich Karimov o’z zimmasiga oldi va u bu faoliyatini to’laqonli,
vijdonan ado etdi. Uning Vatan ravnaqi yo’lida qilgan ishlari buyuk jasoratdir.
69
”Farzandlarimiz, kelajak avlodlar bizdan shu o’lkani, shu muqaddas zaminni
yana ham boy, kuchli va qudratli holatda qabul qilib olishlari uchun biz buyuk
ajdodlarimizga nisbatan qanday minnatdorchilik tuyg’ularini his etayotgan bo’lsak,
o’g’il-qizlarimiz , kelajak avlodlar ham bizga nisbatan shunday minnatdorchilik
tuyg’ularini his etishlari uchun lozim bo’lgan hamma ishni qilish bizning fuqarolik
burchimizdir”5 deb aytganlari kelajak avlodga bo’lgan ishonchi, vatanga bo’lgan
sadoqatini yaqqol namoyon etadi.
Islom Abdug’aniyevich Karimov zehni o’tkir, shijoatli, teran aql sohibi edi.
U iqtisodiyot, siyosat, madaniyat, ma’naviyat va barcha jabhalarda o’zini namoyon
eta oldi. Xalqqa mustaqillik, ozodlik, Vatanga muhabbat, oilaga sadoqat ruhini
singdirdi. Uning xalqqa ishonchi, Vatanni e’zozlashi bizni mana shunday yorug’
kunlarga, ozod va obod Vatanda yashash baxtiga yetkazdi. Hech narsa uning
e’tiboridan chetda emas edi, ayollarga, qizlarga bo’lgan e’tibori, ishonchi, hurmati
tahsinga sazovor edi.”Qiz bola-bu bo’lg’usi ona, farzandlarimizning tarbiyachisi.
Ertangi avlod - bu O’zbekistonning kelajagi degani. Qishloqlarimizda agar qiz bola
o’ziga ish topa olmasa, dardini hech kimga aytolmasa, o’z orzu-niyatlarini amalga
oshira olmasa , bu hokim bo’ladimi, prokuror bo’ladimi, boshqa mutasaddilar
bo’ladimi, shuni bilib qo’yishi kerak, bu xuddiki qonunga mensimay qaragandek
qabul qilinishi zarur. Ana shu yosh qizlarimizning niyatlarini, albatta, ro’yobga
chiqarish kerak, ular, albatta, baxtli bo’lishi kerak.”
6
, deganlari ham naqadar
e’tiborli, g’amxo’r ota sifatida namoyon etadi.
Men
davlatimizning
shunday
birinchi
yo’lboshchisi bo’lganidan
faxrlanaman. U insonning fidokorona xizmatlarini, vatanparvarligini qanchalik
ta’riflamaylik, bu juda ham oz. Islom Karimov barhayot, u xalqning, yurt
farzandining yuragida, qalbida yashayapti.
Men oddiy talabaman, lekin umidlarim, hayotda ulkan maqsadlarim bor.
Shular cho’qqisida Islom Karimovdek samimiy , xalqqa bag’rini ochgan, mehribon,
fidoyi va jonkuyar inson bilan ko’rishish, hech bo’lmasa uzoqdan bir marta ko’rish
orzum edi. Ming afsuski, bu men uchun armon bo’lib qoldi. Lekin Ollohim
shunday ulug’ zot qabrini ziyorat qilishdek baxtga yetkazganiga ming bor shukrona
70
aytaman.Samarqandda barpo etilgan muhtasham haykali oldidan har o’tganimda
”Marrani doimo baland olib yashang, ertangi kun bizniki, sizdek shijoatli
yoshlarimizniki !”-deb baralla aytayotgandek tuyulaveradi. Birinchi Prezidentimiz
Islom Abdug’aniyevich Karimov ruhlari doimo shod bo’lsin. Biz Ozod yurt
farzandlari, bobomizning bizga bildirgan ishonchlarini oqlaymiz deb qo’rqmasdan
ayta olamiz !
Do'stlaringiz bilan baham: |